Tokning soxta un-shudring (mildyu) kasalligi Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida, ba’zan katta maydonlarda kuzatilmoqda. Tokning barcha yashil qismlari zararlanadi. Barglarda tomirlar orasida oldin sarg‘ish, moysimon, so‘ngra qizg‘ish-qo‘ng‘ir, qirrali, kengligi 2-3 sm keladigan, ba’zan atrofida xlorozli dog‘lar paydo bo‘ladi. Yuqori namlikda bargning ostki tomonida, ustidagi dog‘larning qarshisida, mayin, qalin, zich, oq tusli mog‘or qatlami rivojlanadi.
Kurash choralari. Soxta un-shudring, un-shudring va antraknozga qarshi tavsiya qilingan barcha agrotexnik va tashkiliy chora-tadbirlarni qo‘llash lozim. Ayniksa xomtok kilish kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Tokning kasalliklariga qarshi fungisidlarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Quyida tok kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan fungisidlar ro‘yxati berilgan.
4.1-jadval. O‘zbekistonda tok kasalliklariga qarshi ishlatishga ruxsatlangan fungisidlar ro‘yxati
Preparat va ta’sir etuvchi modda (qavs ichida)
|
Sarf-me’yori, kg, l /ga
|
Qaysi kasallikka qarshi ishlatiladi
|
Akrobat MS 69% n.kuk., (dimetomorf 90 g/kg + mankoseb 600 g/kg)
|
2,0
|
Mildyu
|
Bayleton 25% n.kuk.,
|
|
|
Botir 25% n.kuk (triadimefon)
|
0,15-0,3
|
Oidium, kulrang chirish
|
Bamper 25% em.k., Krest 25% em.k., (propikonazol)
|
0,25
|
Oidium
|
Bordo suyuqligi, (mis sulfat + kalsiy gidroksidi)
|
Mis sulfat bo‘yicha 30,0-60,0
|
Antraknoz
|
Vektra 10% sus.k., (bromukonazol)
|
0,3
|
Oidium, antraknoz
|
Impakt 25% sus.k., (flutriafol)
|
0,1-0,15
|
Oidium
|
Kvadris 25% sus.k., (azoksistrobin*)
|
0,8
|
Oidium, mildyu
|
Kolosal 25% em.k., Pilarkur 25% em.k., (tebukonazol)
|
0,15
|
Oidium
|
Kurzat R, 42 + 397,5 g/kg n.kuk., (simoksanil + mis xloroksidi)
|
2,5-3,0
|
Mildyu
|
Mis xloroksidi 85% n.kuk., (mis xloroksidi)
|
1,2-4,0
|
Oidium, antraknoz, mildyu
|
Oltingugurt, tuyilgan, kuk., (oltingugurt)
|
15,0-30,0
|
Oidium
|
Ohak-oltingugurt qaynatmasi (OOQ), (kalsiy polisulfidi)
|
Bome bo‘yicha 0,5-1o
|
Oidium, antraknoz, syerkosporoz
|
Panch 40% em.k (flusilazol)
|
0,05-0,06
|
Oidium
|
Ridomil Gold 68% s.d.g., Fungoseb plyus 68% s.d.g., (metalaksil-M + mankoseb)
|
2,5
|
Oidium, antraknoz
|
Saprol 20% em.k., (triforin)
|
1,0-1,5
|
Oidium
|
Segra 80% n.kuk., (oltingugurt)
|
8,0
|
Oidium
|
Temir kuporosi 53% e.kuk., (temir sulfati) – daraxt kurtak yoyguncha unga va tuproqqa 2-3%-li eritma shaklida purkaladi
|
30,0-40,0
|
Antraknoz, bakterial rak, chipor dog‘lanish
|
Titul 39% k.e.k., (propikonazol)
|
0,15
|
Oidium, antraknoz
|
Topaz 10% em.k., Lotos 10%, Pavlina 10%, Topuzum 10% em.k., Fulpas 10% em.k., Ento Paz Ekstra 10% em.k., (penkonazol)
|
0,2-0,25
|
Oidium
|
Topsin-M 70% n.kuk., (tiofanat-metil)
|
1,0
|
Oidium, antraknoz
|
Folikur BT 22,5% em.k., Duplet TT 22,5% em.k., Zangsid 22,5% em.k., Torso 22,5% em.k. Foliar BT 22,5% em.k.
Uredosin 22,5% em.k., Entolikur 22,5% em.k., (tebukonazol + triadimefon)
|
0,15
|
Oidium
|
0,25
|
Antraknoz
|
Shavit F 72% e.g., (folpet 700 kg/kg + triadimenol 20 g/kg)
|
2,0-2,5
|
Antraknoz, mildyu
|
Izoh: Manba: O‘zR qishloq xo‘jaligida tshlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati, 2010 y.
SABZAVOT EKINLARINING ZARARLI ORGANIZMLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
Sabzavot ekinlarining zararkunandalari
O‘simlik bitlari. Sabzavot ekinlarida o‘simlik bitlarining bir necha turlari mavjud bo‘lib, ayrim yillari hosildorlikni 50% gacha kamaytirishi mumkin. Bitlar o‘simlik shirasini so‘rib uni holdan toydiradi. (4.1-rasm). Sabzavot ekinlarida g‘o‘za yoki poliz biti, beda yoki akasiya biti, shaftoli bitlari uchrab jiddiy zarar keltiradi.
4.1-rasm. Gʻo‘za yoki poliz biti Shaftoli biti
nisbatlarda chiqarish.
Kurash choralari.
Agrotexnik kurash: almashlabekish,qatororalariga ishlov berish, ko‘llatib sug‘ ormasli k.
Biologik kurash: sabzavotlardagi o‘simlik bitlariga qarshi biologik kurash uchun oltinko‘zni 3-4 kunlik tuxumini zararkunanda soniga qarab 1:10, 1:5
Kimyoviy usul: agarda o‘simlik bitlarining miqdori ko‘p bo‘lganda quyidagi preparatlardan birini
qo‘llash tavsiya etiladi:mospilan 20% n.k. -0,15 l/ga; karbofos 50% em.k. – 0,6 l/ga; pilarmos 20% n.k.
– 0,15l/ga; kamilot 20% n.kuk.- 0,15l/ga; kalipso 48% sus.k. – 0,05-0,07 l/ga; deltafos 38% em.k. – 1,0 l/ga; vertimek 1,8% em.k. – 0,4 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov beriladi.
Oqqanot. O‘zbekistonda ikki turdagi oqqanot uchraydi. (4.2 rasm). Birinchi issiqxona oqqanoti, ikkinchisi g‘o‘za oqqanoti. Oqqanot asosan issik xonalarda tarkaladi.
Kurash choralari.
Erta bahorda issikxonalarda
4.2-rasm. Issiqxona oqqanoti Gʻo‘za oqqanoti
oqqanotni tarqalishini yo‘l
qo‘ymaslik. Yelim surtilgan sarik kog‘ozlardan foydalanish. Biologik usulda enkarziya paraziti va oltinko‘zdan foydalaniladi. Kimeviy kurash chorasi o‘simlik bitlari singari amalga oshiriladi.
Gʻovaklovchi pashsha.Gʻovaklovchipashsha1999yildarespublikamizda birinchimartaro‘yxatgaolingan.
Bu tur g‘ovaklovchi pashsha uchun pomidor, bodring eng xushxo‘r o‘simlik hisoblanadi. Bu zararkunanda o‘simlik bargi mezofili bilan oziqlanib fotosintetik yuzani kamaytiradi, ba’zi hollarda barglar qurib qoladi (4.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |