III BOB. Rivoyatlar tarjimasida lingvostilistik tahlillar
3.1. Frazeologik birliklar va aforizmlar tarjimasidagi uslubiy
o’zgarishlarga doir
Aksariyat tarjimonlar “rivoyat”larni nemis tiliga o’girganda ularni „die
Erzählung“, „die Geschichte“ yoki „die Legende“ deb atashadi. Masalan,
bizning dissertatsiyamizning asosiy obyekti, tarjima matni sifatida olingan
Oybek Ostonovning rivoyatlar to’plami kitobi “Geschichten entlang der
Seidenstraße – Weisheiten des Orients”, ya’ni “Ipak Yo’li hikoyalari – Sharq
donishmandligi”deb nomlangan. Bu yerdagi “die Geschichte” so’zi –
“sarguzasht” deb tarjima qilinadi. Balki bu to’plamda rivoyatlardan tashqari
hikoyalar, afsonalar, matallar va latifalar ham berilganligi uchun mutarjim
kitobni shunday namlagan bo’lishi mumkin. Chunki „die Geschichte“ so’zi
uning boshqa sinonimlariga qaraganda umumiyroq ma’noga ega.
Biz esa “rivoyat” – so’zini aynan “die Sage” deb tarjima qilishga qaror
qildik. Bu so’z “rivoyat” so’ziga aynan mos keladi. Qiyoslash, va fikrimiz isboti
sifatida nemis tilining izohli lo’g’atidan bu so’zning izohini beramiz
– “die
Sage”-, -n; eine sehr alte Erzählung von Helden, Kämpfen oder ungewöhnlichen
Ereignissen
überliefern> Langenscheidt KG, Berlin und München
[Großwörterbuch Deutsch
als Fremdsprache 2010: 928]. ko’rib turganimizdek bu so’z ma’no jihatdan
“rivoyat” so’ziga ko’proq to’g’ri keladi.
Tarjima jarayonida tarjimon quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozim:
a) frazeologizmlar tarkibidagi so’zlarning moddiy ma’nosini saqlagan
holda aniq tarjima qilish;
b) asl nusxadagi frazeologizmlarning mazmuni yoki shaklini biroz
o’zgartirgan holda;
v) asl nusxadagi frazeologizmlarni tarjima qilinayotgan tildagi mavjud
bo’lgan muqobili orqali o’girish.
52
Ayniqsa, frazeologizmlar tarkibidagi so’zlarning moddiy ma’nosini to’liq
saqlagan holda aniq tarjima qilish eng sermahsul usullardan bo’lib, tilni yangi
frazeologizmlar hisobiga boyishiga sabab bo’ladi.
Quyida O. Ostanov tomonidan nemis tilida qayta yaratilgan sharq
rivoyatlari, hikoyalar, ertaklar va latifalardan iborat “Geschichten entlang der
Seidenstraße – Weisheiten des Orients” nomli to’plamda berilgan rivoyatlar
ustida ayrim lingvostilistik tahlillarni amalga oshirishga harakat qilamiz.
Yosh tarjimonning to’plamida ertaklar, matallar, latifalar bilan birga,
Abdulla al- Ma’mun, Ibn Sino, Mahmud G’aznaviy, Amir Nosir ibn Ahmad
Somoniy, Mirzo Ulug’bek va Bahovuddin Naqshbandiy kabi tarixiy shaxslar
haqida rivoyatlar tarjimasi ham berilgan.
Biz ushbu dissertatsiyamizda aynan shu rivoyatlarning tarjimalarini
batafsil tahlil qilishga harakat qildik. Mutarjim o’z tarjimalarida maqol, matal,
idioma kabi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan.
Tarjimalarni mutarjim imkon qadar rivoyatlarga xos sodda va aniq tilda
amalga oshirgan. Asliyat matnidagi milliylikka xos unsurlar, maqollar, hikmatli
so’zlar, iboralar, frazalar, okkazional so’zlar, idiomalar va boshqa tasviriy
vositalar tarjimasidagi o’ziga xosliklar imkon qadar to’lig’icha saqlangan.
Sharqona urf-odatlar va milliy koloritni saqlashda mutarjim asosan
transformatsiya,
transkripsiya,
transliteratsiya
usullaridan
foydalangan.
Realiyalar tasnifi esa kitob so’ngida birma-bir izohlangan. Bu o’quvchi uchun
ancha qulaylik yaratadi. Shu tufayli buni tarjimonning yutug’i deyishimiz
mumkin.
Quyida ushbu tarjimalar ustida ayrim tahliliy mulohazalarni keltiramiz.
To’plamda “Alexander der Grosse und der Kaiser von China“ [Ostanov 2014;
16] nomli rivoyat berilgan. Asliyatda bu rivoyat “Iskandar va chin shohi” deb
nomlanadi [
Авфий 1977; 77]. Rivoyat so’ngida Buyuk Aleksandrni o’zining
vasiyatiga ko’ra uni dafn marosimida narigi dunyoga quruq qo’l bilan
ketayotganligini ko’rsatish maqsadida uning qo’lini tobutdan chiqarib
qo’yishadi.
53
Bu rivoyat O. Ostonov tomonidan ustalik bilan, yanada ta’sirliroq qilib
tarjima qilingan. U rivoyat oxirida quyidagi gapni o’zidan qo’shadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |