89
II bosqich. Asosiy, axborotli -
ma’ruza mashg`uloti rejasiga qat’iy rioya
qilish, o`quv mashg`ulotining texnologik xaritasiga binoan ta’lim maqsadlarini
amalga oshirish bo`yicha ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchilarning tartibiy
harakatlari.
III bosqich. Yakuniy – natijaviy -
yakuniy xulosalar qilish,
ushbu
mavzu bo`yicha asosiy o`quv axborotiga ta’lim oluvchilar e’tiborini qaratish.
O`zaro baholash va o`zining faoliyati haqida fikr yuritishni tashkillashtirish;
bajarilgan ishni kelgusi kasbiy faoliyati uchun ahamiyatliligi to`g`risida ma’lum
qilish.
MA’RUZALARDA TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Kirish ma’ruzasida ta’lim berish texnologiyasi
An’anaviy ta’lim berish tizimida o`quv materialini tuzib chiqishning
birligi “mavzu” hisoblanadi. Talaba uchun o`quv materialining
haqiqiy birligi
bo`lib, o`quv mashg`uloti xizmat qiladi, mavzu esa uni o`rganishning o`qituvchi
tomonidan e’lon qilinadigan faqat nomlanishidir. Shu bois, o`quvchilar alohida
o`quv birliklari o`rtasidagi aloqa va o`zaro aloqani aniq anglamasdan mavzuni
o`rganadilar: bu yerda o`quv materialini “bo`laklab-mazuviy” o`rganish
xususiyati ko`rinib turibdi.
Hozirgi vaqtda o`quv materialini tuzilmaga solish modul asosida amalga
oshirilmoqda. Bu ham o`quvchida birdaniga harakatning to`liq yo`nalishini,
ya’ni barcha qismlar (o`quv yoki modul birliklar) o`rtasidagi aloqalarni aniqlash
ular tomonidan berilgan o`quv materiali chegarasida
BMK izchillikda egallash
degani emas.
Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirishning psixologik
nazariyasiga muvofiq, bu muammo o`qitish tuzilmasiga qiziqtiruvchi bosqichni
kiritish orqali hal etish mumkin. Uning vazifasi - ta’lim oluvchilarda
kutilayotgan o`quv materialini egallash uchun qiziqish (bizning holatda-o`quv
fani/kurs) ta’minlash, modomiki harakatning to`liq yo`nalishi o`quv materialini
barcha tashkil etuvchilari o`rtasidagi aloqani aniqlashi mumkin.
Oliy maktabda ta’lim fan/kursning qiziqtiruvchi bosqichi kirish ma’ruzasi
hisoblanadi. Uning maqsadi-o`quv fani/kursi to`g`risida
birinchi umumiy
90
tasavvurni berish va o`quvchilrni ish jarayonida, oldindagi o`quv faoliyati
natijalariga va ularni nazorat tizimi va baholashiga yo`naltirish hisoblanadi.
Pedagogik vazifalar quyidagilardan iborat:
o`quvchilarni fan/kursning ahamiyati, vazifasi va uning o`rni, o`quv fanlar
tizimida hamda kasbiy tayyorgarligidagi o`rni bilan tanishtirish;
tuzilmaga
qisqacha sharh berish, fanni va amaliyot rivojlanishini, bunda
mashhur
olimlarning nomini aytib, bu sohadagi erishilgan yutuqlarni yoritib
berish;
ushbu bilimlar sohasidagi tadqiqot istiqbollari yo`nalishlarini bayon etish;
fan/kurs doirasida uslubiy va tashkiliy ishlar xususiyatlarini yoritish;
tavsiya etilayotgan o`quv - uslubiy adabiyotlar tahlilini amalga oshirish;
hisobot/baholash shakllari va vaqtni aniqlash.
Ma’ruzani taqdim eyish jarayonida bir qancha usullardan foydalanish
mumkin. Jumladan, ma’lumotlarni ketma-ket, uzluksiz, bir tizimda taqdim etish
uchun
Do'stlaringiz bilan baham: