Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. Fanning prеdmеti, maqsadi vazifasi hamda tadqiqot usullari


Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining to‘rtinchi xususiyati



Download 75,63 Kb.
bet3/19
Sana29.05.2022
Hajmi75,63 Kb.
#616878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
QX. iqtisodiyoti

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining to‘rtinchi xususiyati tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liqligidir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi yillar bo‘yicha iqlim sharoitiga qarab, ob-havoga qarab o‘zgarib turadi, bu esa o‘z navbatida chorvachilikning rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligiga ta’sir qiladi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, ko‘pgina qishloq xo‘jalik tarmoqlarida teng harajatlarga teng natija olinmaydi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining beshinchi xususiyati shuki, bu tarmoqda suv resurslaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining oltinchi xususiyati shuki, bu yerda ish vaqti bilan ishlab chiqarish davri mos kelmaydi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish davri ish vaqtidan uzoqqa cho‘ziladi. Bu shu bilan xarakterlanadiki, biologik jarayon bevosita kishilarning ishtirokisiz ham davom etaveradi. Masalan, kuzgi ekinlardan, bug‘doyni yetishtirish uchun 200-230 kun talab qilinadi, ish vaqti esa 25-30 kunni tashkil qiladi, xolos. Yomon ob-havo bo‘lsa, ish vaqti shuncha qisqa bo‘ladi. Kapital va mehnat ham shunga qarab sarflanadi. Ishlab chiqarish davri bilan ish vaqtining mos kelmasligi qishloq xo‘jaligida ishlarning mavsumiyligini ketirib chiqaradi. Sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarida esa mehnatning sarflanishi to‘xtovsiz amalga oshiriladi va mavsumiylikni kamaytiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining yettinchi xususiyati shuki, bu tarmoq o‘zining rivojlanishi jarayonida tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga qarab o‘zaro texnologik bog‘liq bir necha tarmoqqa ishlab chikarishga ixtisoslashadi. Sanoatda esa korxonalar ma’lum bir mahsulotning alohida qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining sakkizinchi xususiyati shuki, bu yerda tayyor mahsulot (yalpi mahsulotning 20%)ning bir qismi kelgusi davr ishlab chiqarishiga, ishlab chiqarish vositasi (urug‘, yem-xashak, buzoq va h.k.)ga kiradi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra asosiy va aylanma vositalaridan to‘liq foydalanish muammolari vujudga keladi, ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi sanoatga nisbatan anchagina pasayadi.
Qishloq xo‘jaligining uzoq yillar davomida turg‘unligi va inqirozi sabablari ko‘p, ularning asosiylari quyidagilardir:
1).Dehqonlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy kamsitilishi;
2).Xodimlarning yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan va ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan uzoqlashishi, mulkka egalikning past darajada tashkil topishi;
3).Direktiv rejalashtirish va baholarni belgilash, ma’muriy qo‘mondonlik tizimining davom etishi;
4).Chegaralangan moddiy-texnik ta’minoti va moliyalashtirish, qayta ishlovchi sanoatlarda moddiy texnika va texnologiyaning orqada qolishi;
5).Fanning rolini to‘g‘ri baholamaslik, fan-texnika taraqqiyotidan foydalanishning pastligi. Klassik iqtisodchilar, barcha rivojlangan jamiyatlarda kapitalning ko‘p qismi, eng avvalo, dehqonchilikka va keyin manufakturaga sarflanishining samaradorligini alohida ko‘rsatganlar.
O‘tgan asrning 90 – yillariga kelib, qishloq xo‘jaligini inqirozdan chiqarishning asosiy yo‘llari aniqlangan bo‘lib, hozirgi kunda ularning ko‘pchiligi amalga oshmoqda. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:
1).Iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishning muhim qismi sifatida yer islohotini asta sekin amalga oshirish. Yer islohotining ma’nosi – yerga bo‘lgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va undan mulkning turli-tuman shakllaridan foydalanish;
2).Qishloqda taqsimot munosabatlarini o‘zgartirish. Mulkni xususiylashtirishning ahamiyatini kamaytirmagani holda, yer va boshqa ishlab chiqarish vositalariga xo‘jayinlik hissini uyg‘otib, ular tomonidan yaratilgan mahsulotlarga o‘zlarining egalik qilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qanday mulk shakli bo‘lishdan qat’iy nazar, arzon mehnat unumli bo‘lishi mumkin emas. Buni xorijiy mamlakatlar tajribasi ham tasdiqlaydi;
3).Mulk va xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini qo‘llab quvvatlash. Agrar sektorning kelajagida bir-biri bilan raqobat qiladigan, o‘zaro harakat qiladigan, bir-birini to‘ldiradigan yirik, o‘rtacha va mayda korxonalarni ko‘rish mumkin. Korxonalarning turli o‘lchamlari xo‘jalik yuritishning turli shakllariga moslashib ketadi. Asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari rivojlanishi kengayadi;
4).Turli xo‘jaliklarda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishning mavjud shakllarini o‘zgartirish, ularni demokratik asosda ijara, shirkat (kooperativ) va aksiyador korxonalarga aylantirish, bunda birlamchi mehnat jamoalariga va alohida har bir jamoa a’zosiga mustaqillikni oshirish;
5).Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmidan foydalanishga o‘tish; mahsulot bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori, shu jumladan yer, ish kuchi va qimmatbaho qog‘ozlar bozori. Korxona darajasida orizontal, to‘g‘ri shartnoma munosabatlar rivojlanadi. Davlat darajasida boshqarishning iqtisodiy richaglarini (banklar, soliqlar, subsidiya, kredit berish shartlari) tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarning saqlanib qolishiga va dasturli yondoshishga olib keladi. Asta-sekin mahsulotlar talab va taklif asosida erkin sotila boshlaydi. Mahsulotlarni markazdan taqsimlash qisqaradi;
6).Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekologizatsiya qilish va resurslarni tejash. Bu yerda muhim rolni biotexnologiya, tuproqni himoya qiladigan texnologiya, o‘simliklarni himoya qilishning yaxlitlangan usullari, qayta ishlashda chiqitsiz texnologiya va boshqalar o‘ynaydi;
7).Fanning roli va uning ishlab chiqarishga ta’sirini kuchaytirish. U barcha resurslarni yirik kompleks majmualariga to‘plash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘qolishi maksimal qisqartirishga barcha resurslarni jalb qilish va buning hisobiga yalpi ishlab chiqarishni o‘stirish qo‘yilgan.
Ikkinchi bosqichda, ishlab chiqarishni o‘stirish qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, ilg‘or xo‘jalik yuritish shakllarini rivojlantirish va bozor mexanizmidan foydalanish hisobiga aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish qo‘yiladi.
Uchinchi bosqichda, aholining barcha oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan to‘lov qobiliyatini to‘la qondirish, biologik jihatdan to‘laqonli oziq-ovqatning keng assortimentini ishlab chiqarish uchun baza yaratish qo‘yiladi. Hukumat tomonidan tuzilgan dasturlar o‘z ichiga qishloqni ijtimoiy yangilashning keng jabhasini oladi: qishloq aholisining mehnat va yashash sharoitini yaxshilash, aholini kam daromadli guruhi uchun sotsial tovon to‘lash va h.k.
Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida yana ta’kidlandi.
Iqtisodiyotimizning 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo‘nalishlari avvalo bu sohaning yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishini ta’minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlarni safarbar etish borasida qabul qilingan strategiyani davom ettirishga qaratilgan.
Yalpi ichki mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoatni 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligini 6 foizga, chakana savdo aylanmasini 13,9 foizga ko‘paytirish, bozor xizmatlarini 16,2 foizga oshirgan holda, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov. Fermerlikni ustuvor sur’atlarda rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish lozim: -davlat tuzilmalarining qishloqda tadbirkorlik, kichik biznes subyekti hisoblangan fermerlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash; -fermerlarni tander asosida tanlovini o‘tkazish, ularga yer ajratish ishlarini oshkoralikda, barcha qonunlar talabi asosida adolatli tarzda amalga oshirish, tender komissiyasining a’zoligiga yetuk, tajribali, bilimdon, halol ma’naviyatli rahbar, mutaxassislarni jalb yetish, uning faoliyatini to‘liq kompyuterlashtirish; -fermerlarga uzoq muddatga foydalanish uchun ajratib berilayotgan yerlarning sifatini yaxshilab, unumdorligini yuksalishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan miqdorda mablag‘larni davlat byudjetidan ajratish imkoniyatlarini yaratib berish;
-ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlariga belgilanayotgan davlat buyurtmasini rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan o‘zaro manfaatli davlat dasturlari bilan almashtirish; -fermerlik faoliyatini moliyalashtirish, kreditlashtirish ishlarini soddalashtirish, shartlarining yukini yumshatish, muddatlarini va stavkalarini o‘zaro manfaatli bo‘lishini ta’minlash; -fermerlik faoliyatida zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini erkin sotib olish va o‘z mahsulotlarini mustaqil sotish uchun bozorlarga chiqish (naqd pullarini o‘z vaqtida olish) imkoniyatlarini kengaytirish;
-fermerlarga barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatadigan subyektlarni tashkil etish bozor infratuzilmasini shakllantirishni, ularni moddiy resurslar va texnikalar, kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni jadallashtirish;
-fermer xo‘jaliklari to‘layotgan soliq va to‘lovlar mazmunini, tartibini hamda stavkalarini qayta ko‘rib chiqish;
-fermer xo‘jaliklariga chet el investitsiyalarini jalb etish masalalariga ko‘maklashish va boshqalar maqsadga muvofikdir. “Biz bugun mamlakatimizni isloh qilish va yangilash maqsadida oldimizga qo‘yayotgan va o‘z tadbig‘ini kutayotgan eng muhim ustuvor vazifalar asosan mana shulardan iboratdir”
1.3. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti hamda vazifalari, ularni tadqiq qilish, o‘rganish usullari
“Iqtisodiyot” termini – grekcha kelib chiqishi, qadimda “Uy xo‘jaligini boshqarish san’ati” degan ma’noni bildirgan. Lekin, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi bilan, turli –tuman xalq xo‘jaligi tarmoqlarining shakllanishi bilan uning mazmuni ancha boyib va o‘zgarib bordi. Hozirgi kunda turli aspektlarda ancha kengroq ma’noda qo‘llanilmoqda.
Birinchidan, iqtisodiyot deganda, jamiyatni hayotiy zarur moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlovchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari to‘plami tushuniladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot – bu moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi kishilar (guruxlar, jamoalar, sinflar) ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar to‘plamidir.
Uchinchidan, iqtisodiyot – bu fan bo‘lib, u tadqiqot obyekti va unga ta’sir qilish usullariga bog‘liq holda makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, korxona iqtisodiyoti va alohida tarmoqlar iqtisodiyotiga (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va boshq.) bo‘linadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid muammolarni qo‘yish, hal etish, samaradorligini oshirish, yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan agrar-iqtisodchilar tayyorlashga ko‘maklashadi.
Iqtisodiyot keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonida kishilar ishtiroq etadigan ijtimoiy munosabatlarning yig‘indisidir. Bu munosabatlar obyektiv qonun va qonuniyatlarga bog‘liq. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari va moddiy boyliklarni taqsimlashni iqtisodiy nazariya o‘rganadi. Kishilar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni o‘rganib, iqtisodiy nazariya xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarning aniq turli tuman xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi va o‘z oldiga shug‘ullanishni vazifa qilib qo‘ymaydi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. “Iqtisodiy nazariya” ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning iqtisodiy qonunlarida aks etishini, shuningdek bu qonunlardan amalda foydalanishni o‘rganadi. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanish turlarini iqtisodiy qonunlarining harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo‘lish shakllarini va shu tarmoqda aniq sharoitda ulardan foydalanishni ochib beradi. “Iqtisodiy nazariya” bilan «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» o‘rtasida ishlab chiqaruvchi kuchlarni o‘rganish borasida farq bor. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida iqtisodiy qonuniyatlarning umumiy ko‘rinish xususiyatlari bilan tarmoq iqtisodiy fanlari shug‘ullanadi:
sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, savdo, kommunal-xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqalar. Iqtisodiy fanlarning bunday tabaqalanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan bog‘langan. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining ajralishi ham moddiy ishlab chiqarish asosiy sferasi hisoblangan qishloq xo‘jaligining ajralishi bilan bog‘langan. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» shunday fanki, u qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar harakati va ularning ko‘rinish shakllarini o‘rganadi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlarni undagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tekshiradi: mavjud shirkat xo‘jaliklari, agrosanoat kombinatlari, agrofirmalar, ijara jamoalarining rivojlanishini nazariy jihatdan umumlashtiradi.
Qishloq xo‘jaligi asosiy maqsadiga erishishi uchun fermer xujaliklarida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti asoslari» fani predmeti (maqsadi)ni hal yetish uchun quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy, uslubiy asoslarini o‘rgatish lozim: fermer xo‘jaliklarining bosqichma-bosqich rivojlanishini, uning respublika iqtisodiyotidagi o‘rni, ahamiyati hamda o‘zgarish qonuniyatlarini urganish;
tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ularni rivojlantirish yo‘llarini, masalalarini ko‘rsatish;
fermer xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yo‘llari;
tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish tartibini o‘rganish, ularni takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish;
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti" fani o‘zining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni dialektik materializm ta’limotlariga asoslangan holda tadqiq etadi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy voqealarni induktiv hamda deduktiv usullarga asosan o‘rganib, iqtisodiy mushohada qilish hamda «analiz», “sintez” usullaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti bilan shug‘ullanuvchi iqtisodchilar iqtisodiy muammolarni hal etilishini ta’minlaydigan siyosatning iqtisodiy prinsiplarini, mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslagan holda shakllantirib borishlari lozim.

Download 75,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish