Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari



Download 2,25 Mb.
bet42/42
Sana03.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#632189
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Ўсимлик зараркунандалари ва уларга қарши кураш (2)

Ochiq dalalarda:


  • Shira, trips va saratonga qarshi sistemali insektisid, begona o‘tlarga qarshi gerbisid qo‘llash, chidamli va/yoki tolerant navlar ekish;

  • Pomidorni gulzor, g‘alla, bog‘lardan, qishlagan lavlagidan, kartoshka hamda bedadan uzoq yoki shamol beda tomondan esmaydigan dalalarga ekish;

  • Oldingi yili TMV yoki juft strik bilan zararlangan pomidor, tamaki, baqlajon, qalampir hamda viruslar bilan kasallangan kartoshka dalalariga pomidor ekmaslik;

  • Pomidor har 3-4 yilda o‘sha dalaga qayta ekishni ta’minlaydigan almashlab ekishni joriy etish (pomidor va baqlajon uchun eng yaxshi o‘tmishdoshlar – poliz ekinlari va boshoqli o‘tlar, qoniqarlilari – karam, ildizmevali ekinlar, piyoz va sabza o‘tlardir);

  • Iloji boricha urug‘ni bevosita dalalarga ekish; Kartoshka ekinlari yoki tuganaklari bilan ishlagandan so‘ng pomidor ekinlari ichiga kirmaslik; Pomidor tup sonini oshirish tavsiya qilinadi.

Issiqxonalarda:


  • Chidamli navlar ekish;

  • Ekishdan oldin urug‘ni 70oS da 4 kun davomida, yoki kaliy permanganatning 1% eritmasi bilan 20 daqiqa davomida zararsizlantirish (va suv bilan yaxshilab yuvish);

  • Urug‘larni og‘irligi bo‘yicha saralash (kalibrovka qilish) – osh tuzining 5% li eritmasiga solib 3 daqiqa davomida aralashtirish, ustiga chiqqanlarini doka bilan olib tashlash, cho‘kkanlarini suv bilan bir necha marta yuvish, dorilash va quritish;

  • Nihol yetishtirish jarayonida 2 marta (ko‘chat qilish – pikirovka va doimiy joylarga ekish paytida) yog‘i olingan sut (obrat) ning 10% eritmasi bilan profilaktik ishlov berish;

  • 2-3 marta kaliy permanganatning 0,05% eritmasi bilan sug‘orish;

  • Ko‘chirib ekishdan 1 hafta oldin bor kislotasining 0,1% eritmasini, 0,15-0,3 l/m2 me’yorida purkash.



Pomidorning virus va mikoplazma kasalliklariga kurash choralari


  • Nihollar kuymasligi uchun barcha ishlovlar kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi.

  • Doimiy joyga ko‘chirib ekkandan 10-15 kun so‘ng nihollarga bor kislotasining 0,1% eritmasini 0,15-0,3 l/m2 me’yorda hamda yog‘i olingan sutning 10% eritmasini 2-3 marta, 7-10 kun oralatib purkash TMVga chidamlilikni oshiradi.

  • Ekinni har haftada tekshirib, virus bilan zararlanganlarini ehtiyotkorlik bilan yulib, chiqarib yo‘qotish, so‘ngra qo‘llarni yaxshilab yuvish lozim.

  • Ishchilar ishdan oldin qo‘llarini sovun bilan yuvishini ta’minlash, har bir ish bitgach, asbob- uskunalarga bug‘ bilan ishlov berish.

  • Pomidor tup sonini oshirish talab etiladi.

  • Tuproqdagi o‘simlik qoldiqlaridagi TMV infeksiyasini yo‘qotish deyarli mumkin emas, ammo pomidorni har 3 yilda bir marta ekish orqali yoki tuproqni bug‘ bilan zararsizlantirish yordamida uning miqdorini kamaytirish mumkin. Bug‘ bilan ishlov berilganda ildizning kattaroq (diametri 0,5 sm va undan katta) qismlari yetarlicha qizimaydi va uning ichidagi virus nobud bo‘lmaydi. Bunday holda virusni nobud qilish uchun 100oS tuproq haroratini 10 min davomida ushlab turish tavsiya qilinadi.

  • TMV bilan kurash choralari juft strikka qarshi deyarli samara bermaydi. Buning uchun kartoshka X-virusining manbaini aniqlab, u issiqxonalarga kirmasligini ta’minlash lozim; bu manbaalar issiqxonada tasodifan o‘sayotgan kartoshka, kartoshka dalalarida (misol uchun, o‘z tomorqalarida) ishlab kelgan ishchilarning ish kiyimlari bo‘lishi mumkin.

  • Har hafta so‘ngida ekinlarni tekshirib, strik chiziqchalari mavjud bo‘lganlarini ehtiyotkorlik bilan yulib, chiqarib yo‘qotish, so‘ngra ish kiyimlarini almashtirish, qo‘llarni sovun va cho‘tka bilan 3 marta yaxshilab yuvish lozim.

Mundarija


КИРИШ 3

    1. ҒЎЗАНИНГ ЗАРАРЛИ ОРГАНИЗМЛАРИ ВА УЛАРГА ҚАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ 4

    2. ҒАЛЛАНИНГ ЗАРАРЛИ ОРГАНИЗМЛАРИ ВА УЛАРГА ҚАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ. 8

    3. МЕВАЛИ ДАРАХТЛАРНИНГ ЗАРАРЛИ ОРГАНИЗМЛАРИ ВА УЛАРГА ҚАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ 13

    4. ТОКНИНГ КАСАЛЛИКЛАРИ ВА УЛАРГА ҚАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ 21

    5. САБЗАВОТ ЭКИНЛАРИНИНГ ЗАРАРЛИ ОРГАНИЗМЛАРИ ВА УЛАРГА ҚАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ 22

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish