13.4. Keskich yeyilishi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Kesish va kesish ishi issiqlikka aylanadi. Bunda umumiy ajralgan issiqlikni 80 % qirindini qizishiga sarf bo’lib, kolgan 20 % issiqlikni miqdori asbobni zagatovkani qizishiga va atmosferaga o’tadi.
Keskichni qizishi natijasida uni metallga tegib ishlaydigan qismini qizishi xisobiga struktura o’zgarishi sodir bo’ladi. Natijada keskichni qattiqligi, keskirligi pasayadi. bu esa keskichni yeyilishiga sabab bo’ladi.
Keskichni yeyilish intensivligi, asbobning materialiga, zagatovkaning materialiga tegib to’rgan yuzalarni axvolini, kesish tezligiga, surilishga, kesish chuqurligiga, kirkuvchi asbobning geometriyasini shakliga va kesish zonasining sovutishga bog’liqdir.
Keskich materiali va ishlatish sharoitiga qarab keskichni ma’lum chegaralarda yeyilishiga yul qo’yiladi. Keskichni yeyilishi ikki xil bo’ladi.
Katta temperaturada keskichni qizib strukturasini o’zgarishi natijasida asbobni yeyilishiga asbobni termik yeyilish deb aytiladi.
Kurik ishlaganda abraziv zarralar xisobiga ishkalanib yeyilishni abraziv yeyilish deb ataladi.
Asbob asosan ketingi asosiy yuza va oldingi yuza bo’yicha yeyiladi.
13.6- rasm. Keskichni yeyilishi.
a) keskichni ketingi yuza bo’yicha yeyilishi.
b) keskichni oldingi yuza bo’yicha yeyilishi
v) keskichni oldingi va ketingi yuzalar bo’yicha yeyilishi
Oldingi yuza bo’yicha yeyilganda chuqurcha hosil bo’ladi. Ketingi asosiy yuza va oldingi yuzalar bo’yicha barobar yeyilganda f-lenta hosil bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan f=0 ga teng bo’lganda kesish qirrani kesish kobiliyati yuqoladi va ishni tuxtatib, asbob geometriyasini charxlash dastgoxlarida tiklanadi.
Qattiq qotishma plastinkasi yopishtirilgan keskichlarda asosan ketingi asosiy yuza bo’yicha yeyiladi holos. Asbobsozlik va tezkesar po’latlardan tayyorlangan keskichlar oldingi va ketingi asosiy yuzalar bo’yicha yeyiladi. Mumkin bo’lgan chegaradagi yeyilishni yeyilish kriteriyasi, chegarasi deb yuritiladi
Tezkesar tokar keskichlar uchun h=1.5-2mm qattiq qotishma plastinka yopishtirilgan keskichlar uchun h=0.8-1.0 mm keramik plastinkali qisqichlar uchun h=0.5-0.8 mm tashkil etadi.
Keskichni turg’unligi.
Keskichni bir marta charxlangandan ikkinchi marta charxlaguncha ishlagan vaqti keskichni turg’unligi deb ataladi va u minutlarda o’lchanadi. Keskichni turg’unligiga kesish tezligi va kesish jarayonini sovutilishi katta ta’sir etadi. Kesish tezligini turg’unligiga ta’sirini quyidagi formula orqali ifodalanadi:
V=
bu yerda, T-keskich turg’unligi, min.
V- kesim tezligi, m/min
Sv- koeffitsient bo’lib, keskich va zagatovkani materialiga, surilish kimmatiga bog’liq bo’lib, jadvallardan olinadi.
m-nisbiy turg’unlik ko’rsatkich, uni kimmati 0.1-0.3 ga teng.
13.7-rasm. Keskich turg’unligini tezlikka
bog’liqligi.
Moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar.
Kesish jarayonida kesish zonasini sovutilsa, ancha qulayliklar bo’ladi, ya’ni ishlangan yuzani tozaligi yaxshi bo’ladi., asbobni yeyilishi oz bo’lib, qisqichni turg’unligi oshadi, kesish uchun sarf bo’ladigan kuvvat kamayadi, natijada ish unumi oshadi.
Kesish zonasiga beriladigan moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar ishkalanish natijasida hosil bo’lgan issiqlikni uziga kabo’l qilib, qizigan joylarni sovutadi-kesish quvvati 10-15 % kamayadi.
Yuza tozaligi 1-2 sinfga yuqori bo’ladi. Moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar bilan kesish jarayonida kesish tezligini 12-40 % ga oshirish mumkin.
Ishlangan material turiga, kesish rejimiga, ishlash metodiga qarab xar xil moylovchi-sovutuvchi suyuqliklar ishlatiladi.
Moylovchi-sovutuvchi suyuqliklarni asosiy komponentlari:
Suv- yaxshi sovutish xususiyatga ega, lekin kesish zonasini yomon moylaydi.
Korroziya ingibitori metallni zanglash xususiyatini pasaytiruvchi komponent.
3.Emulgator- emulsiyani detalda uzok vaqt saqlashga imkon beradigan modda.
4.Moy (usimlik va mineral), yaxshi moylash xususiyatiga ega lekin kesish zonasini yomon sovutadi. Yuqoridagi moddalardan belgilangan proportsiyalarda olib tayyorlangan aralashma emulsiya bo’lib, sovutuvchi moylash xususiyatiga ega.
Katta sovutish kerak bo’lgan detallarni ishlashda suvli emulsiya ko’p ishlatiladi. Bunda ishlangan yuza toza bo’lmaydi. Toza yuzalarni ishlaganda moylash xususiyatli moy: ( mineral, xayvon, usimlik moyi) kerosin va S rastvori ishlatiladi.
Suyuqlik sarfi ish rejimiga qarab, 5-50l/min. Kesish zonasiga moylash sovutkich suyuqliklarni uzatish bir necha usullar bilan bajarilishi mumkin. Eng tarqalgan usullari suyuqlikni kichik bosimda (R=1.1 kg/sm2) bilan bugiz orqali keskichni oldingi qismiga kesish zonasiga berish.
Ba’zan moylash - sovutish suyuqligini keskichni orqa yuzasidan ham berish mumkin.
Keyingi yillarda suyuqlikni tuman holida orqa yuzasidan berilmoqda. Buning uchun mahsus qurilmalarda pulverizator tipidagi bugizdan kisilgan havo 10-25 kg/sm 2 bosimda suyuqlikka berilib, suyuqlikni changlatadi.Agar suyuqlikni kesish zonasiga berish qiyin bo’lsa, unda asbobda mahsus teshiklar ochilib, ular orqali bosimda suyuqlikni kesish zonasiga uzatish mumkin.
a) MSS ni yuqoridan uzatish
Mo’rt metallarni ishlashda, qirindi mayda bo’ladi. Bu holda sovutkich-moylash muhit sifatida kisilgan havo oqimi va qirindini yig’uvchi mahsus uskuna bilan ta’minlanadi.
b) MSSni kesish zonasiga ostidan va yuqoridan uzatish
13.8-rasm. Moylovchi-sovutuvchi suyuqliklarni kesish zonasiga uzatish sxemalari.
Nazorat uchun savollar
Do'stlaringiz bilan baham: |