LAZER TEXNALOGIYALARI VA OPTOELEKTRONIKA.
Lazer nurlanishining energiyasi va quvatti. Lazerning ish rejimiga qarab xususiyatlarini turli fizik kattaliklar bilan ifodalash mumkin.
Lazer uzluksiz nur chiqaruvchi maromda (rejimda) ishlaganda uning xususiyatini xarakterlovchi asosiy kattalik sifatida quvvat olinadi. Hozirgi mavjud lazerning nurlanish quvvati keng intervalda (oraliqda) o`zgaradi. Masalan: 10^-3 va 10^-6 Vt gacha va undan ortiq quvvatli lazelar yaratilgan.
Shunga qarab quvatti 10^-3 Vt dan kichik qiymatga ega lazerlar past quvvatli, quvvat 10^-6 Vt dan kata lazerlar yuqori quvvatli lazerlar hisoblanadi.
P=I*S
Lazer nurlanishining to`lqin uzunligini. Lazer to`lqin uzunligi qiymati bo`yicha rentgen nurlaridan tortib infraqizil nurlarigacha to`g`ri keladigan oraliqda nur chiqaradi. Ularning to`lqin uzunliklari 1:10^5nm oraliqda yotadi .
Lazerlarni faol muhitlarining agregat holatiga ko’ra qattiq jismli,gazli,ionli, kimyoviy va yarim o’tkazgichli lazerlarga ajraladi.
GAZLI LAZERLAR. Gaz lazerlarida faol muhit sifatida qo’llaniladigan gazning bosimi odatda bir necha millimeter simob ustini bo’lgani uchun nurlanish chizig’ining gaz molekulalarining to’qnashishi natijsida kengayishi juda kichik bo’ladi. Elektr damlash –elektr tokini hosil qiladigan elektronlar oqimi faol muhit bilan to’qnashish natijasida invers bandlik hodisasi sodir bo’ladi.
IONLI LAZELAR.Lazerlar ionlarning energiya sathlari orasida o’tishlari ionli lazerlar deyiladi. Ionli lazerlarda eng ko’p tarqalgan argon lazeridir. Argon lazerining asosiy quvvati 465.8 va 514.5 nm to’lqin uzunliklarida jamlangan.
KIMYOVIY LAZERLAR. Kmyoviy reaksiya natijasida to’g’ridan – to’g’ri invers bandlik hosil bo’lishiga asoslangan lazerlar kimyoviy lazerlar deyiladi. Kimyoviy lazerlarning eng ko’p tarqalgani vodorod va ftor lazerlari hisoblanadi. Bu lazerlarda to’lqin uzunligi 2.6 va 3.3 mkm bo’lgan to’lqinlarda o’tishni amaga oshiradi.
YARIMO’TKAZGICHLI LAZER. Bu lazerlar qattiq jismlarda o’ziga xos xususiyatga ega. Qattiq jismlarda elektronlar energitik holatlar bo’ylab taqsimlangan va energetik sohalarni hosil qiladi.
OPTIK ALOQA
Radioaloqa rivojlangan sari unda yuqori chastotalar keng qo’llanila boshlandi. Kogerent to’lqinlar manbai – lazerlarning kashf qilinishi ularning aloqa vositasida qo’llanishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Bu orqali bir vaqtning o’zida chastotasi 10^15 hz yorug’lik datasi yordamida 10^8ta television dastur yoki 10^11 ta radiostansiya bir vaqtning o’zida ishlash imkonini beradi.
LAZERLARNING TIBBIYOTDA QO’LLANISHI.
Lazer nuri o’tgan asrning 60-yillaridan boshlab jarrohlik skalpel usulida ishlata boshlandi.
Lazerlarni tibbiyotda qo’llanishini foydali tomonini ko’rib o’taylik.
Lazer orqali jarroxlik amaliyotida hech qanday choklarsiz va o’tkir tig’li moslamalarsiz hamda og’riqlarsiz amalga oshirirladi. Bu esa qisqa vaqt ichida jarroxlikni tugatish va aniq ,mukammal eng asosiysi havsiz tarzda tufatishga olib keladi. Bu esa inson hayotini haftan saqlab qolishni eng samarali usuli hisoblanadi.
LAZERLARNI JISMLARDA QO’LLANISHI
Lazerlar jismlarda eng ko’p ishlov berishda ishlatiladi. Lazerlar qattiq jismlarni payvandlash, kesish, ishlov berish.
Faraz qilaylik, nurlanish intevsivligi metallning nafaqat erishiga , balki bug’lanishiga ham yetarli bo’lsin. Bunda lazer nurlanishi alohida yakkalangan implusdan iborat bo’lib u 10^-7 sga teng bo’lsin . Bu holda juda qisqa vaqt ichida material sirtida juda katta energiya yutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |