Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Muammoli ta’limning nazariy asoslari



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Muammoli ta’limning nazariy asoslari 
Muammoli o`qitish – o`quvchining muammoli taqdim etilgan ta’lim 
mazmuni bilan faol o`zaro bog`lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda o`quvchi 
ilmiy bilimning obyektiv zidliklari va ularning yechimlariga yaqinlashadi, 
fikrlash, bilimlarni ijodiy o`zlashtirishga o`rganadi. 
Muammoli ta’lim haqida fikr yuritar ekanmiz, bir qancha tayanch 
tushunchalarga duch kelamiz. Ana shu tushunchalar haqida to`xtalib o`tamiz. 
Muammo – 
yechim talab etiladigan masala. 
Muammoli dars – 
1 soatga mo`ljallangan, o`quvchilar oldiga yechish 
uchun muammoni qo`yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltiradigan va 
uning yechimini topishga qaratilgan jarayon. 
Muammoli ta’lim – 
ta’lim jarayonida o`quvchilar oldiga yechish uchun 
muammoni qo`yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va uning 
yechimini topish. 
Muammoli o`qitish texnologiyasi -
muammoli vaziyatlarni vujudga 
keltirish va yechish usullaridan samarali foydalanish. 
Muammoli vaziyat dars mavzusi bilan bog`liq ziddiyatli holat, bir masalaga 
doir turli nuqtai – nazarlar, turli masalalarni turli yo`llar bilan yechish jarayoni. 
Fanda muammoli o`qitish bilan aloqador ikkita tushuncha "
muammo
" va 
"
muammoli vaziyat
" sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan 
belgilangan obyektlar o`z hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar 
ketma-ketligiga ajraladi. Demak, muammoli masalani muammoning oddiy, 
xususiy bir masaladan iborat holati sifatida ko`rish mumkin.
Muammoli vaziyat
– psixik qiyinchiliklar, ziddiyatlar vaziyati bo`lib, 
o`quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash 
qobiliyati rivojlantiriladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, fikrlovchi bo`lishi jamiyat
uchun zarur bo`lib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi.


104 
Muammoli o`qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va 
rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, bu jarayonda o`quvchilar ijodiy fikrlashining 
rivojlanishi an’anaviy o`qitishdagiga nisbatan jadalroq bo`ladi. Lekin muammoli 
o`qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o`quv jarayoniga muammolarning 
tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur 
sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak. 
Muammoli o`qitishni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda o`qituvchi ilmiy va 
o`quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning 
umumiyligi– har ikkalasida ham obyektiv zidliklar mavjudligi bo`lsa, ilmiy va 
o`quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo`yilgan masala hali 
yechilmagan, o`quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo`li va
natijasi ma’lum. Faqat bu yo`llar va natijalarni o`quvchilar izlab topishi kerak. 
Muammoli o`qitishning yakuniy maqsadi – o`quvchilarni muammolarni ko`rish 
va yechishga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida 
amalga oshiriladi.
S.L.Rubinshteyn «tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni 
yechishga olib keladigan idrok bo`lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib 
chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan bo`ladi»-deb ta’kidlaydi. Bundan 
quyidagi mantiq hosil bo`ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, fikrlovchi bo`lishi 
jamiyat uchun zarur bo`lib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi.
Muammoli o`qitish usullariga quyidagilar kiradi:
tadqiqiy usul 
evristik usul 
muammoli vaziyatlar yaratish usuli

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish