1.O‘quvchilar kompyuter xonasida qanday qoidalarga rioya qilishi kerak?
tartib-intizom qoidalari;
elektr asboblaridan foydalanish qoidalari;
xavfsizlik texnikasi va sanitariya- gigiyena qoidalari;
maktab ichki tartib qoidalari.
2.Informatika fanining kelib chiqishi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
XX asrning 70-yillari;
XXI asr boshlari;
XX asrning 50-yillari;
XX asrning 80-yillarida.
3.Informatika faniga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping:
axborotlarni himoya qilishni o‘rgatuvchi fan;
kompyuterga dastur o‘rnatishni o‘rgatuvchi fan;
axborotlarni izlash, yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarini o‘rgatuvchi fan;
kompyuter texnikasini sozlashni o‘rgatuvchi fan.
4.Quyidagi iborani qanday so‘zlar bilan to‘ldirish kerak?
“Informatika fanining asosiy obyekti … bo‘lsa, kompyuterlar bu fanni o‘rganishda asosiy … hisoblanadi”
axborot, uskuna;
ilm, vosita;
internet, qurol;
kompyuter, vosita.
5.Axborotlar inson tomonidan ularning retseptorlari orqali qabul qilinadi, ularning soni … .
5 ta;
6 ta;
7 ta;
3 ta.
6.Axborotlarning aniq, tushunarli, ishonchli, qimmatli bo‘lishi bu – ularning … .
turlari;
tasvirlash usullari;
xususiyatlari;
atributlari.
7.Axborotlarni kodlash nima uchun kerak?
axborotni bir ko‘rinishdan boshqa bir qulay ko‘rinishga o‘tkazish uchun;
qayta ishlash uchun;
kompyuter tushunishi uchun;
maxfiy saqlash uchun.
8.Ikkilik kodlash qanday raqamlar bilan ifodalanadi?
A) 1, 2;
B) 0, 1;
C) nuqta, tire;
D) 0, 2.
9.Bit, bayt, Kbayt, Mbayt – bular axborotning
… .
kodlanish usullari;
o‘lchov birliklari;
sanoq sistemalari;
kengligi.
10.“Informatika fani menga juda yoqadi” iborasida necha bit va bayt axborot mavjud?
34 bayt, 272 bit;
30 bayt, 240 bit;
36 bayt, 304 bit;
33 bayt 256 bit
11“Kompyuter” so‘ziga berilgan to‘g‘ri ta’rifni belgilang:
inson hayotida muhim vazifani bajaruvchi universal qurilma;
Office dasturlarida ishlashni
ta’minlovchi asosiy qurilma;
axborotlarni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma;
iqtisodiy va matematik masalalarni yechishda qo‘llaniladigan qurilma.
12.Kompyuterlarning bir-biridan asosiy farqi bu – … .
dasturlarning ko‘p yoki kamligi;
o‘lchamlari va ishlash imkoniyatlari;
ishlab chiqarish kompaniyasi va narxi;
tashqi ko‘rinishi.
13.Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari yozilgan qatorni toping:
sistema bloki, modem, skaner;
klaviatura, skaner, videokamera;
printer, monitor, kolonka;
sichqoncha, monitor, kolonka.
14.Ma’lumotlarni chiqarich qurilmalari yozilgan qatorni toping:
sistema bloki, modem, skaner;
klaviatura, skaner, videokamera;
printer, monitor, kolonka;
sichqoncha, plotter, videokamera.
15.Klaviatura tugmachalarining 6 ta guruhga ajratilish sababini ko‘rsating:
klaviaturadagi qatorlar soniga ko‘ra;
tugmachalarning bajaradigan vazifasiga ko‘ra;
raqamlar, sonlar, belgilarning xilma- xilligiga ko‘ra;
qulay usulda ishlashiga ko‘ra.