Statistik-iqtisodiy metod - bu ijtimoiy hodisalarni ommabop raqamli materiallar asosida har tomonlama xarakterlash uchun foydalaniladigan usullar to‘plamidir.Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va taxlil qilishning asosiy usullari qatoriga guruxlash, o‘rtacha va nisbiy miqdorlarni hisoblash, indekslar, grafik tasvirlash va boshqalarni kiritish mumkin.
Iqtisodiy guruxlash o‘rganiladigan to‘plamning rivojlanish qonuniyatlarini, tarkibiy tuzilishlarni va tarkibini, tiplarni o‘rganish maqsadida turli belgilar bo‘yicha guruxlashning bo‘laklanishini ko‘rib chiqadi.
O‘rtacha miqdorlar tebranuvchi ko‘rsatkichlarning tipik ahamiyatini va ularning tebranish darajasini ko‘rsatib beradi.
Nisbiy miqdorlar o‘rganilayotgan obyektning rivojlanish dinamikasini, ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatadi.
Grafik tasvirlash (geometrik ko‘rinishlar yordamida – nuqta, chiziq, tekislik, figura va ularning kombinatsiyasi) o‘rganilayotgan hodisalarning yaqqol kartinasini beradi va ularning intuitiv (ichki his bilan) o‘zlashtirishlarni osonlashtiradi.
Monografik metod korxonalar to‘plami ichida ular uchun tipik bo‘lgan yoki ularning guruxida ilg‘or bo‘lgan (bu yangi, ilg‘or tendensiyalarni topish, ochish uchun zarur) alohida bo‘linmani o‘rganishni ifodalaydi.
Hisob-konstruktiv metod istiqbol muammolarni hal qilishning ilmiy asoslangan yechimini topish imkonini beradi.U jumladan, agrosanoat majmuasi tarmoqlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
Balans metodi –Bu o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning mohiyatini aks etdiradigan, barcha ko‘satkichlarning o‘zaro aloqasini bog‘laydigan va koordinatsiya qiladigan asosiy metod. U turli rejalarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi. Uning yordamida tarmoq, korxona va boshqalarni rivojlantirishning miqdoriy nisbatlari, ularni balanslashtirish ta’minlanadi.
Iqtisodiy – matematik metod miqdoriy tahlilning maxsus priyemlaridan–matematik statistika, ishlab chiqarish funksiyasi, iqtisodiy-matematik modellashtirish – kabilardan foydalanishga asoslangan. Bunda hisob-kitoblar kompyuterda amalga oshiriladi. Bu metod agrosanot ishlab chiqarishini optimallashtrishda, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning modelini tuzishda, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlashda keng qo‘llaniladi. Bunga misol qilib statistik ma’lumotlarni regression tahlil yordamida qayta ishlashni keltirish mumkin.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va tashkiliy asoslari» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid muammolarni qo‘yish, hal etish, samaradorligini oshirish, yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan agrar-iqtisodchilar tayyorlashga ko‘maklashadi.
1.4.«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Fanning predmetini (maqsadini), vazifalarini o‘rganishda “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, «Dehqonchilik asoslari», «Chorvachilik asoslari», «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish», «Mehnatni tashkil etish, normalashtirish», “Statistika nazariyasi”,
“Iqtisodiy kibernetika” kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. O‘zgaruvchan, doimiy hamda o‘rtacha xarajatlar mazmunini, miqdorini, tarkibini yaxshi bilgandagina qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni, mahsulot tannarxini va ularni tejash yo‘llarini oson o‘zlashtirib olish mumkin.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» quyidagi aralash fanlarning o‘rgatish uslubiyotlaridan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |