Qimmatli qog‘ozlarning moxiyati va tasnifi


Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibiy tuzilishi va uning ishtirokchilari



Download 363,05 Kb.
bet12/14
Sana22.04.2022
Hajmi363,05 Kb.
#574817
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-MAVZU. QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI (2)

4. Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibiy tuzilishi va uning ishtirokchilari

Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarini ushbu bozorda faoliyat ko‘rsatish xususiyatiga asosan ikki tizimga ajratish mumkin:



  • qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy infratuzilmasi;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorining maxsus infratuzilmasi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy infratuzilmasi tarkibiga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ko‘maklashuvchi muassasalar kiradi. Bunday muassasalar faoliyatisiz qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini amalga oshirishi yoki umuman mumkin emas yoki juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Bunday muassasalarga nashriyotlar, informatsion agentliklar, gazeta va jurnallar, televizion va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditor tashkilotlari, notarial va advokat kontoralari hamda sug‘urta kompaniyalari kiradi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatish uchun bu muassasalar maxsus malaka shaxodatnomalari va litsenziyaga ega bo‘lishi talab etilmaydi. Bu muassasalar qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zining asosiy faoliyatini yuritishlari uchun o‘zlariga tegishli vakolatli davlat organidan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishlari lozim. Asosiy faoliyat ko‘rsatish uchun notarial va advokat kontoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, auditor va sug‘urta kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan, tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan, hamda nashriyotlar, gazeta va jurnallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Nashriyot Qo‘mitasidan maxsus ruxsatnoma olishlari lozim. Qimmatli qog‘ozlar bozorida bu ko‘maklashuvchi muassasalarning faoliyatiga ushbu bozordagi bitimlar ishtirokchilarining hisob- kitoblarini amalga oshirish, emitentlar hisobotlarini tekshirish va uni rasmiy tasdiqlash, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda oldi-sotdi, almashtirish, xadya etish, rasmiylashtirish, bo‘lajak sarmoyadorlarga kerakli ma’lumotlarni yetkazish, fond bozoridagi faoliyatni oshkora etish va boshqalar kiradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining maxsus infratuzilmasiga qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z professional faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kiradi. Bunday maxsus investitsiya institutlariga quyidagilar kiradi:

        1. Investitsiya maslaxatchisi;

        2. Investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);

        3. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;

        4. Investitsiya fondlari;

        5. Hisob – kitob kliring palatasi;

        6. Depozitariylar;

        7. Qimmatli qog‘ozlarning transfer - agenti;

        8. Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.

Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yoki mazkur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya berishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan xolda beriladi.
Faqat qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvoxnomasi bo‘lgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvoxnomasi uch yil muddatga beriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyatni, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi hujjatlarda belgilanadi.
Biz yuqorida sanab o‘tgan investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlar bozorida amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan va bu faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya olgandan so‘ng ish yuritishi mumkin. O‘z faoliyatida vakolatiga kirmagan operatsiyalarni amalga oshirish qonunan ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat olib borishlari uchun vakolatli davlat organlaridan maxsus litsenziyaga hamda kontingentida maxsus malaka shaxodatnomalariga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi shart hisoblanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozori mamlakatda bir yo‘la ikki vazifani amalga oshirmoqda. Birinchidan, u iqtisodiyotning amal qilish samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ikkinchidan qimmatli qog‘ozlar bozori yordamida ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan qator muxim muammolar xal etilmoqda. Bu omillar esa qimmatli qog‘ozlar bozorini, uning moxiyatini yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etadi.


Download 363,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish