2. Kirish so‘z va kirish gaplarda tinish belgilari.
Kirish so‘z va so‘z birikmalari so‘zlovchining xabarga bo‘lgan modal munosabatlarini ifodalaydi va pauza (to‘xtalish) ohangi bilan ajralib turadi. Agar shu to‘xtalish bo‘lmasa, u gap bo‘lagi bo‘ladi: So‘zsiz, bu yil imtihonlarni yuqori baholar bilan tamomlaymiz (kirish so‘z). O‘rtog‘i bilan so‘zsiz salomlashdi (hol). Kirish so‘z shaklidagi so‘z gap bo‘lagi bo‘lganda, u tinish belgilari bilan ajratilmaydi.
Kirish so‘zlar gap boshida kelsa, undan so‘ng, gap orasida kelsa, har ikki tomoniga, gap oxirida bo‘lsa undan oldin vergul qo‘yiladi.
Shubhasiz, toptalar, yengilar g‘anim. Siz bu gaplardan bexabarsiz, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |