Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana01.11.2019
Hajmi1,44 Mb.
#24808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мехнат укитиш методикаси фанидан (2)


Masalan: bir xil mashg`ulotlar o‘quvchilarni toliqtiradi, o‘qishga qiziqishini 
yo‘qotadi.  Shu  mashg`ulotlarni  o‘yin    shaklida    “Kim  tez  bajaradi?”,  usuli  bilan  
bajarish  esa  o‘quvchilarni      jonlantiradi.  Eni  ular    aniq    maqsad    yo‘lida,  ya’ni   
topshiriqlarni  bajarishda   g‘olib  chiqish,  boshqalardan  orqada  qolmaslik, ularni   
bajarishiga   qodir   ekanini  ko‘rsatishi   hissi bilan   harakat  qiladilar. 
Didaktik    o‘yinlarni      darsga    moslashtirib      tanlash  va  o‘quvchilarning  
ma’lum   bir  o‘yindan    zerikkanlarini   sezgach,   uning  yangi  turlarini   qo‘llash   
zarur.  Tanlangan    o‘yin    qiziqarli,  o‘quvchilarning      yoshiga    mos,  qisqa    vaqtga  
mo‘ljallangan   bo‘lishi   kerak.  
Didaktik  o‘yinlar  fanga  qiziqtirishni,  mavzularni  ongli    o‘zlashtirishiga, 
o‘quvchilarning  fikrlash  faoliyatini  rivojlatirishiga,    ularda    kuzatuvchanlikni  
oshganda    didaktik     o‘yinlar    vositachilik      rolini    tashkil    qilishdan      oldin    uni  

57 
 
qaysi  maqsadga   yo‘naltirishini    va  didaktik  asoslarini   aniqlab  olish  va   dars   
jarayonida    unga    tayanish  zarur.  Metodika  nuqtai  nazaridagi  o‘yinlar,  keltirilgan  
umumiy     tarbiyaviy  va  o‘qitish  topshiriqlaridan    tashqari,  o‘qituvchiga  bolalarda   
maxsus   ko‘nikmalarni   hosil  qilishda   yordam  beradi. 
O‘yindan    ko‘rish  va  eshitish  zehnini    mukammallashtirishidan  ham 
foydalanish  mumkin.  O‘yinlar    yordamida    bolalar  mavzuni  esda  saqlab  qolishi 
qobilyatini  mustahkamlash    mumkin.  Ko‘pgina    o‘yinlar    bolalarda  joy  
tushunchasin    rivojlntirishda    yordam  beradi.  “Giometirik  domino”,  “Qurilishi 
materiallari”,    “Tangram”  o‘yini,  kombinatorik      qobilyatini      rivojlatiradi   
(mozayka  rangli   domino, giometrrik  jisimlarni  yoymoq  va b. ) va konsturuktiv  
qobilyatini  rivojlantiradi ( konstruktorlar,  uchburchakning   siri va h.z.) 
 
Quyidagi ayrim didaktik o’yinlar haqida to’xtalamiz: 
“Tez  javob”  o’yinida  o’qituvchi  yoki  boshlovchi  qator  oralab  yurib, 
o’quvchilardan  birini  turg’izadi  va  biror  turga  oid  so’zni  aytadi.  O’quvchi  esa 
o’sha  so’zni  izohlaydi.  Javob  uchgacha  sanaguncha  aytilishi  kerak.  Masalan: 
o’qituvchi  uchburchak  sozini  aytsa,  o’quvchi  bu  so’zni:  “Uning  uchta  tomoni  va 
uchta  burchagi  mavjud”,  -  deb  izohlaydi.  Oyin  shu  tariqa  davom  etadi.  Javob 
berolmagan o’quvchi o’yindan chiqariladi. 
Bu  o’yin  orqali  o’quvchilarda  hozirjavolik,  mustaqil  fikrlash  malakalari 
rivojlanadi, shuningdek, ular atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rganadi, 
atrofda sodir bo’layotgan hodisalarga qiziqishi ortadi. 
Bu  o’yindan  darsning  mustahkamlash  qismida  yoki  dam  olish  daqiqasida 
foydalanish mumkin. 
“Antiqa rassom” o’yinida ixtiyoriy 3 ta o’quvchi tanlab olinadi va ko’zlari 
bog’lanadi. Ular  doskadan qo’llarini uzmagan holda turli shakllarni chizadilar.  
“Antiqa rassom” o’yinidan istalgan darsda foydalanish mumkin. Bunda faqat 
o’yin  sharti  o’zgartiriladi.  Masalan,  “Qo’l  uzmasdan  uchburchak  chizing”,  “Qo’l 
uzmasdan to’rtburchak chizing”, “Qo’l uzmasdan aylana chizing” kabi.  

58 
 
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning har tamonlama rivojlanishi uchun 
qulay 
ijtimoyi-psixologik 
va  do’stona  muhitni  yaratishda  pedagogik 
texnologiyalardan  foydalanish  ko’zlangan  natijaga  erishish  uchun  muhim  omil 
hisoblanadi. 
Qiziqarli matematika boshlang’ich sinflarda o’ziga xos va mos o’rinni olishi 
kerak:  u  idrokka  hayajon  (emotsiya)  elementlari  bilan  idrok  qilingan  narsa  esa 
ko’pincha kishining butun umri bo’yicha esida qoladi. 
Qiziqarli  matematika  ziyraklikni,  sezgirlikni  taraqqiy  etdiradi,  topqirlikni 
o’rgatadi, bolalarning kombinatorlik qobilyatlari rivojlantiradi.  
Didaktik  o’yinlar  metodik  nuqtayi  nazardan  shu  bilan  qiymatlikka  egaki, 
ular  ilgaridan  egallagan  malakalarini  mustahkamlaydi,  texnologiya  faniga 
qiziqishini uyg’otadi, bolalarda bundan keyin ham mehnat faniga, mashg’ulotlariga 
intilish  paydo  bo’ladi.  Didaktik  o’yinlar  va  topishmoqlar,  bosh  qotiradigan 
jumboqlar  shaklidagi  o’yinlar  ko’pincha  sinfdagi    ishlarni  mashg’ulotlarni 
jonlantirish uchun yaxshi vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Didaktik o’yinlarni o’tkazish uchun ham vaqt va o’zlariga muvofiq didaktik 
material  kerak  bo’ladi.  Shuning  uchun  o’yinlarni  ko’pincha  darsdan  tashqari 
mashg’ulotlar uchun tavsiy qilish mumkin. Mehnat darslarida esa vaqti-vaqti bilan 
o’quvchilarni  u  yoki  bu  o’yinning  mohiyati,  uning  qoidalari  bilan  tanishtirish  va 
o’yinning o’zini ham o’tkazish kerak. 
O`yinlar  o’tkazish  uchun  vaqt  ham  ko’p  kerak  bo’lmaydi,  darsini 
jonlantiradi,  tetik  kayfiyat  uyg’otadi  va  bundan  tashqari  texnologik  malakalarni 
mustahkamlashga yordam beradi. 
Bu  kabi  masalalardan  tashqari  muammoli  ta'lim  bolalarning  bilib  olish 
faoliyatlarini  rivojlantirishning  muhim  omillaridan  biri  ekanligi  tajribalardan 
ko'rinib  turibdi.  Muammoli  ta'lim  tufayli  bolalarning  fikrlashlari,  xilma-xil 
hodisalarga  olingan  bilim  va  malakalarni  mustaqil  tatbiq  etish  faoliyatlari  osha 
boradi.  Bolalar  o'qituvchi  tomonidan  qo'yilgan  yangi  muammolarni  yechish 
natijasida,  kichik  bo'lsa-da  «kashfiyot»lar  yaratadilar.  Bitta  o'quvchining 

59 
 
«kashfiyoti»  butun  sinf  o'quvchilarini  qiziqtiradi.  Ularni  yangi  kashflyotlar 
yaratishga ilhomlantiradi. Ixtiro yoki kashfiyotning katta va kichigi bo'lmaydi. 
Biz  yuqorida  boshlang‘ich    sinf  mehnatni  o‘qitishda    qo‘llaniladigan  
didaktik o‘yinlar haqida  gapirib  o‘tdik. Didaktik  o‘yinlar  shu fanga  qiziqtirishni 
rivojlantirishning   samarador   vositalaridan biridir . U bilan  birga  didaktik  o‘yin  
bolalarning  aqliy  faolligini   tarbiyalashning   qimmatli  vositasidir. U  bolalarda  
bilish,  mustaqil    fikr    yuritish    malakasini    rivojlantiradi,    qiziqish    o‘yg‘otadi.  
Bolalar  uchun o‘yin eng  haqiyqiy  o‘qish ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘yin  
vaziyatni  yaratish shunga olib keladiki, o‘quvchi  o‘yinga  qiziqib o‘zi  bilmagan  
holda  ma’lum  bilim va malakalar, ko‘nikmalarni egallaydilar .  Didaktik  o‘yinlar  
boshlang‘ich      sinflarda    mehnat    o‘qitishda  va  tarbiyalashda    ayniqsa  zarurdir, 
darslarni qiziqarli, jonli  chiqishiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Testlar 
1) O’quv dasturida o;quvchilarning  mehnat  ta’limini yaxshi egallashlari 
uchun qanday muhit yaratildi? 
a) “ota kasb” 
b) “ustoz - shogird” 
c) Hunarli o’quvchi 
*d) A, B 
e) A,C 
 
2) Mehnat ta’limi darsida o’quvchilarga qo’yiladigan birinchi talab bu… 
a) o’quvchilaning psixalogik tayyorligi 
b) asbob – uskunalarning tayyor bo’lishi 
c) materiallarning taxtligi 
*d) gigienik qoidalarga rioya qilishi 
e) A,B 
 
6) Qog’oz va kartonning necha turi mavjud? 
a) 400 ta 
b) 300 ta 
c) 500 ta  
*d) 200 ta 
e) 100 ta 
 

60 
 
4) Qog’oz bilan ishlash mashg’ulotida stolning o’ng tomonida qanday 
buyumlar joylashadi 
a) qaychi, qalam, avtoruchka 
b) yelim, qaychi, chizg’ich 
c) rangli qog’oz, qiyqimlar uchun quticha 
*d) qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, avtoruchka 
e) B,C 
 
5) Rangli qog’oz bilan ishlash o’quvchilarning qanday qobilyatlarini 
shakllantiradi? 
a) ijodiy qobilyatini, fikrlashni 
b)diqqat, tezkorlik 
c) tejamkorlik , fantaziya 
*d) fantaziya, kuzatuvchanlik 
e) fikrlash,tejamkorlik 
 
6) Boshlang’ich sinf mehnat darslarida qaysi metod ko’proq qo’llanadi? 
a) amaliy 
b) suhbat 
c) hikoya 
*d) ko’rsatmali 
e)  og’zaki 
 
7) Birinchi sinfda o’quvchilar mehnat darsi mashg’ulotlarida boshqa 
darslarda to’qnash keladigan qanday materiallar bilan tanishadilar? 
a) o’quv qo’llanmalri, daftar va kitoblar 
b) modellar, o’quv anjomlari 
c) oynoma qog’ozlar, modellar 
*d) A,E 
e) o’quv anjomlari, qog’oz turlari 
 
8) Rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari mehnat 
darsining qanday vositalariga kiradi? 
a) texnik 
b) amaliy 
c) o’quv 
*d) ko’rsatmali 
e) A,B 
 

61 
 
9) Mehnat darsida buyum maketini yasash necha bosqichda amalga 
oshiriladi? 
a) 6 bosqichda  
b) 2 bosqichda 
c) 3 bosqichda 
*d) 4 bosqichda 
e) 5 bosqichda 
 
10) Qog’oz va karton  bilan ishlash mashg’ulotlarida o’quvchilar avvalo 
qanday tayyorgarliklar ko’rishadi? a) qog’ozni yig’ib qirqadilar 
b)qog’ozni yozib, ish uchun kerakli ish qurollarini olishadi 
c) materiallarni olishadi 
*d) b,c 
e) a,b,c 
 
6-mavzu: Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar. 
 
REJA: 
1.Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari, mazmuni va tashkil etilishi. 
2.Tayyorlov ishlarining plani. 
 
        Mehnat  tarbiyasi,  mehnatga  munosabatni  tarbiyalash  maktabdagi  o’quv 
hamda  sinfdan  tashqari  ishlarning  o’zagi,  maktabning  hayot  bilan  aloqasini 
mustahkamlashning  asosiy  yo’lidir.  O’quvchilar  mehnat  ruhiy  va  amaliy 
tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. 
           Maktabning  turmush  bilan  aloqasi  kundan-kunga  mustahkamlanib 
bormoqda,  sinfdan  tashqari  ishlarning  o’quvchilar  o’zlarining  mustaqilliklari  va 
tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil etilgan 
mehnatning  go’zalligi  va  quvonchini,  jamoaning  kuchini  his  etishlariga  yordam 
beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda.  
            O’quvchilarning sinfdan tashqari  ishlarni  davom ettirilishi to’garak ishlari, 
jumladan “Mohir qo’llar”,  “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to’garaklari” 
kabi to’garaklar keng tarqalgandir. 
            O’quvchilarning  mehnat  faoliyatiga  psixologik  va  amaliy  tayyorlash 
o’quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan vaqtlarda 

62 
 
xilma-xil  tarbiyaviy  tarbirlarni  qo’llash  orqali  amalga  oshirilishi  kerak. 
O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari  ish  maktabning butun ta’lim  – 
tarbiyaviy    ishlarining  ajralmas  qismi  bo’lib,  u  bolaning  har  tomonlama 
rivojlantirish,  darslarda  egallayotgan  bilimlarini  mustahkamlash,  chuqurlashtirish, 
amalda qo’llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biridir. Sinfdan tashqari 
ish ayni bir vaqtda o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’lim va 
tarbiyasi  bolalarda  fan  texnika,  sa’natning  turli  sohalariga  qiziqishini  o’stirish 
masalalarini hal etishga yordam beradi. 
           Mehnat  ta’limi  bo’yicha  sinfdan  tashqari  ishlar  texnik  mehnat  darslarining 
davomi  qo’shimchasidir.  O’quv  mashg’ulotlari  bilimlarga  qiziqishini  o’zstiradi, 
sinfdan  tashqari  ish  darsida  bilimlarni  kengroq  qo’llash  hamda  chuqurlashtirish 
imkonini  beradi.  Shu  bilan  birga  sinfdan  tashqari  ishdarsda  berilgan  materiallarni 
aynan  takrorlamasligi  kerak,  u  sinfdagi  ishdan  o’zining  o’yin,  qiziqarli 
xarakterdaligi  bilan  ajralib  turadi.  Sinfdan  tashqari  ish  o’quvchilarga  ishning 
o’zlariga  ko’proq  yoqqan,  o’zlarini  ko’proq  qiziqtirgan  turini  tanlashlari  uchun 
imkon  yaratadi.  Faqat  sinfdan  tashqari  ishlarda  o’quvchilarning  individual  ijodiy 
qobiliyatlari  yorqinroq  namoyon  bo’ladi,  bu  yerda  ular  istalgan  ish  bilan 
shug’ullanishilari,  qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  kerak  bo’lgan  vaqt  va 
kuchini sarflashlari mumkin. 
. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o’z fikri, bilim va ko’nikmalarini safarbar eta 
bilish xuddi mana shu ish turlarida talab qilinadi. 
            To’garak  ishi  –  “Mohir  qo’llar”,  “Qo’g’irochoq  teatri”,  “Yosh 
tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona” to’garaklari.   
            Boshlang’ich  sinflardagi  to’garak  ishlari    o’quvchilarida  umumiy 
rivojlantirishni,    o’zining  sodda  ijodiy  fikrini  amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega 
bo’lsin.  “Mohir  qo’llar”,  “Qo’g’irchoq  teatri”  to’garaklari  ayniqsa  katta 
ahamiyatga  ega  bo’lib,  to’garakda  o’g’il  va  qiz  bolalar  bir  xil  qiziqishi,  kuchi  va 
imkoniyatlariga yarasha ish bilan shug’ullana oladi. 
           To’garaklarni  tashkil  etishdan  oldin  o’qituvchi  maktabdagi  mavjud 
imkoniyatlarni  chamalab  chiqishi  lozim.  To’garak  uchun  albatta  alohida  xona 

63 
 
kerak  bu  xona  stol-stullar,  ma’lum  asbob-moslamal  to’plami,  tayyor  ishlarni 
qo’yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
cBajarilgan  ishlarimizni  ahamiyati  haqida  tushuntirilib  borilsa,  yaxshi  natijalarga 
olib keladi. 
           Mehnat  an’analarini  sinfdan  tashqari  ishlarda  qo’llash  o’qituvchidan 
muntazam  katta  tayyorgarlikni,  har  bitta    to’garak  ishlarini  doimo  nazorat  qilib, 
ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilanqurollantirib, tanlagan kasbiga qiziqtirib 
va  o’quv  fanlari  mazmunini  mukammalashtirib  o’quv  jarayonini  to’g’ri  tashkil 
etish kerak. 
           Xulosa  qilib  aytganda  o’quvchilarga  boshlang’ich  sinfdanoq  kelajakda 
to’g’ri  kasb  tanlashlariga  ulkan  zamin  yaratilsa,  kelajak  avlodning  barkamol 
bo’lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 
 
Testlar 
1) Qog’oz va karton bilan ishlash jarayoni o’quvchilarning qanday 
xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi 
a) mehnatsevarlik 
b) ijodkorlik 
c) tasavvur 
*d) a,b,c 
e) to’g’ri javob yo’q 
 
2) “Telefon” ko’rgazmali quroli qaysi fanlarda qo’llanadi? 
a) matematika 
b) tasviriy san’at 
c) mehnat 
*d) b,c 
e) a,b,c 
 
3) Karton deb nimaga aytiladi? 
a) 1 kv mt 240 grammdan ortiq qog;ozga 
b) 1 kv mt 230 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga 
c) 1 kv mt 260 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga 
*d) 1 kv mt 250 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga 
e) 1 kv mt 220 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga 

64 
 
4) Necha xil karton turi mavjud? 
a) 5 xil 
b) 3 xil  
c) 2 xil  
*d) 4 xil 
e) 6 xil 
5) Qaysi karton egiluvchan , yaxshi qirqiladi va yelimdan shishmaydi? 
a) oq  karton 
b) kulrang karton 
c) rangli karton 
*d) sariq karton 
e)a,d 
 
6) Qaysi karton pishiqroq, qirqish qiyin hisoblanadi? 
a) oq karton 
b) sariq karton  
c) rangli karton 
*d) kulrang karton 
e) rangsiz karton 
 
7) Qog’oz va karton bilan ishlsh darslarining asasiy xususiyati  
a) kichik narsalar, papkalar ishlash 
b) maket yasash 
c) buyumlarni o’lchash 
*d) texnikaviy rasm va chizmalardan foydalanish 
e) a,b 
 
8) Qog’oz va karton bilan ishlashda o’qituvchi birinchi bo’lib o’quvchilarga 
nomani o’rgatadi? 
a) chizmani o’qishga 
b) chizma va namunadagi detallarning o’lchamini olish 
c) har qaysi detalni mustaqil belgilash 
*d) a,b,c 
e) b,c 
9) Oquvchilar mehnat darsida ishlayotganda nimalarga e’tibor berishi 
kerak? 
a) o’z ishini rejalashtira bilish 
b) vaqtdan unumli foydalanish 
c) ish joyini toza va ozoda saqlash 

65 
 
*d) a,b,c, 
e) b,c 
10) Qog’oz va kartondan nimalar tayyorlanadi? 
a) qog’oz papka 
b) daftar 
c) albom va muqovalar 
*d) a,b,c 
e) tog’ri javob yo’q 
 
7-mavzu: Mehnat ta’limi xonasini ishga tayyorlash 
Mehnat ta’limi  xonasi  va  shu  xonadagi  qo’l  mehnati  darslari  to’g’ri  tashkil 
etilsa,  o’quvchilarda  mehnatga  ijobiy  munosabat  shakllanadi,  ishlab  chiqarish  – 
texnologik madaniyat tarbiyalanadi. 
Mehnat  xonasi  shunday  tashkil  etilishi  kerakki,  u  o’quvchilarning 
quyidagilar bilan ta’nishtirishni ta’minlasin: 
1.  Ishlov  beriladigan  materiallar:  qog’oz,  karton,  gazlama,  tola,  sim,  tunuka, 
yog’och; ayrim qurilish materiallari: alebastr, sement va shu kabilar texnologiyasi 
bilan. 
2.  Yuqoridagi  materiallarga  ishlov  berishda  qo’l  bilan  bajariladigan  moslamalar 
bilan emas, balki mexanizasiyalashgan moslamalar bilan. 
3. Materiallarga  ishlov berishning asosiy  metodlari:  mexanik, kimyoviy, energetik 
va shu kabilar bilan. 
Sanoat, xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari bilan. 
1.  Mehnatni  tashkil  etish  elementlari  (mehnatga  munosabat,  mehnat 
brigadasi), 
mehnatni  oddiy  yakka  tartibda  tashkil  etishdan  boshlab,  murakkabroq  brigada  va, 
nihoyat, konveyer ishini tashkil etish bilan. 
Mehnat xonasidagi ishlar bolalarda mehnatga yo’llashni, intizomlilik, jamoa 
bo’lib  ishlash,  rasionalizatorlik  xususiyatlari,  konstruktorlik,  kashfiyotchilikni 
rivojlantirish,  ishni  rejalashtirish,  nazorat  qilish  va  hisobga  olishga  odatlantirishi 
lozim. 

66 
 
Ishning  ichki tashkil etilishi korxona, qurilish, qishloq xo’jaligidagi  ishning 
tashkil  etilishini  o’rganayotgan  o’quvchilarga  duch  kelgan  prinsiplar  asosida 
bo’lishi lozim, biroq bunda ishlab chiqarishdagi mehnatni tashkil etishning barcha 
prinsiplarini to’g’ridan-to’g’ri maktabga ko’chirish mumkin emasligini unutmaslik 
kerak. 
 Mehnat  xonasidagi  barcha  mashg’ulotlar  o’quv  fanlari  (mamavzutika, 
chizmachilik,  rasm  va  shu  kabilar)  bilan  uzviy  aloqada  bo’lishi  hamda  ularga 
asoslanishi kerak. 
Asboblar  bolalarning  yosh  xususiyatlariga,  sanitariya-gigiyena  talablariga 
javob berishi lozim. 
I-IV  sinflarda  qo’l  mehnati  darslari  uchun  o’quvchining  shaxsiy 
papkasi.  O’quvchilar  papkalarining  qo’llanilishi  I-IV  sinf  o’quvchilariga  qo’l 
mehnati  darslarini  metodik  to’g’ri  tashkil  etish  va  ularni  muntazam  o’tkazish 
imkonini beradi. 
Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda har bir o’quvchi dars vaqtida 
kerakli  hamma  narsalarga:  asboblar,  materiallar,  buyumlarga  ega  bo’ladi.  Papka 
o’quvchilarga  mehnat  madaniyati  malakalarini  singdirishga  yordam  beradi. 
Shuningdek, papka o’quvchilarda o’z ish joylari va mehnat jarayonini uyushtirish, 
ko’nikma  hamda  malakalarni  shakllantirishga  ham  yordam  beradi.  Bunday  eng 
oddiy  mehnat  malakalarini  o’quvchilarda  birinchi  sinfdagi  dastlabki qo’l  mehnati 
darslaridan  boshlab  shakllantira  borish  va  ularni  asta-sekin  takomillashtirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Shaxsiy  papkadan  foydalanish  usullari.  Dars  boshlanishidan  oldin 
o’quvchi  papkani  ochilgan  holda  parta  ustiga  qo’yadi.  U  papkadan  karton 
razvyortkani  olib,  uni  quticha  tarzida  taxlab,  partaning  chap  tomoniga  ish  vaqtida 
xalaqit  bermaydigan  qilib  qo’yadi.  So’ngra  o’quvchi  papkadan  asboblar  solingan 
vkladishni  olib,  partaning  o’ng  tomoniga  qo’yadi.  O’qituvchining  ko’rsatmasiga 
ko’ra  u  u  papkadan  kerakli  material  (qog’oz,  karton)ni  olib,  papkaning  o’zini  ish 
vaqtida xalaqit bermasligi uchun partaning ichiga joylashtirib qo’yadi. 

67 
 
Dars  vaqtida  o’quvchi  vkladishdan  kekrakli  asbobni  olib  ishlatadi  va  asbob 
bo’shagan zahoti uni parta ustiga emas o’z joyiga qo’yadi. Materialdan ham xuddi 
shu  tartibda  foydalaniladi,  ya’ni    butun  materialdan  kerakligini  qirqib  oladi, 
qolganini  esa  o’z  joyiga  qo’yadi.  Materialning  qiyqimlarini  partaning  chap 
tomonida  turgan  qutichaga  soladi.  Dars  oxirida  qiyqimlar  belgilangan  joyga  yoki 
navbatchi o’quvchi partalar orasidan olib o’tadigan savatga bo’shatiladi, navbachi 
o’quvchi  esa  qiyqimlarni  belgilangan  joyga  olib  borib  tashlaydi.  Shundan  so’ng 
papkadan  olingan  barcha  narsalar  o’z  joyiga  tartibi  bilan  solinadi  va  papka 
chizimcha bilan bilan bog’lanadi. Papkani kelgusi darsgacha sinfdagi shkafga solib 
qo’yiladi. 
Texnik  modellashni  o’rganar  ekanlar,  IV  sinf  o’quvchilari  yog’och,  sim, 
tunuka kabi  materiallar bilan  birinchi  marta tanishadilar. Bunday  materiallar bilan 
ishlash  ish  joyining  puxta  o’ylab  tashkil  etilishini,  asboblarning  to’g’ri 
doylashtirilishini talab qiladi. Bu ish o’quvchilarga bo’lajak slevar, tokar, duradgor 
va  ko’pincha  boshqa  kasb  egalari  uchun  zarur  bo’lgan  ish  joyini  to’g’ri  tashkil 
etishning dastlabki malakalarini beradi. 
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga qo’l mehnatidan shunday ta’lim berish 
kerakki,  V  sinfga  kelib  ular  dastgoh  yashigida  asboblarning  joylashishini  va 
slesarning  ish  joyida  asbob  hamda  materiallarning  joylashish  sxemasini  darhol 
o’zlashtirib olsinlar. 
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar papkalardan foydalanish o’quvchilarning 
mehnat  madaniyati  ko’nikma  va  malakalarini  izchil  hamda  muntazam  egallab 
borishlarini  ta’minlaydi.  Bu  malaka  va  ko’nikmalar  o’qitishning  keyingi 
bosqichlarida yanada takomillashtirilib boriladi. 
Mehnat  xonasining  asbob-uskunalari.  Mehnat  xonasida  bo’lishi  kerak 
bo’lgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, mebellar)ning ro’yxati quyidagicha 
tanlab olinishi mumkin: 
I. Yog’och bilan ishlash uchun uskunalar: 
1.  Stol-verxstak   
 
 
 
 
 
20 dona 
2.  Kichik o’lchamli randalar   
 
 
 
20 dona 

68 
 
3.  O’rtacha japsranda 
 
 
 
 
 
1 dona 
4.  Kichik o’lchamli sherxebel   
 
 
 
10 dona 
5.  Mayda va yirik tishli kamalak qo’larra   
           3 dona 
6.  “Kiyev ” markali qo’larra   
 
 
 
20 dona 
7.  400 gramli duradgor bolg’asi 
 
 
 
10 dona 
8.  Iskana 
 
 
 
 
 
 
1 dona 
9.  Yig’ma mayr   
 
 
 
 
 
2 dona 
10.  30 sm li metalla chizg’ichlar 
 
 
 
10 dona 
11. Reysmus   
 
 
 
 
 
 
           10 dona 
12. Yog’och uchburchak   
 
 
 
 
 
5 dona 
13. Yirik tishli cho’tir egov 
 
 
 
 
                       10 dona 
14. Qo’l parma 
 
 
 
 
 
 
                       5 dona 
15. Ombur  
 
 
 
 
 
 
 
5 dona 
16. Otvyorka   
 
 
 
 
 
 
10 dona 
17. Turli o’lchamdagi parmalar  
 
 
            20 dona 
18. Enli va ensiz qo’larralar 
 
 
 
                        2 dona 
19. Ovchi boltasi   
 
 
 
 
 
2 dona 
20. Har xil o’lchamli iskana 
 
 
 
 
            5 dona 
21. Charx 
 
 
 
 
 
 
 
1 dona 
22. Brusoklar   
 
 
 
 
 
            10 dona 
23. Katta arra   
 
 
 
 
 
            1 dona 
24. Stuslo 
 
 
 
 
 
 
 
5 dona 
Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish