Usmon Azim so‘zni teran his etuvchi, shu asosda she’rning estetik ta’sir kuchini oshira biluvchi shoirdir. Hamma gap shoirning so‘zdan qanday foydalana bilishidadir. Usmon Azim sheriyatidagi o‘ziga xosliklardan yana biri shundaki, shoir so‘zning ko‘pma’nolilik xususiyatidan foydalanishga, uning yashirin ramziy va falsafiy ranglarini topishga harakat qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, shoir badiiy tasvir vositalaridan foydalanganda, chunonchi, qofiya tizimida katta badiiy yutuqlarga erishadi. Usmon Azimning so‘zdan foydalanish mahorati haqida so‘z borganda, uning yana bir xususiyatini alohida ta’kidlash kerak: shoir faqat baxshiyona yo‘lda yozilgan asarlarigagina emas, balki, umuman, butun lirikasiga xalqona ruhni singdirishga urinadi va bunga erishadi ham. - Usmon Azim so‘zni teran his etuvchi, shu asosda she’rning estetik ta’sir kuchini oshira biluvchi shoirdir. Hamma gap shoirning so‘zdan qanday foydalana bilishidadir. Usmon Azim sheriyatidagi o‘ziga xosliklardan yana biri shundaki, shoir so‘zning ko‘pma’nolilik xususiyatidan foydalanishga, uning yashirin ramziy va falsafiy ranglarini topishga harakat qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, shoir badiiy tasvir vositalaridan foydalanganda, chunonchi, qofiya tizimida katta badiiy yutuqlarga erishadi. Usmon Azimning so‘zdan foydalanish mahorati haqida so‘z borganda, uning yana bir xususiyatini alohida ta’kidlash kerak: shoir faqat baxshiyona yo‘lda yozilgan asarlarigagina emas, balki, umuman, butun lirikasiga xalqona ruhni singdirishga urinadi va bunga erishadi ham.
- Bugungi o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga Usmon Azimning munosib hissa qo‘shgani shubhasiz. Shoir, birinchidan, o‘zining g‘oyat rang - barang janrlardagi asarlari bilan adabiyotimizning badiiy imkoniyatlarini kengaytirdi, uni yangi badiiy tafakkur mevalari bilan boyitdi. Ikkinchidan, Usmon Azim she’riyati o‘zbek xalqining milliy madaniyati, ruhiy olami, orzu - istaklari bilan uzviy bog‘langan; binobarin, uning ijodi o‘zbek adabiyotidagi, Cho‘lpon yo Mirtemir she’riyatidek chinakam milliy va noyob hodisa.
- Shunga ko‘ra, Usmon Azim va unga avloddosh shoirlar ijodini yanada chuqur o‘rganish hozirgi davr o‘zbek adabiyotshunosligining muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar - I. A. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch, T., 2008
- D. Quronov . Adabiyotshunoslikka kirish, – T.: Fan, 2007
- I. Haqqul. Taqdir va tafakkur, - T.:Sharq, 2007
- Q. Yo`ldosh. Badiiy tahlil asoslari, - T.: Kamalak, 2016
- U. Azim. Saylanma, - T.; Sharq, 1995
- U. Azim. Kuz, - T.: G`afur G`ulom, 2001
- U. Azim. Fonus, - T.: Sharq, 2010
- U. Azim, Yurak, T.: G`afur G`ulom, 2009
- Internet ma`lumotlari
- www. Ziyonet.uz
- www.Pedagog. Uz
E`tiboringiz
uchun
tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |