Mavzuli kartalashtirish. Xalqaro mavzuli kartalar
Mavzuli kartalaming mazmuni xilma-xil bo‘lib, ular har xil maqsadlar uchun yaraiiladi. Ba’zi mavzuli kartalar bevosita dalada syomka asosida yaratilib, so‘ng generalizatsiya qilinadi va mayda masshtabli kartalar: geologiya, tuproq va o‘rmon kartalari tuziladi. Boshqa mavzuli kartalar statsionar kuzatishlar asosida (meteorologik, gidrologik, ba’zan ekologik) tuzilsa, ba’zilari statistik manbalar asosida tuziladi (iqtisodiy, ijtimoiy va aholi kartalari). Lekin mavzuli kartalar umumgeografik kartalardan farq qilib, hududning hammasiniyoki biror zaruriy qismini qamrab oladi, masalan, geologik, tuproq va qishloq xo‘jaligi (yer fondi va kadastr) kartalari.
Qishloq xo‘jaligi kartalari. Bunday kartalar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, 2 xil tushunchaga asoslanadi, ya’ni ular 1-qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish kartalari bo‘lib, ularning tarqalishi, holati va rivojlanishi hamda qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, ularning o'zgarishi ko'rsatilgan bo‘ladi. 2-qishloq xo‘jalik resurslari: ulardagi band aholi, ishlab chiqaradigan mahsuloti va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi va hokazolar borladi. Qishloq xo‘jaligi kartalari asosini Yerdan foydalanish va Yer kadastri kartalari tashkil qilib, ularda foydalaniladigan, ekin ekilgan yerlar chegaralari, maydonlari ko‘rsatiladi. Yer tuzish kartalarida yeriarning meliorativ holati va ekologik vaziyatlari berilishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlar ko‘proq tuproq kartalarida ko‘rsatilib, dalada 1:10 000 va 1:25 000, ba’zan 1:1000 masshtabda syomka qilish yo‘li bilan bajariladi. So‘nggi vaqtda respublikamizda «Yer kadastri qonuni» joriy etilishi munosabati bilan Yer kadastri kartalarini yaratishga kirishildi. Hozirgi vaqtda 1:10 000 masshtabda sug!oriladigan yeriarning kadastr kartalari tuzilmoqda, kelgusida lalmikor yeriarning ham Yer kadastr kartalari tuziladi. Mayda masshtabli qishloq xo'jaligi kartalarini yaratish respublikamizda ancha yaxshi yo‘lga ko‘yilgan. 1930-yillardayoq respublikamizning mayda masshtabli qishloq xo‘jalik kartalari yaratilib, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng bu soha ancha rivojlandi. Respublika Yer loyihalash instituti tomonidan qishloq xo‘jaligi kartalari tuzilib chop etildi. Masalan, 1:1 000 000 masshtabli «Paxtachilik», «Yer fondi» va «Chorvachilik» kartalari shular jumlasidandir. 1963-yilda rangli tasvirda respublikaning 1:1 mln masshtabli qishloq xo‘jaligi kartasi chop etilgan. Qishloq xo‘jaligi kartlariga respublikamizning 2 jildli atlasida ham katta o‘rin berilgan. Hatto «Paxtachilik» alohida bo‘limda berilib, u 30 dan ortiq kartani o‘z ichiga olgan. 0 ‘zdaverloyiha instituti tomonidan 1984-yilda 0 ‘zbekiston agrosanoatini aks ettiruvchi yirik kartografik albom chop etildi. Albomda qishloq xo‘jaligiga tegishli juda ko‘p kartalar berilib, uning asosini qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati tashkil qiladi. «0‘zdavyerloyiha» instituti tomonidan respublikamizning «Yer resurslari atlasi» 2002-yilda nashr qilindi. Atlasda asosan respublika Yer fondi va uni baholash (banitrovka qilish) kartalari o‘z o‘mini topgan. Atlas shu sohada mustaqillikdan so‘ng chop etilgan yirik kartografik asar hisoblanadi. Biz o‘tgan mavzularimizda atlaslar to‘g‘risida umumiy tushuncha berib o‘tgan edik. Lekin mamlakatimizda va MDH mamlakatlarida yirik kartografik asar — atlaslar chop etilganki, ular to‘g'risida qisqacha ma’lumot berish lozim. Ma’lumki atlaslar tiplarga bo‘linib o‘rganiladi, ya’ni umumgeografik, sohalar bo‘yicha va kompleks atlaslar. Undan tashqari maqsadlar bo'yicha ham bo‘lingan: o‘quv atlaslari, turistik atlaslar va ma’lumotnomali atlaslar. Sobiq Ittifoqda 1937 va 1940-yillarda chop etilgan ma’lumotnomali BSAM (Bolshoy sovetskiy atlas Mira) atlasi shunday atlaslar qatoriga kiradi. 1-jildida dunyoning tabiiy iqtisodiy va siyosiy geografiyasi o‘z aksini topgan, unda kartalar alohida-alohida berilib, foydalanish uchun juda qulaydir. Undan xohlagan kartani atlasdan chiqarib foydalanish mumkin. Atlas sobiq Ittifoq to’g‘risidagi ma’lumotlami o‘z ichiga olgan. Jumladan, 0 ‘zbekiston ham atlasda keng mazmunda o‘z aksini topgan. BSAM ning 2-jildi 1940-yilda chop etilib, unda sobiq Ittifoqning har bir respublikasi, o‘lka va regionlarining tabiiy va iqtisodiy kartalari berilgan. Atlasning 3-jildi urush munosabati bilan chop etilmadi. Bu atlasni tuzish va uni nashrga tayyorlash va boshqa tashkiliy ishlarni bajarish uchun maxsus ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan edi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng chop etilgan eng yirik kartografik asarlardan biri ilmiy-ma’lumotnomali 3 jildlik Dengiz atlasidir (1950— 1959). Bu atlasda dunyo okeanlari to‘g‘risida fundamental malumot berilib, dunyo bo'yicha dengiz va okeanlarining geografiyasi to£g‘risida etarlicha ma’lumot tasvirlangan. Bu atlasning ikkinchi jildi o‘ziga xos usulda tuzilgan. Yer tabiiy geografik jihatdan bir butun qilib tasvirlanib, unda metosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalaming bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlarining murakkabliklari o‘z aksini topgan. 0 ‘sha davrda chop etilgan kompleks atlaslar orasida 1954-yilda sobiq Ittifoqda chop etilgan ilmiy ma’lumotnomali «Dunyoning tabiiy geografik atlasi» (FGAM) alohida o‘rin tutadi. Atlas kartalarida, quruqlik va suv osti relyefi, geologiyasi va qazilma boyliklari, zilzila va vulqonlar, geomorfologiyasi, iqlimi, suvi va uning sifati, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi hamda tabiiy rayonlashtirish to‘la o‘z aksini topgan. Unda kartalar dunyo bo‘yicha, materiklar bo‘yicha va ittifoq bo‘yicha berilgan. Atlasning yana bir yutug£i shundaki, unda yangi tipdagi kartalar ham berilgan, masalan, landshaftlar ■ geokimyosi kartasi shular jumlasidandir. 1967-yilda sobiq Ittifoqdanashr qilingan «Dunyo atlasi» dunyo kartografiyasini rivojiantirishga katta hissa qo‘shdi.
Sohalar bo‘yicha esa, 1967-yilda chop etilgan «Ittifoqda dorivor o'simliklarning tarqalish atlasi» 1960 va 1963-yillarda chop etilgan «Ittifoqning iqlim atlasi» katta ahamiyatga ega bo‘idi. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya sohalari bo‘yicha chop etilgan atlaslardan «Ittifoqning qishloq xo‘jalik atlasi», «Ittifoq avtomobil yo‘llari atlasi», «Ittifoq xalq xo'jaligi va madaniyati atlasi» juda muhimdir. So‘nggi vaqtlarda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan atlaslarga katta e’tibor berilib yangi tipdagi geografik atlaslar yaratilmoqda. Shunday atlaslardan biri Rossiyada chop etilgan «Dunyoning tabiiy muhiti va resurslari atlasi» va «Dunyo qor va muzliklar resurslari atlaslari»dir. Bu atlaslar hozirgi vaqtda insoniyat uchun zarur bo:igan, dunyo bo‘yicha chuchuk suv manbalari to‘g‘risida yetarhcha ma’lumot beradi. Sobiq Ittifoqda nashr qilingan kompleks atlaslar guruhiga kiruvchi atlaslardan regionlar atlaslari to‘g‘risida ma’lumot berish joizdir. Chunki bunday atlaslarning kartalarida har bir region to‘g‘risida geografik jihatdan kompleks ma’lumot berilgan, regionlarning tabiiy geografiyasi, iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishi o‘z aksini topgan, Bunday atlaslar asosan urushdan so'ng chop etila boshlandi. Shulardan asosiylari Armaniston (1961), Ozarbayjon (1963), Gruziya (1964), Belorussiya (1958), Irkutsk viloyati (1962), Zabaykal’e (1967), Tojikiston, Qozog‘iston, 0 ‘zbekiston, Litva, Ukraina (tabiiy sharoiti va resurslari), Moldaviya hamda Tyumen viloyati, Oltoy o‘lkasi atlaslaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |