Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh kollektorining asosiy qismlari



Download 4,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/145
Sana01.01.2022
Hajmi4,44 Mb.
#291569
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   145
Bog'liq
2 5420616419702214711

Quyosh kollektorining asosiy qismlari. 
 
  
Quyosh  uskunasining  asosiy  konstruktiv  elementi  kollektor  bo‘lib,  unda 
quyosh  energiyasini  ushlab  qolish,  uni  issiqlikka  almashtirish  va  suvni  havoni  yoki 
biror-bir  boshqa  issiqlik  tashuvchini  qizdirish  amalga  oshiriladi.  Quyosh 
kollektorlarining  ikki  turi  farqlanadi,  yassi  va  fokuslovchi.  Yassi  kollektorlarda 
quyosh  energiyasi  konsentratsiyasiz  yutiladi,  fokuslovchida  esa  –  konsentratsiya 
bilan,  ya’ni  kelayotgan  radiatsiya  oqimini  zichligining  oshishi  bilan  past  haroratli 
gelio  uskunalardagi  kollektorlarning  eng  keng  tarqalgan  turi  quyosh  energiyasining 
yassi  kollektori  (QEK)  hisoblanadi.  Uning  ishlashi  «issiq  yashik»  prinsipiga 
asoslangan bo‘lib, uni yopiq avtomobil saloni quyoshda qizishini esga olsak tasavvur 


115 
 
qilish  oson  bo‘lib,  u  unga  shaffof  oyna  yuzalari  orqali  quyosh  nurlariga  o‘ziga  xos 
qopqon  vazifasini  o‘taydi.  Yassi  QEK  tayyorlash  uchun,  avvalo,  qizdirilayotgan 
issiqlik  tashuvchi  harakatlanishi  uchun  quvur  yoki  kanallarni  bir  qatori  bilan 
ishonchli  aloqaga  ega  nur  yutuvchi  yuza  zarur.  Yassi  nur  yutuvchi  yuza  va  issiqlik 
tashuvchi  quvurlar  (kanallar)  yig‘indisi  konstruktiv  yakka  element-absorberni  hosil 
qiladi. Quyosh energiyasini yaxshi yutilishi uchun absorberning yuqorigi yuzasi qora 
rangga  bo‘yalishi  kerak  va  maxsus  yutuvchi  qoplamaga  ega  fazoga  issiqlik 
yo‘qotishlarining  pasayishiga  absorberning  pastki  yuzasini  yopib  turuvchi  issiqlik 
gezolyatsiyasidan,  shuningdek,  absorberdan  yuqorida  undan  ma’lum  masofada 
joylashuvchi  yorug‘lik  shaffof  izolyatsiyasidan  foydalanish  yo‘li  bilan  erishiladi. 
Barcha shaffof izolyatsiya zichlashuvi shisha bilan qoplanadi. 
Shunday  qilib  umumiy  ko‘rinishi  5.7-rasmda  ko‘rsatilgan  suyuqlikni 
qizdiruvchi yassi kollektor hosil bo‘ladi. 
Yassi QEKning boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan prinsipial afzalliklariga 
uning  to‘g‘ri  (nurli)  va  shuningdek  sochma  quyosh  energiyasini  ushlab  qolish 
qobiliyatini  va  buni  natijasida  –  quyosh  ortidan  kuzatish  zaruratisiz  uni  statsionar 
o‘rnatish imkoniyati kiradi. 
Quyosh  energiyasining  yassi  kollektori  absorberi,  odatda  yuqori  issiqlik 
o‘tkazuvchanlikka  ega  metalldan,  xususan,  po‘lat,  alyuminiy  va  hatto  misdan 
tayyorlanadi. 
Shaffof  izolyatsiya  bir  yoki  ikki  qavat  shisha  yoki  polimer  plyonkasi 
ko‘rinishida bo‘ladi. Shishaning tashqi qavati va polimer plyonkaning ichki qavatidan 
kombinatsiya  ishlatilishi  mumkin.  Issiqlik  tashuvchining  past  qizdirish  harorati 
holatida  (30
0
S  gacha)  kollektor  umuman  shaffof  izolyatsiyaga  ega  bo‘lmasligi 
mumkin.  Kollektor  korpusi  ruxlangan  temir,  alyuminiy,  yog‘och,  plastmassadan 
tayyorlanishi  mumkin.  Issiqlik  izolyatsiya  sifatida  turli  materiallar  qo‘llanilishi 
mumkin: mineral paxta, penopoliuretan va h.k. 

 
shaffof kollektor yuzasining qoplamalarining o‘tkazuvchi xususiyati; 

 
kollektor yuzasining quyosh nuriga nisbatan yutuvchanlik qobiliyati; 


116 
 

 
kollektorning  optik  kodi  yoki  kollektor  yuzasining  keltirilgan  yutuvchanlik 
qobiliyati (0,85 dan ko‘p); 

 
yutuvchi  panel  samaradorligi  koeffitsienti  (qizdiruvchi  suyuqlik,  material  va 
panel qalinligi kanallar o‘lchamlarining) kollektordagi suyuqlikning oqish tezligi va 
hususiyatlari, zamonaviy konstruksiyalarda 
F
 qiymat 1 ga teng (0,9 dan ko‘p); 

 
kollektorning  issiqlik  energiyasining  yo‘qotishlari  zichligi  ikkita  omil  bilan 
aniqlanadi:  atrof  muxitdagi  panelni  konveksiya  yordamida  sovutib  va  yuzadan  issiq 
nurlantirib. 
Kollektor panelining o‘rtacha xarorati 
T
, yoki o‘rtacha suyuqlik xarorati huddi 
kollektordan chiqishdagi issiq suyuqlik xarorati 
T
g
 kabi deyarli teng bo‘lib, kollektor 
konstruksiyasi  va  tavsifi  bilan,  shuningdek,  tushuvchi  nur  jadalligi 
T
,  kirishdagi 
sovuq  suyuqlik  xarorati 
T
x
  va  kollektorning  birlik  ishchi  yuzasiga  to‘g‘ri  keladigan 
suyuqlikning  misolli  sarfi 
G
,  kg/(m
2
S),  suyuqlik  qizdirish  texnologiyasi  bilan 
aniqlanadi:   
 
 
 
5.7-rasm.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish