Tarixiy metod. Har bir fanda qo`llanilganligi kabi sanoat va qishloq xo`jalik asoslari fanida ham ishlatiladi. Ma`lum bir hududda sanoat tarmoqlarining joylashishi va tarqalishining tarixiy rivojlanishini, qishloq xo`jaligi tarmog`ining tabiiy-geografik sharoit natijasida bunyod etilishi va takomillashishini tarixiy jihatdan o`rganadi.
Statistik metod. Statistika usuli ko`p uchrashib turadigan ko`rsatkichlar: o`sish, ko`payish, foiz, promille, indeks, koeffitsiyent, guruhlash va boshqalar to`g`risida malaka hosil qilishga yordam beradi. Shuningdek, bu usul turli xil jadvallar, grafik yoki chizmalar, aholi zichligi, demografik sig`im, o`rtacha masofa kabi ko`rsatkichlarni aniqlashda qo`l keladi. Statistik usul tadqiqot doirasidagi barcha ma`lumotlarni turli manbalardan to`plash, ularni umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil etish kabi murakkab va mas`uliyatli jarayonlarni o`z qamroviga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |