Puldorning oyog‘i mudom yarqirar, Bulutsiz umridan beg‘am nishona, Unga duch kelganda, ayyor bolalar, Girdida bo‘lasiz darrov parvona. Ushbu misralar garchi Mamatrayim baxshining tilidan aytilgan bo‘lsa-da, she’rdagi tasvirni chinakamiga baxshiyona yo‘l bilan yozilgan deb bo‘lmaydi. Chunki tasvir Usmon Azimning barmoq vaznida yozilgan boshqa she’rlaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat shoirning niyati, baxshilar ohangiga o‘zini yaqin tutishi uning kelgusida Shu maqsad yo‘lida yoziladigan asarlariga bir kirish bo‘ldi, deb hisoblash mumkin, xolos. Zotan, «Baxshiyona» turkumidagi she’rlar shakl jihatidan ham xalq baxshilari yaratgan dostonlarga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |