Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga mo`ljallangan biznes rejalar biror bir loyihani amalga oshirish maqsadida korxonaga investitsiyalar yoki kreditlar jalb etish maqsadida tuziladi. Biznes-reja biznes g`oyalarini kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida mulkchilik va ko’p ukladli xo’jalik yuritish shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy nochor shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tashkil etilish jryoni davom etmoqda. Natijada ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi salmog’i muttasil o’sib bormoqda. 2000-2007 yillarda viloyatida fermer xo’jaliklarining yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 3,7% dan 31,4% ga, ekin maydonlarining12,4% dan 81,3%,ga, paxta yalpi hosilining 14,3% dan 99,1%ga va donning 11,0% dan 79,1% ga o’sdi.1
Viloyatning barcha tumanlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi agrofirmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Qishloq xo’jaligi sektorlari tarkibida xususiy mulkchilik rivojlanib, nodavlat sektorining ulushi 98,9 % dan oshib ketdi.
Samarqand viloyati iqtisodiyotining rivojlanishida xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashdi. Agar, O’zbekiston respublikasi bo’yicha 2006 yilda investitsiyaning o’sish su’ati 109,1% ni tashkil etgan bo’lsa, Samarqand viloyatida ancha yuqori bo’lib 143,1%, ga yetdi.
Viloyatda 2000 yilda yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 157,9 mlrd. so’m, o’sish sur’ati 104,8%, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish 58,3 ming so’m, O’zbekistonga nisbatan indeks 1,037ni tashkil etgan edi. 2007 yilda bu ko’rsatgichlar mos ravishda 1 188,8 mlrd. so’m, 106,3%, 399,1 ming so’m va 1,193 ni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan ancha yuqori bo’lishiga erishilgan.
Umuman, kishlok xo’jaligiga xukukiy, iktisodiy va tashkiliy jixatdan katta e’tibor berilishi ishlab chikarish xajmini oshirishga imkoniyat berdi. Samarqand viloyati respublikadagi yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda 13,7 foizni, yalpi paxta hosilini yetishtirishda 12,3 foizni, yalpi don maxsulotlarini tayyorlashda - 11,9 foizni tashkil etdi. SHuningdek, viloyati mamlakatimizda yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz kabi mahsulotlarning ham salmoqli qismini yetishtirib, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlariga ho’l va konserva mahsulotlari shaklida eksport qiladi.
Viloyat qishloq xo’jaligi, axolining asrlar davomida to’plagan tajribasidan va madaniyatidan, ulardan yangi xo’jalik yuritish sharoitida okilona foydalanish, bozor sharoitiga moslashtirish borasida ancha yuqori su’atlarda rivojlanib kelmokda.
Ayni paytda, viloyatning iqlim va tabiiy sharoitidan unumli foydalanib, paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, meva-uzumchilik sohalarini, shuningdek chorvachilikning qoramolchilik, quychilik, pillachilikni samarali sohalarga aylantirish dolzarb hisoblanadi.
Viloyatda buyuk tarixiy Samarqand shahrining joylashganligi hamda boshqa bir qator turistik ob’ektlar mavjudligi ularga xorijiy mehmonlar, turistlar kelishi yil sayin ko’payib bormoqda. SHuningdek, Camarqand viloyati mineral-xom ashyo resurslariga boy bo’lib, ularni o’zlashtirilib borilishi bilan qazib olish joylarida yangi sanoat shaharchalari vujudga kelmoqda, aholi soni o’sib bormoqda. Aholi sonining, ayniqsa shahar aholisi sonining o’sib borishi turli xildagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. SHu bois, viloyatda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish boshqa mintaqalarga nisbatan ustivor rivojlanishini ta’minlashni taqoza qiladi. Camarqand viloyati qishloq xo’jaligini rivojlantirishda mahalliy tabiy-iqlim sharoitini hisobga olgan holda birqator chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqoza qiladi: mavjud yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; lalmikor yerlardan unumli foydalanish maqsadida adirlar, tog’ yonbog’rilarini buloq, say suvlarini tartibga solish yo’li bilan o’zlashtirish; mintaqaning xududiy agro resurslari xusuiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashishini takomillashtirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlashga xorijiy investitsiyalarni ko’proq jalb etish zarur.
Respublikamiz mintaqalarida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishga erishish aholi turmush darajasini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida Navoyi viloyat qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xo’jalik yuritish usullari va boshqaruv tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Qishloq xo’jaligi sektorlari tarkibida xususiy mulkchilik rivojlanib, nodavlat sektorining ulushi 98,9 % dan oshib ketdi. Paxta yakka xokimligiga barham berilib, uning ekin maydonlari keskin qisqartirildi, don ekinlari maydonlari va yalpi hosili ko’paytirildi.
Iqtisodiy nochor shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tashkil etilib, ular soni ko’payib bormoqda.Viloyatda 2007 yil yakuniga ko’ra 7526ta fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatgan. Novoyi viloyatida fermer xo’jaliklarining ulushi ekin maydonlari bo’yicha 14,6%dan 70,6% ga, paxta yalpi hosilining salmog’i 10,8% dan 98,7% ga, don yalpi hosili salmog’i 80,1% ga ko’tarildi.1 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida barcha tumanlarda agrofirmalar tuzildi. Bularning natijasida qishloq xo’jaligi barqaror rivojlanaboshladi. 2000 yilda viloyat yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmi 55,1 mlrd. so’mga yetgan bo’lsa, 2007 yilga kelganda 5,5 marta ko’payib, 302,6 mlrd.so’mga yetgan. SHu davrda aholi jon boshiga qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish miqdori 69,6 ming so’mdan 448,1 ming so’mga, yoki bo’lmasa 6,4 martaga ko’paygan. Natijada viloyatning respublikamizga nisbatan indeksi 1,238 dan 1,343 ga ortdi.
Novoyi viloyati qishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik yetakchi o’rinni egallaydi. Bu yerdagi bepayon cho’l yaylovlari qorko’l qo’ylarini urchitishga qulaylik tug’diradi. Viloyat yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotida chorvachilikning salmog’i respublikamizning barcha mintaqalariga nisbatan eng yuqori. 2007 yilda viloyatda chorvachilikning salmog’i 60,1% ni tashkil etgan bo’lsa, Jizzax viloyatida 51,0% ni, O’zbekiston bo’yicha bu ko’rsatgich o’rtacha 44,9% ga teng bo’lgan.
2007 yilda viloyatda dehqonchilikning salmog’i respublikamiz mintaqalari orasida eng kam bo’lib, 39,9%,ni tashkil etgan. Respublikamiz bo’yicha bu ko’rsatgich o’rtacha 55,1%ni tashkil etgan. Viloyat o’simlikchiligida paxtachilikning salmog’i 11,5 % ni, g’allachilikning salmog’i 13,0% ga teng bo’lgan.
Ma’lumki, Navoyi viloyati mineral-xom ashyo resurslariga juda ham boy. Bu yerda ana shu yer osti boyliklarining o’zlashtirilib borilishi natijasida shaxtalar, karerlar, yangi-yangi sanoat markazlari vujudga kelmoqda, aholi soni o’sib bormoqda. Aholisi sonining, ayniqsa shahar aholisining ko’payib borishi qishloq xo’jaligi mahsulotlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish davrida Navoyi viloyati qishloq xo’jaligi rivojlantirishda mahalliy tabiy-iqlim sharoitini inobotga olgan holda birqator chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqoza qiladi: mintaqaning mavjud agro va inson resurslari salohiyatidan samarali foydalanish; qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda ular ixtisoslashishini mahalliy tabiiy sharoitni inobotga olgan holda takomillashtirish; mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, artezian quduqlar sonini ko’paytirish, yer osti suvlari zaxiralarini ko’paytirish evaziga sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish; yaylovlarni suv bilan ta’minlash, ularning hosildorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; qishloq xo’jaligini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni ko’proq jalb etish; viloyatning sanoat markazlariga yaqin xududlarda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ekologik holatning xususiyatlarni e’tiborga olish va ularni yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rish; tabiiy ofatlarga bardosh berish qiyin bo’lgan yaylov chorvachiligi rivojlangan xududlarda soliq va kredit-moliya siyosatini samarali tashkil etish zarur.
Istiqbolda viloyat qishloq xo’jaligini rivojlantirishda Hukumatimizning 2008 yilning 19 martida qobul qilingan .2008-2020 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash to’g’risidagi Davlat programmasi hamda 2008 yilning 21 aprelida qobul qilingan dexqon va fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish to’g’risidagi qarorlarini amalga oshiraborish katta ahamiyat kasb etadi.
Fermer xo’jaligining kuchli yoki zaif bo’lib turishi qisa muddatli jarayondir. SHuning uchun xo’jalik faoliyatining natijalarini hisobot ma’lumotlari asosida puxta va chuqur tahlil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligiga sabab bo’luvchi barcha omillarni va kelajakda ularning takrorlanish ehtimolini aniqlash hamda ular bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish uchun asos bo’ladi. Demak, mutaxassis va fermer tahlilni yaxshi o’zlashtirib qolgan bo’lishi kerak. Tahlilni yaxshi bilish – muvaffaqiyat garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |