Oh-oh-oh! Otangizga rahmat!
Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi.
Yo‘q, urushning nomi o‘chsin.
Undov so‘zlar so‘zlovchining his-hayajonini (sevinchi, qayg‘usi, qo‘rqishi, havasi, achinishi, taajjubi, nafrati, pichingi afsusi va...), ha va yo‘q so‘zlari so‘zlovchining roziligi yoki qarshiligini bildiradi. His-hayajon, fikr tugallanmagan o‘rinlarda undov so‘z va ha, yo‘q so‘zlaridan so‘ng ko‘p nuqta qo‘yilishi ham mumkin: O...serjant, bu urush ko‘p odamlarning yostig‘ini quritib yubordi.
Undov so‘zlar va ha, yo‘q so‘zlari mustaqil gaplar bo‘lib kelishi ham mumkin. Bunda ulardan keyin tinish belgilari sodda gaplardagi kabi qo‘llanadi: O... Ho‘kiz yo‘q, o‘g‘il ko‘cha tomondan teshilgan...
Do'stlaringiz bilan baham: |