FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
Algebra va sonlar nazariyasi fanidan
“ Qism gruppalar. Faktor gruppalar” mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: Matematika yo’nalishi 20.05 guruh talabasi
Ro’zimatova Muhabbatxon
Qabul qildi:
FARG’ONA – 2021
REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Yarim gruppa va monoid tushunchasi.
2. Gruppa tushunchasi va uning xossalari.
3. Qism gruppalar.
4. Faktor gruppalar.
5. Gruppa va qism gruppasining tartibi haqidagi Lagranj teoremasi.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
O’zbekiston rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish uchun fan va texnikani rivojlantirish kerak. Matematikani rivojlantirish bunga debocha bo’ladi. Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning o’zaro integratsiyalashuvi- ni ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim baravarga oshirildi, byudjet mablag’lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy tehnika asbob-uskunalar harid qilindi. Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotlik instituti joriy etildi. Ilm – fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini hukumat darajasida belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasini Bosh vaziri raisligida Fan va tehnalogiyalar bo’yicha respublika kengashi tashkil etildi. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy - tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora – tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko’rsatmoqda.
Jumladan: matematika sohasidagi ilmiy tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog’liqligi zaifligicha qolmoqda;
matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o’rtasidagi uzviylik to’liq ta’minlanmagan;
sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalari matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |