Mavzu: Plotterning vazifasi, tiplari va ishlash prinsipi
Reja:
Plotterlar
Plotterlarning tiplari
Purkagichli plotterlar
Plotterlar
Plotterlar (plotter, grafik quruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qogozli yoki boshqacha korinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.
Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo’yicha ikki sinfga bo’linadi:
vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan birdaniga ikkita koordinata boyicha siljishi mumkin va tasvir qogozda kerakli to’gri va еgri chiziqlarni istalgan yonalishda bevosita chizib chiqish bilan yaratiladi;
rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qogozga nisbatan faqat bir yonalishda bir vaqtning ozida siljishi mumkin va tasvir qogozda satrma-satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi.
Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo’ladi.
Vektorli plotterlar faqat peroli bo’ladi, plotterlarning qolgan tiplari rastrlidir.
Plotterlarning tiplari
Peroli plotterlar: Peroli plotterlar (Pen Plotter) bu vektorli tipdagi еlektromexanik qurilma bolib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi еlement yordamida chiziqlarni chizib chiqish yoli bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishik qogozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar buyogi ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va kop marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va borchalar ishlatiladi.
Peroli plotgerlar rulonli (o’ramli) va planshetli bo’lishi mumkin.
Rulonli plotgerlar ixchamroq, ishlatishda qo`lay va aniqdir; ular koproq A1, A0 formatli yirik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi, shu bilan birga rulonli qogozdan varaqni orab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi.
1 – Rasm. Rulonli plotter kurinishi
Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi.
Siyoxdta ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bolishini taminlaydi, lekin yuqori bolmagan chizib chiqish tezligiga еga, chunki boyoqiing perodan chiqishi va uning korishiga vaqt kerak boladi. Bundan tashqari, suyuq boyoqli yozuvchi uzellar boyoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan boyoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat korsatish va tozalashni talab еtadi. Kalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat korsatish ancha oddiyroq va arzondir (kancelyariya dukonida sotib olinadigan grifel bilan oddiygina almashtiriladi).
Flomasterli va sharikli peroli plotterlar ozlarining tavsiflari boyicha yuqorida korib otilganlar orasidagi holatni еgallaydi.
Aytish kerakki, peroli plotterlar doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli plotgerlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |