Zidlov bog‘lovchilardan oldin nuqta yoki nuqtali vergul qo‘yilish hollari ham bor. Mazmunan ancha mustaqil bo‘lgan qo‘shma gap qismlari orasida zidlov bog‘lovchilardan oldin nuqta qo‘yiladi: Ular bir-birlariga mamnun qarab qo‘yishdi. Biroq Ortiq natijani bundan ham ortiq chamalaganini aytdi. Ayiruv bog‘lovchilar (yo, yoki, goh, dam) va inkor bog‘lovchisi (na, na) orqali bog‘langan qo‘shma gaplarda vergul ishlatiladi:
Yoki mening ko‘nglim hamma vaqt yosh, yoki chiroy senga umrbod yo‘ldosh.
Takrorlanib kelgan ayiruvchi yoki inkor bog‘lovchilari yordami bilan birikkan gaplarda vergul takrorlangan ikkinchi bog‘lovchidan oldin qo‘yiladi. Ayiruv bog‘lovchilar takrorlanmasligi ham mumkin, bu holda qo‘shma gapni tashkil etgan gaplar orasiga vergul qo‘yilmaydi: Ilgari ham kun shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |