№1-Mavzu (nomi) : Hisoblash tizimi tarkibi
O’quv mashgulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni 28 nafar
|
O’quv mashguloti shakli va turi
|
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti
|
O’quv mashguloti rejasi
|
1. Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi.
2 Apparat ta’minoti.
3. Dasturiy ta’minot
|
O’quvmashgulotining maqsadi: o’quvchida fan bo’yicha dastlabki tushunchalar to’g’risidagi bilim ( ko’nikma )larni shakllantirish .
|
O’qitish natijasi
|
Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi i haqida bilib oladilar
Apparat ta’minoti haqida tushunchalarga ega bo’ladilar
Dasturiy ta’minot haqida bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’ladilar
|
Pedagogik vazifalar:
Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. haqida tushuncha berish;
Apparat ta’minoti.haqida tushunch hosil qilish;
Dasturiy ta’minot haqida egallanishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikma talablari bilan tanishtirish;
|
O’quv faoliyat natijalari;
Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. haqida bilib oladilar;
Apparat ta’minoti.haqida tushunchaga ega bo’ladilar;
Dasturiy ta’minot egallanishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallaydilar;
|
O’qitish metodlari
|
Kichik axborotli,ma’ruza, tushuntirish,ko’rsatma berish
namoyish.
|
O’qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proyektor, kompyuter
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Guruhli
|
O’qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so’rov, savol-javob, test, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
-
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta‘lim oluvchi
|
1-bosqich.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish. (5 daq.)
|
1.1. O‘quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.3. Mavzuning nomi va maqsadi bilan tanishtiradi.
|
Darsga tayyorlanadi
|
2-bosqich. Asosiy qism (65 daq.)
|
Uy vazifasi va o‘tilgann mavzu uchun savollar:(1-ilova)
Maqsad (reja) va vazifani belgilaydi:
Foydalaniladigan adabiyotlar: (2-ilova)
Baholash mezoni bilan tanishtiradi. (3- ilova)
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
- motivatsiya uchun savollar beriladi. (4-ilova)
2.6. Yangi o’quv materiali bayoni:
Mavzuga yuzasidan nazariy ma‘lumotlar beriladi;
O‘quv va didaktik materiallardan foydalanish. (5- ilova)
2.7. Yangi o’quv materiallarini mustahkamlash:
1. Mavzu yuzasida savollar yoki muammoli holatlar hosil qilinadi. (6-ilova)
|
Savollarga javob beradi; Yozib oladi;
Bilib oladi;
Savollarga javob beradi; Yozib oladi;
Savollarga javob beradi;
|
3-bosqich.
Yakuniy qism (10 daq.)
|
Mashg’ulot yakuni: O‘quvchilar javoblari izohlab baholanadi va rag‘batlantiriladi;
Uy vazifasi: Mustaqil ishlash uchun
topshiriq beriladi. (7-ilova)
|
Baholar tanishtiradi; Yozib oladi:
|
ILOVA__Faydalaniladigan_adabiyotlar:_____ILOVA__Fan'>ILOVA__Uy_vazifasi_va_o‘tilga_mavzu_uchun_savollar'>ILOVA
Uy vazifasi va o‘tilga mavzu uchun savollar:
Fanning maqsad va vazifalari ?
Fanni o’rganishda ko’zlangan maqsad ?
Fanni boshqa fanlar bilan bog’liklari ?
ILOVA
Faydalaniladigan adabiyotlar:
ILOVA
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
-
№
|
Baholash mezonlar
|
Baholar
|
“5” a’lo
|
“4” yaxshi
|
“3” qoniqarli
|
“2”
qoniqarsiz
|
1
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3
|
Joriy nazorat natijalari
|
|
|
|
|
4
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
|
ILOVA
Ta‘lim oluvchilar bilimini faollashtirish
Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi.
2 Apparat ta’minoti.
3. Dasturiy ta’minot
ILOVA
Tayanch so‘z va iboralar: operatsion tizim, bir va ko’p masalalaik, grafik muhit, funksiyalar;
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o`rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib o`rganiladi. Bunday bo`linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko`p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
Apparat ta’minoti.
Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruktsiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo`lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig`ib olish mumkin.
Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo`yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari-dir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo`ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.
Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o`tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog`liqligi yo`qdek ko`rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan.
Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog`lanishda ishlaydi.
Biz bu ikki kategoriyani alohida ko`rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko`rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |