153
7. ENERGIYA TA’MINOTIDA GEOTERMAL ENERGIYA
RESURSLARIDAN FOYDALANISH
O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni uning
hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod resurslaridan 4-6
marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal resurslarning asosiy
iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va elektr energiya ishlab
chiqarish bo‘ladi. Geotermal issiqlik tashuvchi sifatida quyidagi sifatlar tushuniladi:
harorat, minerallashtirish darajasi, karroziyali aktivlik, zararli aralashmalar bilan
ifloslanish va boshqalar. Issiqlik tashuvchini qazib olish usuliga ko‘ra quyidagi
geotermal tizimlar klassifikatsiyasi taklif qilinadi (7.1-rasm).
7.1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: