1.Issiqlik hech qachon sovuq jismdan issiq jismga o’z-o’zidan o’tmaydi(R.Klauzius 1850y).
2.Ikkinchi turdagi abadiy dvigatel yasash mumkin emas(V.Ostvald).
3.Hech bir qurilma o’zi bilan bir xil energetik darajadagi sistemadan issiqlik olib ish bajara olmaydi.
4.Issiqlik idishning sovishi hisobidan mexanik ish bajara oladigan davriy ravishda ishlaydigan mashina qurib bo’lmaydi(Kelvin Plank).
5.Har qanday izolyatsiyalangan sistemada vaqt o’tishi bilan tartibsizlik darajasi ortib boradi.
Termodinamika 2-qonuni ta’riflari
Termodinamika ikkinchi qonunining dastlabki kashfiyotchisi S.Karno bo’lib hisoblanadi.U issiqlikning ishga aylanish sharoitlarini o’rganib(1824y) shunday xulosaga keldi:Issiqlik mashinalarida manbadan olingan issiqlik miqdori to’la-to’kis ishga aylanmaydi.Uning bir qismi sovutgichga beriladi.
Agar manbadan olingan issiqlikni Q1 bilan, sovutgichga berilgan issiqlikni Q2 bilan belgilasak, ular orasidagi farq Q1-Q2 ish (A) ga aylangan issiqlik miqdori bo’ladi.Mashinaning foydali ish koeffisienti quyidagi tenglama orqali ifodalasak bo’ladi:n=Q1-Q2/Q1=A/Q1
Termodinamika 2-qonuni ta’riflari
Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisienti ishchi jismning tabiatiga bog’liq bo’lmay, faqat haroratlar farqi bilan belgilanadi(Karno-Klauzius teoremasi).Bu teorema termodinamika ikkinchi qonuni bilan quyidagicha ifodalanadi:n=T1-T2/T1
Bunda T1-issiqlik manbaining harorati
T2-sovutgichning harorati.
Entropiya haqida qisqacha ma’lumot
Termodinamika 2-qonuni ta’riflari shuni ko’rsatadiki,ularning barchasi o’z-o’zidan boradigan jarayonlar masalan,gazning kengayishi,issiq jism atrof haroratigacha sovishi va h.k.ning yo’nalishini xarakterlaydi.O’z-o’zidan boradigan jarayonlarning borish sharoitini yoki muvozanat qaror topishini aniqlash nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Ikkinchi qonunda ta’kidlanganidek,issiqlikni(molekulalarning tartibsiz harakatining) ishga (molekulalarning tartibli harakatiga)to’liq aylanmaydi,lekin ish to’liq issiqlikka aylanadi.M:gaz siqilgan paytda quyidagilar sodir bo’ladi: