Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish tizimi rejalashtirishning asosiy tamoyillari va usullari


KARTA VA ATLASLARNI YARATISH MAN ВЛ LARI



Download 57,33 Kb.
bet15/17
Sana27.06.2022
Hajmi57,33 Kb.
#708502
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mohinur

KARTA VA ATLASLARNI YARATISH MAN ВЛ LARI
Manbalarning turlari va ularaing tavsifi Kartografiya o‘zining mahsuloti bilan ko'plab xo‘jalik, fan, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalarni ta’minlaydi. 0 ‘z navbatida u kartalami yaratish uchun ko‘plab ma’lumotlarni ushbu sohalardan oladi. Kartografiyada kartalami tuzish uchun foydalaniladigan istalgan shakldagi (suratli-kartografik, grafikfi, kesma, diagramma, jadval, raqam, matn va boshqa) hujjatlarga manbalar deyiladi. Binobaran, har qanday kartaning qadr-qimmati — uning mukammalligi, aniqligi, zamonaviyligi va mazmunini ishonchliligi — har doim shu kartani tuzishga jalb etilgan manbalaming sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi geografik kartalarning mavzui va maqsadining xilma-xilligi ularni tuzish uchun jalb etiladigan manbalaming ham haddan tashqari ko‘p va xilma-xil bo'lishini taqozo etadi. Barcha manbalami ma’lum shartlilik bilan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: — astronomo-geodezik ma’lumotlar; — umumgeografik va mavzuli kartalar; — kadastr ma’lumotlari, plan va kartalari; — masofadan zondlash materiallari; — dala ma’lumotlari va o‘lchashlari; — gidrometeorologik kuzatishJar natijalari; — ekologik va boshqa monitoring materiallari; — iqtisod-statistik ma’lumotlar; — raqamli modellar; — laboratoriya analizlari natijalari; — matnli manbalar; — nazariya va tajribaga asoslangan qonuniyatlar. Kartaning maqsadi va mavzusiga binoan ba’zi bir manbalar asosiy, ba’zilari esa qo‘shimcha, boshqalari yordamchi manbalar vazifalarini o‘taydi. Masalan, iqtisodiy geografik kartalar uchun asosiy manba bo‘lib statistik hisobotlar, geologik kartalar uchun esa, geologik plan olish, aerokosmik suratlar hisoblanadi. Manbalar kartaga olinayotgan obyektning hozirgi holatini ifodalaydigan zamonaviy va obyektning o‘tmishini yoki oldin o‘rganilgan holatini ko‘rsatadigan eski turlarga ajratiladi. Ma’lum kartalar uchun, masalan, tarix kartalariga, dinamikani ko'rsatishda eski manbalar zarur. Bundan tashqari, manbalar birlamchi, ya’ni obyektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o'lchash natijasida olingan ma’lumotlarga va ikkilamchi, birlamchi materiallami qayta ishlash natijasida ohngan ma’lumotlarga bo‘iinadi. Tabiiyki, birlamchi materiallar lkkilamchilaridan o‘zlarming ishonchliligi, aniqligi, umumlashish saviyasi, generalizatsiya darajasi bilan ancha farq qiladi. Astronomo-geodezik manbalar. Bu manbalar turiga astronomogeodezik, gravimetrik, triangulyasiya va trilaterasiya kuzatishlari, poligonometriya, joyni nivelirlash natijalari kiradi. Ular kartaning matematik asosini tayyorlashga zarur, chunki bu manbalar orqali punktlarning dengiz sathiga nisbatan planh va balandlikli o‘mi aniqlanadi, Yer shakli va ellipsodi parametrlari hisoblanadi. So‘nggi yillarda geodezik tarmoqlami hosil qilishda globalpozision tizim (GPT) qollanilmoqda, uni yo’ldoshli pozision tizim ham deb yuritishadi. Bu tizim yer yuzasidagi xohlagan nuqtaning koordinatasini aniqlashda Yerning suniy yo'ldoshlaridan foydalanishga asoslangan. Yoldoshlar yuqori orbitalarda joylashgan bo‘Ub, ba’zi birlari hamisha ko‘rinadi va ularda yulduzlarni kuzatish kabi astronomo-geodezik o‘lchashlar olib boriladi. GPT o‘lchashlar barcha geodezik o‘lchashlarda inqilob yasadi, ya’ni, kartaga olish ishlarida ma’lumotlarni ohshning yangi prinsipal turini keltirib chiqardi. Bu tizimda ish bajarish ancha oson, vaqt kam ketadi, barcha ishlar triangulyasiya tarmoqlariga bog‘lanmasdan avtonoxn holatda bajariladi. Iqtisodiy-statistik manbalar. Asosiy iqtisodiy-statistik manbalarga davlat statistika materiallarmi, BMT va boshqa davlatlar tomonidan nashr etiladigan hisobotlami kiritish mumkin. Davlat statistikasi markaziy va mahalliy idoralar va tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan yaxlit metodika bo‘yicha doimiy ravishda olib boriladi. Aholi, xizmat ko‘rsatish va madaniyat kartalarini tuzish uchun demografik va sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichh aholini ro‘yxatga ohsh materiallari ishlatiladi. Iqtisodiy ko'rsatkichlar faqat kartalarga tushiribgina qolmasdan, balki ular ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini hisoblash, sintetik baholami berish uchun ham ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ular sintetik sotsial-iqtisodiy kartalami tuzish uchun manba bo‘lib ham xizmat qiladi.
Dalada o4chasklar va kuzatishlar та 'lumotlari — xohlagan mavzuli kartalami tuzish uchun ishlatiladigan faktik materiallar. Bunday materiallarsiz nazariy qonuniyatlami ishlatish, bilvosita kuzatishlami talqin qilish, aerokosmik suratlarni deshifrovka qilish mumkin emas. Dala materiallari shakli har xil: gidrologik kuzatishlarda ular dala jurnallarida keltirilgan oichash natijalari; tabiiy-geografik tadqiqotlarda — kundalik va hisobotlarda berilgan matnlar. rasmlar va chizmalar; geofizik plan olishda — yeming fizik parametrlar ko‘rsatkichlari va h.k. Dala materiallari lokalizatsiya qilinish maqsadiga ko‘ra nuqtali, alohida punktda bajarilgan kuzatish natijalari, marshrut bo'yicha — tanlangan yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan kuzatishlarga (daryolar, yollar, proffllar va h.k.), maydonli — butun hudud bo‘yicha o4kazilgan kuzatishlar guruhlariga bo‘linadi. Alohida guruhga stansiyada o‘tkazilgan davriy kuzatishlar ajratiladi, chunki ular tanlangan punktlarda olib boriladi, uzoq vaqt davomida obyektning xususiyati kuzatiladi. Bunday kuzatish natijalari dinamik xususiyatni tasvirlashda juda qo‘l keladi. Bundan tashqari «kalitli» tadqiqotlar materiallari guruhini ajratish kerak, bunday kuzatishlar yuqori aniqlikda va yirik masshtabda olib boriladi. Kalitli tadqiqotlar hudud juda katta bo‘lganda va uning hamma joyida izlanishlar olib borilishi mumkin bo‘lmaganda o‘tkaziladi. Ular obyekt uchun xarakterli bo‘lgan, etolonli maydonlarda o‘tkazilib, tadqiqotlar natijasi bir xil tipdagi hududlarga yoyib yuboriladi. Kalitli tadqiqotlar aerokosmik suratlarni deshifrovka qilish natijalarini boshqa hududlarga tarqatish uchun ham qo'llaniladi.

Download 57,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish