Modellashtirish metodi. Geografiyada modellashtirish metodi keng qo`llaniladi. Modellashtirishda hodisa yoki voqelik umumlashtirilib, ma`lum bir ko`rinishda aks ettiriladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, turli mashtab va mazmundagi kartalar geografik modellarning mukammal shaklidir. Shuningdek, matematik formulalar, grafik va jadvallarda ham fikr, hodisa yoki jarayon ”miniatyura” ko`rinishida o`z aksini topadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada qo`llaniladigan grafiklarning turi ham har xil. Chunonchi, ular tik to`g`ri burchak, ustunsimon, voronkasimon, piramidasimon, konus, xalqa, aylana, uchburchak, to`rtburchak, kubik kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |