Qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati. Fanning prеdmеti, maqsadi vazifasi hamda tadqiqot usullari



Download 75,63 Kb.
bet4/19
Sana29.05.2022
Hajmi75,63 Kb.
#616878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
QX. iqtisodiyoti

Ilmiy abstraksiya metodi hodisalarning mohiyatini bilishda muxim, umumiy belgilarni ajratish va bilish jarayonida muxim bo‘lmagan jixatlarni tashqi hodisalardan fikran chetga chiqarib qo‘yib qarashdan iborat. Hodisalar to‘g‘risidagi abstrakt tushuncha, tasavvur uncha to‘liq bo‘lmasa ham, u undagi eng asosiy, muximlarini to‘laroq, chuqurroq tushunish imkonini beradi. Abstraksiyalanish iqtisodiy qonunlar, tushunchalar, kategoriyalar vujudga kelishi asosida yotadi. Masalan, talab qonunini o‘rganishda boshqa barcha sharoitlarni (davlatning baho siyosati, bozorning to‘ldirilish darajasi, raqobat ta’siri va boshqalar) chetga chiqarib qo‘yib faqat talab va baho o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik tahlil qilinadi.
Induksiya metodi alohida faktlar asosida umumiy xulosaga kelish, ya’ni xususiylikdan umumiylikka, amaliyotdan nazariyaga o‘tish kabi xulosaga kelish bilan bog‘langan.
Deduksiya metodi bu teskari jarayon, ya’ni umumiylikdan xususiylikka o‘tishni bildiradi. Induksiya va deduksiya metodlari yordamida turli gipotezalarni ilgari surish mumkin.
Gipoteza – nazariy asoslash va tajriba asosida tekshirishni talab qiladigan, qandaydir hodisa yoki hodisalar guruxini ishonchli ilmiy nazariyaga ega ekanligini tushuntirmoq, izohlamoq uchun ilgari suriladigan ilmiy taklifdir.
Taqqoslama analiz metodi eng qulay natijalarga erishish maqsadida xususiy va umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslashdan iborat. Har qanday tadbirkor o‘z xarajatlarini raqib xarajatlari bilan solishtirishga, o‘zining faoliyatini muqobil variantlar bilan taqqoslashga majbur. Yaxshi tanish bo‘lgan, “xarajatlar-natijalar” yondoshuvi ham o‘z mohiyatiga ko‘ra, taqqoslama analiz metodiga asoslangan.
Eksperimental metod iqtisodiy hodisalarni va asosan tabiiy fanlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Eksperiment o‘rganilayotgan hodisaga alohida omillarning ta’sirini baholashga imkon beradi, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, gipotezaning ishonchliligini tekshiradi. ASM da ekspermentlar mehnatga haq to‘lashning turli shakllari bo‘yicha, xo‘jalik hisobi, ijara pudrati, agrosanoat shakllarini (agrokombinatlar, agrofirmalar va boshq.) tashkil qilishda o‘tkaziladi.

Download 75,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish