Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. Fanning prеdmеti, maqsadi vazifasi hamda tadqiqot usullari



Download 75,63 Kb.
bet1/19
Sana29.05.2022
Hajmi75,63 Kb.
#616878
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
QX. iqtisodiyoti


1-Mavzu:
QISHLOQ XO‘JALIGINING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. FANNING PRЕDMЕTI, MAQSADI VAZIFASI HAMDA TADQIQOT USULLARI
1.1.Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo‘lgan talablarini qondirishdir.
Buning uchun: - aholi birdaniga iste’mol qiladigan sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish; -qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishi lozim.
2. Qishloq xo‘jaligi aholini oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish asosi. Uning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Qishloq xo‘jaligi agrosanoat majmuining yuragi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘idir. U mamlakat aholisi uchun hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy manbai hisoblanadi. Dunyo ahli sintetik yo‘l bilan yog‘, oqsil va uglevodlarni sintez qilish hisobiga yangi ozuqa resurslarini izlash bilan band. Lekin bu mahsulotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘rnini egallaydi degan gap emas.
Qishloq xo‘jaligining hayotiy muhimligi quyidagilarda aniqlanadi: Birinchidan, u aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, usiz kishilarning ma’naviy hayoti va moddiy ishlab chiqarish amalga oshmaydi. Lekin davlat tomonidan qabul qilinayotgan chora - tadbirlarga qaramay qayta qurish boshlarida moddiy ishlab chiqarishning yetakchi sferasi hisoblangan qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari birmuncha pasaydi, aholining oziq-ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, uning tizimini takomillashtirish kutilgan natijalarni bermadi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy massasini beradi, ya’ni u tarmoqlari mahsuloti ham bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ushbu tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi. To‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, qand sanoatida – 70 foizini, sut va yog‘ mahsulotlarida 80 foizga yaqinini qishloq xo‘jalik xom ashyosi tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakat xalq iste’moli fondining 3/4 qismi bevosita qishloq xo‘jalik mahsulotidan yoki qishloq xo‘jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotidan iborat. Uchinchidan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda traktor, meliorativ va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ketadigan mineral xarajatlarning asosiy qismini sanoat yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari (yoqilg‘im-moylash materiallari, azhira qismlar, mineral o‘g‘it, omuxta yem, asosiy vositalar amortizatsiyasi va boshqalar) tashkil qiladi. To‘rtinchidan, qishloq xo‘jalik mehnat resurslarini safarbar qilish sferasi sifatida katta ahamiyatga ega. Bu tarmoqda 2012 yilda 3,9 mln. kishi band bo‘lib, u xalq xo‘jalik faol xodimlarining 38% ini tashkil etadi. Har yili qishloq xo‘jaligi o‘z xodimlarining bir qismini boshqa tarmoqlarga o‘tkazib iqtisodiyotning bu tarmoqlarida ish kuchini takror ishlab chiqarishga katta hissa qo‘shadi.

Download 75,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish