Baxshiyona ohanglar Usmon Azim ijodida uslubiy jilvalardan she’riy turkum darajasiga ko‘tarila bordi. Uning “Baxshiyona” kitobida Elbek baxshining mukammal obrazi yaratilganiga ko‘ra “Baxshiyona” she’rlar turkumini hatto o‘ziga xos doston, deb atash mumkin. Biz yuqorida Usmon Azimning baxshiyona ohanglarga murojaat etishining tub sababini u tug‘ilgan yurtda baxshilar an’analarining mavjudligi bilan bog‘lagan edik. Iste’dodli shoir Mirzo Kenjabek Usmon Azim ijodida baxshiyona ohanglarning paydo bo‘lishini yana bir manba bilan izohlaydi. Usmon Azim ijodidagi baxshiyona ohanglar deganimizda, uning avvalo, shu davrdagi ijodi ko‘z oldimizga keladi. Baxshiyona ohanglarning adabiyotimizga kirib kelish tarixiga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘zim, avvalo, Mirtemir, H.Olimjon ijodlaridagi xalq ohanglaridan boshlamoq joiz. - Baxshiyona ohanglar Usmon Azim ijodida uslubiy jilvalardan she’riy turkum darajasiga ko‘tarila bordi. Uning “Baxshiyona” kitobida Elbek baxshining mukammal obrazi yaratilganiga ko‘ra “Baxshiyona” she’rlar turkumini hatto o‘ziga xos doston, deb atash mumkin. Biz yuqorida Usmon Azimning baxshiyona ohanglarga murojaat etishining tub sababini u tug‘ilgan yurtda baxshilar an’analarining mavjudligi bilan bog‘lagan edik. Iste’dodli shoir Mirzo Kenjabek Usmon Azim ijodida baxshiyona ohanglarning paydo bo‘lishini yana bir manba bilan izohlaydi. Usmon Azim ijodidagi baxshiyona ohanglar deganimizda, uning avvalo, shu davrdagi ijodi ko‘z oldimizga keladi. Baxshiyona ohanglarning adabiyotimizga kirib kelish tarixiga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘zim, avvalo, Mirtemir, H.Olimjon ijodlaridagi xalq ohanglaridan boshlamoq joiz.
- Usmon Azimning yangicha ovozi, avvalo, uning yangicha badiiy tafakkurga egaligi bilan izohlanadi.
- Ijodkorning adabiyotdagi o‘ziga xos o‘rnini belgilovchi bu xususiyat asosan ikki muhim jihat bilan izohlanadi. Birinchidan, u adabiyotimiz taraqqiyotiga yuksak badiiy asarlari bilan hissa qo‘shgan bo‘lsa, ikkinchidan, bu asarlarda faqat shoirning o‘ziga xos bo‘lgan ovoz, uslub, tafakkur tarzi barq urib turadi. U.Azim badiiay uslubining o‘ziga xosligini biz unga tengdosh shoirlar - Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Azim Suyunlar bilan qiyoslash jarayonida aniq sezamiz. Agar Xurshid Davron va Azim Suyun she’riyatida tarixga murojaat etish orqali ijtimoiy dardni aytishga intilish, Shavkat Rahmonda lirik lirik kechinmani majoziy tasvirlar, ramzlar orqali berish kuchli bo‘lsa, Usmon Azim badiiy tafakkurining shakllanishida aksar hollarda xalqona ohanglar yetakchilik qiladi. Buni biz shoirning “Baxshiyona ohanglar” turkumida va, umuman, deyarli butun ijodida yaqqol ko‘rinadigan xalq, she’riyatiga xos tasvir va so‘z o‘yinlarida, xalq og‘zaki ijodidagi qahramonlar taqdiriga bot-bot murojaat etishida, hatto nasriy asarlariga ham ko‘chgan xalqona ruhda ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |