Qirqib ishlashning fizikaviy asoslari


Qirqilayotgan qatlamning plastic deformatsiyasi



Download 165,9 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2022
Hajmi165,9 Kb.
#679887
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-Ma'ruza (1)

13.2. Qirqilayotgan qatlamning plastic deformatsiyasi



Metallarni kesish jarayoni murakkab fizik-mexanik jarayon bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lgan bir necha jarayonlarni uz ichiga oladi. Elastik-plastik deformatsiyalar, intensiv ishkalanish, asbobni ustida metallni yopishib qolishi, issiqlik ajralishi, asbobni yeyilishi, ishlanayotgan metallni va qirindida struktura o’zgarishi va qattiqligini oshish va boshqalar.
Bu xodisalarning bir-biriga bog’liqligi va alokasi asbob bilan qirindi chiqarishni ancha qiyinlashtiradi. SHuning natijasida keskichni oldi yuzasidagi bosim 100-200 kg/mm2gacha borishi mumkin, qirqish zonasida esa temperatura 1000-1200 0 S ga yetadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, metallarni kesish jarayoni, asbobga kuyilgan kuch ta’sirida kesilayotgan qatlam elastik-plastik deformatsiyalanib, uni elementlarini birin-ketin siljishi va parchalanishidan iborat ekan.
Metall elementlarini asbob yordamida siqish natijasida kesish kuchi ortadi, zarralarni siljishida esa kuch kamayadi.


13.2-rasm. Metallni deformatsiyalanishi.


Kichik plastikdagi-chuyan, bronzani ishlashida plastik deformatsiyasi kam bo’ladi va parchalanish kuyilgan kuchni ta’siri bilanok boshlanadi.
Metallografik usul bilan kesish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatadiki, qirindini va ishlanayotgan yuzani tezda qizib, tez sovushi natijasida struktura o’zgarishi sodir bo’ladi, zagatovkani yuza qatlamida va qirindida o’zgarish sodir bo’ladi.

Odatda ikki detalning bir-biriga ishkalanish natijasida issiqlik hosil bo’ladi va ba’zi vaqtlarda detallar bir-biriga yopishadi. Xuddi shunda xodisa metalldan qirindi chiqarilayotganda ham intensivrok hosil bo’ladi.


Xaqiqatan ham katta deformatsiyalanayotgan, katta qizigan qirindi keskichni oldingi yuzasida bosim hosil qiladi va keskichni metallga tegib turgan qirrasi bilan deformatsiyalanayotgan qirindini bosimida issiqlik natijasida, instrumentga metall zarralari yopishadi va o’sma hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan o’sma keskich ustida yotib, uni ustidan qirindi o’tadi. Hosil bo’lgan o’smaning qattiqligi, kesilayotgan zagatovkaning qattiqligidan 2-3 marta qattiq hosil bo’lgan o’sma asbobni ustida shunday yopishib qoladiki, metallni to’g’ridan-to’g’ri kirqib, keskichni yeyilishdan saqlash mumkin. Lekin o’sma hamma vaqt ham keskich ustida mustahkamutirmasdan vaqti-vaqti bilan qirindi bilan kuchib ketadi. O’sma qirindi bilan chiqib ketayotganda ishlanayotgan yuzaga botiriladi va ba’zi hollarda yuzalarda ariqchalar hosil bo’ladi. Bu jarayon ishlanilayotgan yuzani sifatini buzadi. O’sma ko’prok plastik metallarni ishlayotganda hosil bo’ladi.(latun, po’lat) CHuyan va bronzani ishlayotganda hosil bo’lmaydi.


13.3-rasm. O’smani hosil bo’lish jarayoni.


O’smani hosil bo’lishida kesish tezligi ham ta’sir etadi. Kichik kesish tezlikda issiqlik kam hosil bo’lgani uchun asbobga o’sma kam yopishadi va katta tezlikda hosil bo’lgan o’smani qirindilar kuchirib chiqarib turadi.
O’smani hosil bo’lishida qulay sharoit o’rta kesish tezligi bo’lib, hosil bo’lgan issiqlik natijasida metall zarralari yopishadi.Keskich ustida hosil bo’lgan o’sma kesish jarayoniga ancha ta’sir ko’rsatadi chunki u qirindi hosil bo’lish jarayonini o’zgartiradi.

a) hosil bo’lgan o’sma keskichni oldingi burchagini kattalashtiradi, bu esa kesish burchagini kichiqlashtiradi, kesish kuchini kamaytiradi.


b) Hosil bo’lgan o’sma qattiq bo’lganligi uchun kesish ishini bajaradi.
v) keskichdan qirindini bosim markazidan uzoklashtiradi. Natijada keskichni yeyilishini kamaytiradi, u keskich uchini issiqlik o’tkazish kobiliyati yaxshilanadi.
O’smaning salbiy ta’siri:
a) Hosil bo’lgan o’sma ishlanayotgan yuzani tozaligini pasaytiradi.
b) O’sma donlari ishlanayotgan yuzaga botib kolib, abraziv rolini uynaydi va keskichni ish vaqtida tezroq yeyilishiga sabab bo’ladi.
v) Keskichni oldingi burchagi tez-tez o’zgarib turishi natijasida tebranish hosil bo’ladi, bu uz navbatida ishlanayotgan detal sifatiga ta’sir qiladi.
Kesish tezligi 10-12 m/mmni va 50-70 m/mm dan oshganda bo’lmaydi. O’sma kesish tezligi 18-30 m/min bo’lganda hosil bo’ladi.

Download 165,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish