Ustozim deganing she’rfurush chiqsa, Suyganim deganing erfurush chiqsa, Podshohim deganing elfurush chiqsa, Chidagin, bolam-a, chidagin, Dardlaring taningga joylansin, Chidagin, bolam - a, chidagin, Ohlaring qo‘shiqqa aylansin! Nasr va nazmda bitilgan bu parchalarning baxshiyona ruhini hosil qiladigan omil ularning ohangida. nasriy parchadagi “ko‘p aytdi”, “xo‘p aytdi”, “jo‘shib aytdi”, “qo‘shib aytdi”, “O‘ bolam”, “yetmagan nolam”, “to‘liqib qolibsan”, “yo‘liqib qolibsan” kabi ohangdosh birikmalar xalq dostonlariga hamohang tarzda jaranglaydi. Yoki she’riy parchadagi “Chidagin, bolam-a, chidagin” degan ritorik murojaatning qaytariq holatda kelishi xalqona ohangning kuchayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |