Tirening ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda tire qo‘yiladi:
Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lganda: Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir (Maqol)
Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gaplarning tarkibidagi birinchi sodda gapning mazmuni ikkinchi sodda gapning mazmuniga o‘xshatilsa: Vaqting ketdi – vaxting ketdi. (Maqol)
Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi birinchi sodda gap ikkinchi sodda gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini yoki shartini bildirsa: Yurt tinch - sen tinch. (Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |