99
qarshi bo‘lgan. Hindistondagi qadimgi tilshunoslik o‘sha davrdagi harbiy, diniy
qo‘shiqlar tilini o‘rganish
natijasida, ularning til tozaligini saqlash va adabiy
tilga jonli xalq tili elementlarini ko‘plab kiritmaslik natijasida maydonga keldi.
Shu jarayonda qadimgi Vedalardagi mazmun-mohiyat jonli xalq tili –
prakritdagi mazmun-mohiyat o‘rtasida har xilliklar kelib chiqdi. Bu esa, olimlar
o‘rtasida bahs-munozara bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Qadimgi xitoy
tilshunosligid
a
to‘rt ming yil davomida xitoy tilining
strukturasida biror jiddiy o‘zgarish ro‘y
bermagan, lekin belgilarning shakli
ancha o‘zgargan. So‘z tarkibi kengaygan, lekin so‘z
yasash va jumla tuzish
tamoyillari qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan, albatta. Bundan ikki ming yil
burun yaratilgan iyerogliflar tasnifi hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Mazkur tasnif xitoy olimi Syuy Shenning «Qadimgi ishoralarni tushuntirish va
tarkibiy belgilarini tahlil qilish» asarida bayon qilingan (milodiy 100 yil). Olim
og‘zaki so‘zlarning yozuvda ifodalanish usuliga asoslangan barcha iyerogliflarni
olti guruhga bo‘ladi:
1. Aniq bir buyumni bildirgan iyerogliflar.
2. Bu guruhga kiritilgan iyerogliflar «chji-shi»
deb atalib, unga mavhum
tushunchalarni tasvirlovchi belgilar kiritilgan.
3. Bu guruh «xuey-i» deb atalib, u murakkab tushunchalar, mantiqiy
birliklarni o‘z ichiga oladi.
4. Bu guruh «chjuan-chju» deb atalib, u «chetga chiqish va o‘rin
almashtirish»
deb tarjima qilinib, unga yangicha ma’noda ishlatiladigan
iyerogliflar kiradi.
5. Bu guruh «szya-sze» deb atalib, u «o‘zlashtirish vositasida yordam»
degan ma’noni bildiradi. Eshitilishi bir-biriga o‘xshash,
lekin boshqa-boshqa
ma’noni bildiradigan so‘zlar - omonimlar – bitta iyeroglif bilan ifodalanadi.
6. Bu guruh «se-shen» deb atalib, u «ma’noni tovush bilan moslash»
demakdir. Bunga iyerogliflarning o‘ndan to‘qqizi kiritilgan. Har bir belgi ikki
qismdan: so‘zning qanday aytilishini bildiradigan fonetik element va «ochqich
belgi»dan iborat.
Ana shu tasnif asosida xitoy iyerogliflarini o‘rganadilar.
100
Xitoy tilshunosligida fonetikani o‘rganish sohasida ham o‘ziga xos
nazariyalar mavjud. Xitoy tilshunoslari har bir so‘z va bo‘g‘inning
talaffuzi
hamda uning toniga e’tibor qaratganlar. Bunda har bir iyeroglifni o‘qishda bosh
qismi va oxiriga e’tibor berganlar. Har bir bo‘g‘inning birlashish o‘rniga diqqat
qilib, fonetik jadvallar tuzganlar. Ushbu jadvallarda bo‘g‘inlarni tasniflash
tamoyillari o‘z aksini topgan. Natijada xitoy tilshunosligida yangi yo‘nalish –
Do'stlaringiz bilan baham: