22
1.3. O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
energetik potensiali
O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining katta salohiyatiga ega.
Bu qariyb 51.0 milliard t.n.e. iqdorida baholanmoqda (1.9- rasm).
1.9-rasm.
Respublikamizning qayta tiklanuvchan energiya manbalari
bo‘yicha salohiyat ko‘rsatkichlari
Bugungi kunda dunyodagi mavjud texnika va texnologiyalar 179,0 million
t.n.e. foydalanish imkonini beradi. Bu esa mamlakatda qazilma yoqilg‘ini qazib olish
bo‘yicha yillik joriy miqdordan uch marta ko‘pdir (1.10-rasm).
1.10-rasm.
O‘zbekistonda qayta tiklanaligan energiya manbalarining texnik
imkoniyat ko‘rsatkichlari
23
Ayni paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining iqtisodiy salohiyati
baholanmagan. Texnik salohiyat biomassa resurslari - o‘simlikshunoslik,
chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilar hisobga olinmasdan baholangan. Aslida
bu salohiyat yaqin kelajakda baholanishi lozim. Masalan, paxta
ekilgan
bir
gektar maydondan 2 tonnadan 4 tonnagacha g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olish mumkin, bu
esa faqat g‘o‘zapoya resurslari 1-2 million t.n.e. tashkil etishi mumkin.
Qayta tiklanadigan barcha energiya manbalarining katta miqdordagi
salohiyatining
mavjudligi
qayta
tiklanadigan
energetikani
muvaffaqiyatli
rivojlantirish uchun muhim asos hisoblanadi. O‘zbekistonda qulay iqtisodiy
muhitning yaratilishi esa ushbu texnik salohiyatning sezilarli qismini o‘zlashtirish
imkonini beradi (1.1-jadval).
1.1- O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati
Salohiyat
Jami
(mln.t.n.e.)
SHu jumladan energiya (mln.t.n.e.)
gidro
quyosh shamol geotermal suv
YAlpi
50984,6
9,2
50973,0
2,2
0,2
Texnik
179,0
1,8
176,8
0,4
-
O‘zlashtirilgan
0,6
0,6
-
-
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)dan foydalanish ahamiyati roli
baholaganda ma’lum haqiqat – Yerdagi organik yoqilg‘ilar zaxirasining
tugallanishini, ularning hamma tezlashadigan sarflash sur’atlarini oshishi va shuning
bilan birga alternativ energiya manbalarini izlash zaruratini, shuningdek, yoqilg‘i-
energetik resurslar tejashning qattiq tartibini amalga oshirishni hisobga olish zarur.
Bir qator ilmiy va texnik isbotlangan va qandaydir darajada bu muammoni
echishning raqobatlashuvchi yo‘nalishlari mavjud. Kelajak nuqtai nazaridan ma’lum
rivojlanish bosqichida hozir eng iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan yo‘nalishni
24
ma’qul ko‘rib, yangi energiya manbalarini izlashning barcha yo‘nalishlarini
rivojlantirish zarurati bor.
U yoki bu darajada energetika bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni yechish yo‘llaridan biri mahalliy energiya resurslari (rivojlangan
infrastrukturali tumanlardagi ko‘mir, gaz, neft kichik zaxiralari)ni aktiv o‘zlashtirish
shuningdek, O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan ekologik havfsiz tiklanuvchi
energiya manbalaridan masshtabli foydalanish hisoblanadi.
Tiklanuvchi energiya manbalari tushunchasiga quyidagi energiya shakllari
kiradi: quyosh, geotermal, shamol, dengiz to‘lqinlari energiyasi, oqimlar, bo‘g‘ozlar
va okean, biomassa energiyasi, gidroenergiya, past potensialli issiqlik energiyasi va
tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari.
Shartli ravishda QTEMlarni ikki guruhga ajratish qabul qilingan:
-
Odatiy: 30 MVt dan ko‘proq quvvatga ega gidroelektrostansiyalar yordamida
elektr energiyaga aylantiriladigan gidravlik energiya, odatiy yondirish usullari bilan
(o‘tin, torf va pech yoqilg‘isining boshqa turlari issiqlik olish uchun ishlatiladigan
biomassa energiyasi hamda geotermal energiya.
-
Noodatiy: quyosh energiyasi, shamol energiyasi, dengiz to‘lqinlari, oqimlar,
bo‘g‘ozlar energiyasi, kichik va mikroGESlar tomonidan ishlatiladigan energiya
turiga aylanadigan gidravlik energiya, odatiy usullar bilan issiqliq olish uchun
ishlatilmaydigan biomassa energiyasi, past potensial issiqlik energiyasi va tiklanuvchi
energiyaning boshqa «yangi» turlari.
QTEMlarning potensial zaxiralari valli, texnik va iqtisodiyga bo‘linadi.
QTEMning valli potensiali – berilgan QTEM turi tarkibidagi foydali
ishlatilayotgan energiyaga to‘la aylantirib borganda tarkibidagi o‘rtacha yillik
energiya hajmi.
QTEMning texnik potensiali – valli potensialning bir qismi bo‘lib, uni foydali
energiyaga aylanishi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga amal qilishda
texnik vositalarni berilgan rivojlanish darajasida mumkin bo‘ladi (1.11-rasm).
25
1.11-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |