Tizim-tarkib metodi. Murakkab ob`yektlarni-tarmoq yoki hududiy birliklarni tahlil va tashhis etishda, ularni bashorat qilishda tizim-tarkib usuli samarali natija beradi. Tizim bir ob`yektning bir butunligini, tarkib esa mana shu butunlikni yuzaga keltirgan qismlardan iborat.Tizimlar, tarkibiy qism yoki komponentlarda, ular o`z navbatida elementlardan tashkil topadi. Elementlar birlamchi bo`lib, ular tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda boshqa bo`linmaydi, parchalanmaydi.
Kartografik metod orqali sanoat va qishloq xo`jalik tarmoqlarining hudud bo`yicha oqilona joylashtirishda ahamiyati katta. Bu fanni o`rganishda ushbu metod qo`llanma sifatida ish yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |