Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish tizimi rejalashtirishning asosiy tamoyillari va usullari


Loyihalashtirilayotgan 0 ‘zbekiston Milliy atlasi



Download 57,33 Kb.
bet13/17
Sana27.06.2022
Hajmi57,33 Kb.
#708502
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mohinur

Loyihalashtirilayotgan 0 ‘zbekiston Milliy atlasi. Kartografiyada geografik atlaslarni o‘mi nihoyatda katta bo‘lib, ulardan geografiya, ekologiya, tarix va boshqa fanlami o'rganishda o‘quv quroli sifatida foydalaniladi. Atlaslar tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi. Ayniqsa, mamlakatlarning tabiiy sharoiti va ularning resurslarini hamda sotsialiqtisodiy jihatdan erishilgan muvaffaqiyatlarini ko‘rgazmali qilib ko'rsatishda eng zaruriy manba bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik mamlakatiarda ma’lurn bir vaqt o‘tgandan so‘ng mamlakatdagi, tabiiy jarayonlardagi va siyosiyiqtisodiy o‘zgarishlarni ko‘rsatish maqsadida kompleks atlaslar chop etiladi. Masalan, O'zbekistonda 1963, 1982, 1985-yillarda kompleks atlas va 1999-yilda 0 ‘zbekistonning geografik atlasi yaratilgan. 1999- yilda chop etilgan 0 ‘zbekistonning geografik atlasi asosan umumta’lim maktabiar uchun chop etilib, unda mamlakatimizni tabiiy sharoiti
va tabiiy resurslari va iqtisodiy sohada erishilgan muvaffaqiyatlari o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi o‘zgarishlarini keng jamoatchilikka ochiq-oydin kartografik usulda ko‘rsatish uchun 0 ‘zbekiston Milliy universiteti kartograflari, geograflar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda 0 ‘zbekistonning Milliy atlasini yaratishga kirishdilar. Rejalashtirilayotgan 0 ‘zbekiston Milliy atlasi mazmunan kompleks atlas bo‘lib, unda mamlakatimizning tabiati va uning resurslari, aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va tarixi o‘z ifodasini topadi. Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston Milliy atlasining dasturi, kartalar ro‘yxati, maket komponovkasi ishlab chiqilgan. Atlas kartalaridan yuzga yaqinrog‘ining dastlabki nusxalari yaratilgan. 0 ‘zbekiston Milliy atlasi 2 jilddan (22 bo‘lim, 400 ga yaqin karta va bir qancha varaq matn) iborat bo‘lib, 50 bosma taboq hajmida bo‘lishi kutilmoqda. I — jildi. 0 ‘zbekiston Respublikasining tabiiy sliaroiti va tabiiy resurslari, deb nomlanadi va 2 bo‘limdan tashkil topadi. II — jildi. Respubhkamizning aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va tarixiga bag‘ishlanib, 10 ta bo‘limdan iborat bo‘ladi. Atlasda mamlakatimizning tabiiy sharoiti va uning resurslari bilan birga, mustaqillikdan so‘ng respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohada erishilgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumotlar beriladi. Ayniqsa, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi katta o‘zgarishlar keng yoritiladi. Aholi bo‘yicha bir qancha yangi kartalar tuzilmoqda. Masalan: aholining nikohi va ajralishi, tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish, aholining yoshi, tashqi va ichki migratsiya, aholining ish bilan ta’minlanishini, ishsizlik va ish bilan bandligi; ijtimoiy sohada: fermer xo‘jaliklari va ularning yer maydonlari hamda ixtisoslanishi, fermerlarga berilayotgan pul kreditlar, yerlami kadastrlash, yer soliqlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topadi. Sanoat va transport sohasida ham yangi kartalar kiritish mo‘ljallangan. Bu sohada chet el investitsiyalarining o‘mi va ularning sifat, miqdor ko‘rsatkichlari alohida o‘z ifodasini topishi kerak. Maishiy xizmat: savdo sohalari, ahoUning gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanishi va ularning narxi va boshqalar. Ta’lim sohasidagi kartalarda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, yangi maktablar va ularga sarf qilingan xarajatlar, oliy maktablar va ulardagi o‘zgarishlar o‘z aksini topadi.
Sogliqni saqlash bo‘yicha tasvirlanadigan kartalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bulardan bolalar bilan bog‘liqbo‘lgan sog‘liqni saqlash muassasalari va ularning shifokorlar, hamshiralar bilan ta’minlanishi va sport, televideniye, gazeta va jurnallar nashr qilishga alohida e’tibor beriladi. Aholining dam ohshi bilan bog‘liq bo‘lgan oromgohlar va rekreasiya hamda turizm masalalari alohida kartalarda o‘z o‘rnini topadi. Atlasda 0 ‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan kartalar soni 30 dan ortiq bo‘lib, arxeologik kartalar, o‘zbek davlatchiligi bilan bogiiq bo‘lgan kartalar, Amir Temur saltanatiga tegishli kartalami berish rejalashtirilgan.
Atlaslar geografik tizimlar modeli. Atlas shunday kartografik asarki, undagi har bir karta o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan birga o‘zaro bog'iangan va biri ikkinchisini to‘ldiradi. Shutting uchun ham kompleks atlasni geografik tizimning (geotizimni) modeli deb yuritiladi. Atlas kartalari — alohida bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, kichikkichik tizimlarni tashkil qiladi. Kartalarning asosiylari va qo‘shimcha kartalari bo'lib, ular yana analitik kartalarga bo‘linadi. Atlas kartalari komponentlar bo‘yicha joylashtirilib, tizim doimo saqlanadi. Masalan, geologiya, relyef, iqlim, tuproq, o‘simlik va h.k. Har bir bo‘lim o‘z navbatida bir qancha analitik va sintetik kartalardan tashkil topadi. Masalan, iqlim kartasi bo‘limida uning tarmoqlari, harorati, yog‘in-sochin miqdori, shamollar va boshqa iqlim ko‘rsatkichlari joylashtirilgan bo‘lib, ular ham analitik kartalardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan harorat bo‘limida, oylik, sutkalik haroratlardan tashkil topadi. Har bir bo‘lim kartalari biri ikkinchisini to‘ldirib mazmunini kengaytirishga yordam beradi. Atlas kartalarining legendasi birmuncha boshqacharoq tuziladi. Hamma kartalar uchun ishlatiladigan shartli belgilar atlasning bosh qismida beriladi. Undan tashqari har bir karta uchun alohida maxsus legenda tuziladi. U bevosita karta mazmuniga tegishli bo‘ladi. Geosistemalar elementlari integratsiya (qo‘shilib) qihnib, sintetik kartalar yaratiladi. Masalan, landshaftni rayonlashtirish, ekologik holatni baholash va bashorat qilish kartalari, iqtisodiy rayonlashtirish va h.k.lar.
Atlas kartalarida ma’lumotlar dinamikada (o‘zgaruvchanligi) berilishi mumkin. Masalan, havo massalari o‘zgarib qolishi, voqea va hodisalarning tez o'zgarib turishi va boshqalar. Atlas kartalarida bahoiash va bashoratlash kartalari beriladiki, ular ilmiy tadqiqot ishlarida va rejalashtirishda keng foydalaniladi. Shunday qilib, kompleks atlasiarda asosiy geotizimlar modellashtirilib tasvirlanadi. Atlas geoinformatsion tizim makoni bo‘lib, GIS ning ikkinchi ko‘rinishi desa boladi. Shuning uchun ham ba’zi GISlar atlaslar asosida yaratiladi (GIS bo‘yicha ma’lumot XIV bobda berilgan).

Download 57,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish