Tavsiya etiladigan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «O‘zbekiston» 2010.
Karimov I.A. Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: «O‘zbekiston». 2009.
Karimov I.A Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir T.: “O‘zbekiston”. 30.01.2010.
Alimov I.I. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU. 2007.
Borovkova V.A. Borovkova V.A. Rinok sennix bumag. Uchebnoye posobiye. S. Pb. «Piter» 2008.
Butikov I.L. “Rinok sennix bumag O'zbekistana: problemi formirovaniya i razvitiya” – T. “Konsauditinformnashr” 2008.
Kotov V.A. Organizatsiya rinka sennix bumag. –T. «Moliya» 2007
Galanov V.A. Rinok sennix bumag. Uchebnik. – M; «INFRA». 2009.
Kilyachkov A.A., Chaldayeva L.A. Rinok sennix bumag. M.: «Ekonomist’». 2005.
Frenk Dj. Fabotssi. Rinok obligatsiy analiz i strategii. M.: «Alpina biznes buks». 2005.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining moxiyati
Har qanday iqtisodiyotda bo‘lganidek, ba’zi tarmoqlarda ma’lum davr mobaynida pul mablag‘larini yetishmasligi, boshqa tarmoqlarda esa pul mablag‘lari vaqtincha bo‘sh turib qolishi mumkin. Shu bilan birga, pul mablag‘lari yetishmasligidan qiynalayotgan soxa muayyan davrdan so‘ng ortiqcha pul mablag‘lariga ega bo‘lib qolishi mumkin va aksincha. Shu bois ortiqcha pul mablag‘lari egalarini shu pulga muxtoj bo‘lib turganlarga uchrashtirib qo‘yishga imkoniyat yaratadigan mexanizm bo‘lishi kerak. Vaqtincha ortiqcha pul mablag‘lari egalari (yuridik va jismoniy shaxslar) va shu pul mablag‘larining iste’molchilari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan maxsus bozor, ya’ni moliya bozorida uchrashadilar. Bu bozor juda murakkab tuzilishga va yuqori- past pog‘onalarga ega bo‘lgan maxsus bozor bo‘lib, unda juda katta miqdordagi pul mablag‘lari bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarda aylanib turadi va bu jarayon harakatlari iqtisodiyotning mikrodarajadan tortib, makrodarajagacha bo‘lgan xolatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tishi natijasida moliya bozori sifatan yangi ma’noga ega bo‘ladi. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishda, hamda ulardan foydalanishda moliya bozorining ahamiyati beqiyos katta bo‘ladi. Moliya bozorining asosiy tarkibiy qismiga quyidagi bozorlar kirishi mumkin:
1. Tijorat banklarining kapitallarining bozori;
2. Qimmatli qog‘ozlar bozori;
3. Valyuta bozori;
4. Sug‘urta va investitsiya fondlari bozori.
Moliya bozori tarkibiy tuzilishini biz quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin.
9 rasm
Moliya bozori tarkibiy tuzilmasi9
Тижорат банкларининг капиталлари бозори
Суғурта ва инвестиция фондлари бозори
Валюта бозори
Қимматли қоғозлар бозори
Tijorat banklari kapitallarining bozori, valyuta bozori va sug‘urta hamda investitsiya fondlari bozorlarini aloxida o‘rganuvchi fanlar mavjud.
Biz asosiy e’tiborni nisbatan yosh hamda nozik xususiyatlarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozoriga qaratamiz.
Moliya bozorini o‘rganishda uni turli tomondan, ya’ni institutsional jixatdan yoki bozor qatnashchilari tomonidan, emitentlar va investorlar, investitsiya institutlari, moliya dastaklarini turlari nuqtai nazaridan boshlash bizning fikrimizcha, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Moliya bozorining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu bozorda tovar boshqa bozorlardagiga nisbatan o‘ziga xosdir. Bu tovar turli shakldagi qimmatli qog‘ozlardir.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish, joylashtirish va ularning munosabatlari bilan bog‘liq munosabatlar tizimidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda “qimmatli qog‘ozlar bozori” va “fond bozori” degan atamalarni sinonim sifatida talqin etiladi. Mualliflar ushbu atamalarga aniqlik kiritadilar. Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tarkibiga va undan narx – navoni shakllanishiga asosan ikki guruxga ajratish lozim.
1. Fond bozori, ushbu bozorda emitent va bo‘lajak sarmoyador bevosita ishtirok etmaydilar. Bu bozorda albatta moliyaviy vositachi (broker yoki ishtirok) etadi. Fond bozorida aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlari sotiladi. Bundan tashqari fond bozorida qimmatli qog‘ozlar ularga bo‘lgan talab va taklif asosida sotiladi yoki harid qilinadi.
2. Boshqa qarz majburiyatli qimmatli qog‘ozlar bozori. Ushbu bozorda emitent va bo‘lajak sarmoyador xech qanday moliyaviy vositachi yordamisiz bevosita oldi – sotdini amalga oshiradilar. Ushbu bozorda depozit sertifikatlari, depozit – jamg‘arma sertifikatlari va veksellar savdosi amalga oshiriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, boshqa qarz majburiyatli qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar ularga bo‘lgan talab va taklif asosidagi narxda emas, balki oldindan belgilangan narxlar hamda shartlar asosida sotiladi.
Biz qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibini quyidagi rasmda keltiramiz.
10 rasm
Qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibi10
Қимматли қоғозлар бозори
Бошқа қарз мажбуриятли қимматли қоғозлар бозори
Фонд бозори
Xozirgi vaqtda mamlakatimizda fond bozorining tarkibiga “Toshkent” Respublika Fond birjasi, “Elsis – Savdo” birjadan tashqari elektron savdo tizimi, Respublika valyuta birjasining fond bo‘limi kiradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining eng muxim tomonlaridan biri shuki , u yuqori daromad keltiradigan iqtisodiyotning faolligi bilan shakllanib boradi va qimmatli qog‘ozlar bozori sarmoyalari ning safarbar etilishini rag‘batlantirib, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlanishini, taqsimlaganda ham rivojlanib borayotgan istiqbolli tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlanishini ta’minlaydi. Rivojlangan qimmatli qog‘ozlar bozori ishlab chiqarish taraqqiyotini rag‘batlantiradigan kuchli manba bo‘lib hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori har bir mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismidir. Qimmatli qog‘ozlar bozori asosini tovarlar bozori, pul va pul kapitali tashkil qiladi. Bular birinchisini asosi bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozori ularning hosilasi hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bozorini quyidagicha tavsiflanadi:
11 rasm
Qimmatli qog‘ozlar bozorining klassifikatsiyasi11
Жойлаштириш шаклига асосан:
Савдо – сотиқ жойига асосан:
Ташкил этилиш даражасига асосан
Худудий кўринишга асосан:
Халқаро
Минтақавий
Миллий
Махаллий
Битимларни амалга оширишга асосан
Касса бозори
Муддатли бозор
Молиявий активлар гурухига асосан:
Акциялар бозори
Облигациялар бозори
Векселлар бозори
Варрантлар бозори
Опционлар бозори
Фьючерслар бозори
Бошқалар
Қимматли қоғозлар бозори
Савдоларни олиб бориш усулига асосан
- Анъанавий
- Компютерлашган
Qimmatli qog‘ozlar bozorining bunday tavsiflanishi qimmatli qog‘ozlarning amaliy ahamiyatidan kelib chiqadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga dunyoning ko‘p mamlakatlari rasman tan olgan fond birjalari (Nyu-York, London, Frankfurt, Syurix, Tokio) kiradi. Mintaqaviy qimmatli qog‘ozlar bozoriga dunyoning ma’lum mintaqalari (Lotin Amerikasi, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo) uchun shakllangan bozorlar kiradi. Milliy bozor esa aniq bir mamlakatda shakllangan va faoliyat ko‘rsatayotgan bozor hisoblanadi. Xududiy bozor esa aniq bir mamlakatning milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining ma’lum xududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan bozorini tashkil etadi va x.k.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar va emitentlar o‘rtasidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari harakati, uning miqdori juda ko‘p omillarga bog‘liq.. Ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining daromadlilik darajasi;
2. Qimmatli qog‘ozlar bozorining soliqqa tortilish darajasi;
3. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kapital va u keltiradigan foydani yo‘qotilish xatari darajasi;
4. Qimmatli qog‘ozlar bozorida sarmoyadorlar xaq-xuquqlarini ximoya qilish darajasi;
5. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘liq, aniq va oshkora ma’lumotlarning mavjudlik darajasi va boshqalar.
Bu ta’kidlab o‘tilgan omillar qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga yoki aksincha, uning inqirozga uchrashiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |