Qimmatli qog‘ozlarning moxiyati va tasnifi


Obligatsiyalar va ularning moxiyati



Download 363,05 Kb.
bet5/14
Sana22.04.2022
Hajmi363,05 Kb.
#574817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-MAVZU. QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI (2)

Obligatsiyalar va ularning moxiyati

Obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatga olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan xuquqini yoxud boshqa mulkiy xuquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozdir.


Xalqaro amaliyotda obligatsiyalar amaldagi qonunchilikka va ularning nizomiga asosan mulkchilikning barcha shakldagi korxonalar tomonidan (korxonalar obligatsiyalari), shuningdek, davlat va mahalliy xokimiyatlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Demak, obligatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Markaziy xukumatning obligatsiyalari;

  2. Mahalliy xokimiyatlarning (munitsipial) obligatsiyalari;

  3. Korxonalar obligatsiyalari.

O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan obligatsiyalar ularni chiqargan emitentiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: markaziy xukumat obligatsiyalari va korporativ obligatsiyalar (ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar). Xalqaro amaliyotda muomalaga chiqariladigan obligatsiyalarning tasnifini quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin.
5 rasm
Obligatsiyalarning tasnifi6.


Дисконтли

Таъминланган



Давлат




Купонли

Таъминланмаган

Корпоратив




Даромад келтириш шакли бўйича

Таъминланганлик шаклига асосан

Эмитент турига асосан








Облигация турлари









Конвертация қилишига асосан

Амал қилиш муддатига асосан





Қисқа муддатли

Конвертация қилинадиган



Ўрта муддатли


Конвертация қилинмайдиган


Узоқ муддатли


Xalqaro amaliyotdagi qonunchilikka ko‘ra korxonalarning va markaziy xukumat obligatsiyalari quyidagi turlarda chiqarilishi mumkin;

  • odatdagi;

  • yutuqli;

  • foizli;

  • foizsiz (maqsadli).

Obligatsiyalar cheklanmagan miqdordagi investorlar orasida erkin muomalada bo‘lishi mumkin (ochiq joylashtirish), yoki chegaralangan doirada avvaldan ma’lum cheklangan miqdordagi investorlar o‘rtasida muomalada bo‘lishi mumkin (yopiq joylashtirish).
Odatdagi obligatsiyalar - qimmatli qog‘ozlarning boshqa turiga ayirboshlash xuquqiga ega bo‘lmagan obligatsiyalar bo‘lib, ularga opsion bilan o‘tkazilishi mumkin, ya’ni obligatsiya egasi emitentga avvaldan kelishilgan muddatda qaytarish imkoniyatini ta’minlaydi, emitent uni nominal miqdorida qaytarishi shart.
Yutuqli obligatsiyalar – obligatsiyalar bo‘yicha daromad, doimo o‘tkazilib turadigan tirajga asosan yutuq tarzida to‘lanib turadigan obligatsiyalardir.
Foizli obligatsiyalar- obligatsiya egasiga vaqti – vaqti bilan belgilangan daromadni olib turish va tugatilayotganda obligatsiyaning nominal qiymatini olish xuquqini beruvchi obligatsiyalardir. To‘lovlar muddati obligatsiyalar chiqariluvchining shartlarida belgilanadi.
Foizsiz (maqsadli) obligatsiyalar – ushbu obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lanmaydi, obligatsiya bo‘yicha daromad nominaliga nisbatan belgilangan diskont hisobiga paydo bo‘ladi (emissiya baxosi nominaliga nisbatan past baxoda belgilanadi) va faqat obligatsiya tugatilayotganda to‘lanadi. Maqsadli obligatsiyalarda ularni chiqarishga asos qilib olingan mahsulot (xizmat) majburiy rekvizitlari qilib belgilanadi
Obligatsiyalar emitentning o‘z mulkining kafolati bilan ta’minlanishi mumkin yoki emitentga chiqarish uchun uchinchi shaxslar tomonidan ta’minlanishi mumkin.
Agar obligatsiyalarni chiqarish o‘z mulkining kafolati bilan ta’minlanayotgan bo‘lsa korxona (aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari) chiqarayotgan obligatsiyalar miqdori emitentning nizom kapitali miqdoridan oshmasligi lozim.
Agar obligatsiya chiqarish uchinchi shaxs tomonidan ta’minlanayotgan bo‘lsa, korxona ta’minlanish darajasida obligatsiyalarni chiqarishi mumkin.
Obligatsiyalarni emitent- korxona nizom fondini shakllantirish va xo‘jalik faoliyatidan keltirilgan zararni qoplash uchun chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni emitent nizom fondini 20 foizi miqdorida va avval chiqarilgan aksiyalarni to‘la joylashtirgandan keyingina chiqarishi mumkin.
Obligatsiyalarni chiqarishga nizom fondi to‘lanib to‘la shakllangandan keyingina ruxsat etiladi.
Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyatlarining ijroiya organi tomonidan qabul qilinadi va bayon bilan rasmiylashtiriladi. Qarorda emitent, obligatsiyalarning chiqarilish shartlari (agarda maqsadli obligatsiyalar chiqarilsa, ularni chiqarishga asos qilib olingan mahsulot, xizmatning turi va miqdori) joylashtirish tartibi belgilanishi lozim.
Korxonalar obligatsiyalarning muomalaga chiqarishni ro‘yxatga olish, aksiyalar chiqarishni ro‘yxatga olish tartibiga asosan amalga oshiradi.
Muomalaga chiqariladigan obligatsiya blanklarida quyidagi majburiy (ma’lumotlar) rekvizitlar o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim.

  1. Emitentning firma nomi va uning yuridik manzili

  2. Qimmatli qog‘ozning nomi – «obligatsiya» (egasi yozilganlarga, obligatsiya blanklarining orqa tomonida obligatsiya egasining familiya, ismi, sharifi va sotib olingan kuni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak);

  3. Obligatsiya blankasining seriyasi, tartib raqami va chiqarilgan sanasi;

  4. Obligatsiyaning turi;

  5. Obligatsiyaning nominal qiymati bo‘yicha chiqarilgan umumiy summasi;

  6. Foiz stavkasi;

  7. Obligatsiyalarni chiqarish shartlari va tartibi (foizlarni to‘lash, obligatsiyalarni so‘ndirish);

  8. Emitentning boshqaruv raisi va bosh buxgalterning imzosi;

  9. Obligatsiyaning nominal miqdori;

  10. Ro‘yxatga olish organi tomonidan obligatsiyalar chiqarishiga beriladigan davlat ro‘yxatining raqami va sanasi.

Naqd xolda chiqariladigan obligatsiyalar kamida olti darajadagi ximoyaga ega bo‘lishi kerak.
Boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarning rekvizitlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik asosida belgilanadi.




    1. Download 363,05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish