Qimmatli qog‘ozlarning moxiyati va tasnifi


Qimmatli qog‘ozlar bozorining vazifalari



Download 363,05 Kb.
bet10/14
Sana09.07.2022
Hajmi363,05 Kb.
#762864
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-MAVZU. QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI (1)

2. Qimmatli qog‘ozlar bozorining vazifalari

Har qanday bozor singari qimmatli qog‘ozlar bozorining ham bajaradigan vazifalari mavjud. Biz bu vazifalarni asosan ikki guruxga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruxni umumbozor ya’ni har bir bozorga tegishli vazifalar tashkil etsa, ikkinchi guruxni faqat qimmatli qog‘ozlarga taaluqli bo‘lgan vazifalar tashkil etadi.


Umumbozor yoki an’anaviy bozor vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • tijorat vazifasi, ya’ni bozorda faoliyat ko‘rsatishdan asosiy maqsad ma’lum miqdorda foyda topish hisoblanadi;

  • ma’lumotlar yetkazish vazifasi, ya’ni bozor o‘z ishtirokchilariga tovarlar harakati, ularning xajmi va ular bo‘yicha shakllanayotgan narx- navo to‘g‘risida ma’lumot yetkazib turadi;

  • tashkil etish vazifasi, ya’ni bozor o‘z ishtirokchilariga savdo- sotiqni olib borish uchun maxsus joylarni tashkil etadi;

  • tartibga solib turish vazifasi, ya’ni har bir bozor o‘z ishtirokchilari uchun savdoni tashkil etish tartib- qoidalari, muddati, nizolarni xal etish shartlari, nazorat qilish va boshqaruvni amalga oshiradi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy vazifalaridan tashqari faqatgina o‘ziga xos bo‘lgan vazifalari ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

    • mamlakat axolisining, korxonalarning va davlatning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larining jamlanishi ta’minlanadi. Buning natijasida kapital istemolchilari kerakli miqdordagi pul mablag‘larini oladi va sarmoyadorlar o‘z mablag‘larini saqlash hamda ularni ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori kapitalning jamlanishi va markazlashuvi jarayonining tezlashishini ta’minlaydi. Bozor yordamida iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida kapitalning og‘ib o‘tishi amalga oshiriladi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori tarmoqlararo to‘siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlariga og‘ib o‘tadi. Kapitalning bu oqimi buyruq yoki ko‘rsatma asosida emas, balki aniq bir iqtisodiy manfaat munosabatlari asosida amalga oshiriladi. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lari zamonaviy va daromad keltiruvchi ishlab chiqarish korxonalariga investitsiya qilinadi va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari tarkibida sifat siljishlari yuzaga keladi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori sarmoyadorlarining ya’ni mamlakat axolisining, korxonalarning va davlatning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jamlab, uni kapitalga aylantirib, bu kapitalning oqilona va samarali harakatini ta’minlaydi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori qimmatli qog‘ozlarga bozorda shakllangan talab va taklif asosida xaqiqiy bozor baxosini belgilaydi. Shuning uchun fond birjasi mamlakat iqtisodiyotining barometri hisoblanadi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori aniq bir kapitalni (bank, savdo, sanoat) harakatini faollashuviga imkoniyat yaratadi. Buning natijasida iqtisodiyotda u yoki bu muammolarni xal etish imkoniyati paydo bo‘ladi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori yordamida davlat byudjeti taqchilligi (defitsit) qoplanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu jarayonda muomalaga qo‘shimcha pul massasi emissiya qilinmaydi va shu asosida mamlakatda inflyatsiyani tartibga solib turish imkoniyati tug‘ildi;

    • qimmatli qog‘ozlar bozori mamlakatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantiradi. Ulushli qimmatli qog‘oz (aksiyalar) harid etib olgan aksiyador korxonaning mulkdoriga aylanadi. Shu asosda aksiyadorlar korxonaning samarador ishlashidan manfaatdor bo‘ladi, chunki korxonaning daromad topishi aksiyadorga dividend keltiradi. Shuning uchun aksiyadorlar korxonalarning boshqaruvida faol ishtirok etadilar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining qanchalik rivojlanlanganligi va samaradorligi u bajaradigan vazifalarni amalga oshirishi bilan uzviy bog‘liqdir.


Download 363,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish