Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


-mavzu: Boshiang’ich sinflarda  mehnat ta’limining mazmuni



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana01.11.2019
Hajmi1,44 Mb.
#24808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мехнат укитиш методикаси фанидан (2)


2-mavzu: Boshiang’ich sinflarda  mehnat ta’limining mazmuni 
 
Boshiang’ich  kasb-hunar  tushunchalarini  tarbiyalash.  O’qituvchilarni 
mehnatga 
amaliy 
tayyorlash. 
Boshlang’ich 
politexnik 
bilim 
bilan 
qurrolantirish.Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakillantirish bosqichlari. 
 
3-mavzu: Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish 
Mehnat malaka va ko’nikmalarini hosil qilishda kursning amaliy yo’nalishi. 
Nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bog’lashda ko’rgazma materiallarning roli. 
 
4-mavzu: Boshiang’ich sinfmehnat darslarida iqtisodiy bilim 
tushunchalarini shakllantirish 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  iqtisod  tushunchasini  berish.  Mehnat 
darslarini  iqtisodiy bilim bilan  uzviybog’liqligi.O’quvchilarda  iqtisodiy  faoliyatini 
shakillantirish. 
 
5-mavzu: Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin 
texnologiyalarining o`rni  
O’quvchilarda  boshlang’ich  sinflar  texnologiya  darslarida  o’quvchilarda 
texnologiyaga  qiziqishlarini  oshirishda  o’yinlardan  foydalanish,  krossvord  va 
boshqotirmalardan  foydalanish    sistemali  jarayon  bo’lishi,  bunda  o’qituvchining 
turli imkoniyatlardan foydalana olishi. tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o’rinli 
foydalana  olishini  talab  etadi.  Bu  shu  bilan  asoslanadiki,  tushunchalar  natija  va 
qoidalarning  mantiqiy  asoslanishida  analitik  va  sintetik  usullarni  o’zaro  muvofiq 
holda  qo’llash    ularni  asoslash  va  tekshirish,  tanqidiy  fikrlash  usullarini  qo’llash 
uchun muhim ahamiyatga ega. 

18 
 
 
6-mavzu: Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar 
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning 
mazmuni  va  shakllari.  Sinfdan  tashqari  ishlarning  formalari  (ommaviy  ish, 
tarbiyaviy tadbirlar, musobaqalar, to’garak ishlari, mustaqil mashg’ulot) 
 
7-mavzu: Mehnat ta’limi xonasini ishga tayyorlash 
Mehnat ta’limi  xonasi  va  shu  xonadagi  qo’l  mehnati  darslari  to’g’ri  tashkil 
etilsa,  o’quvchilarda  mehnatga  ijobiy  munosabat  shakllanadi,  ishlab  chiqarish  – 
texnologik madaniyat tarbiyalanadi. 
Mehnat  xonasi  shunday  tashkil  etilishi  kerakki,  u  o’quvchilarning 
quyidagilar bilan ta’nishtirishni ta’minlasin: 
1.  Ishlov  beriladigan  materiallar:  qog’oz,  karton,  gazlama,  tola,  sim,  tunuka, 
yog’och; ayrim qurilish materiallari: alebastr, sement va shu kabilar texnologiyasi 
bilan. 
2.  Yuqoridagi  materiallarga  ishlov  berishda  qo’l  bilan  bajariladigan  moslamalar 
bilan emas, balki mexanizasiyalashgan moslamalar bilan. 
3. Materiallarga  ishlov berishning asosiy  metodlari:  mexanik, kimyoviy, energetik 
va shu kabilar bilan. 
 
8-mavzu: Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari 
         Applikatsiya  –  badiiy  asar  yaratishning  eng  sodda  va  oson  usulidar.  Bu 
applikatsiyadan  faqat  bezash  maqsadlaridagina  ko’rgazmali  qurollar,  turli  o’yin 
uchun  qo’llanmalar,  o’yinchoqlar,  bayroqchalar,  bezaklar,  shu  kabilarni 
yaratishdan keng qo’llash imkonini beradi. Applikatsiya tasvirlash texnikasini turli 

19 
 
formalarini  qirqish  va  ularning  fon  tarzida  qabul  qilingan  m  ateriallar  hisobga 
mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. 
 
9-mavzu: O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan 
foydalanish. 
    Halqimiz  bolalarda  mehnatsevarlik  va  mehnatga  qiziqishni  tarbiyalash, 
otalarimiz  izidan  borib  turli  kasb-hunar  egallash,  ularda  mehnat  munosabatlarini 
kamol  toptirish,  kelajak  hayotga  tayyorlashni  o’zlariga  muhim  vazifa  deb 
hisoblaganlar.  O’z  farzandiga  kasb-hunar  o’rgatgan  ustazodalari  (usta  darajasiga 
ko’tarilgan  farzand)  bo’lib  yetishganlar.  Tanilangan  usta  hunarmandlar  uyida 
yakka  shogirdlikka  tushgan  bolalar  bir  necha  yil  hunarga  ta’luqli  bo’lmagan 
yumushlarni ham bajarib yuraverganlar. 
 
10 –mavzu: Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi 
Turli tabiiy va mahalliy xom ashyolar haqida tushuncha. Ish joylurini to’g’ri 
tashkil  etish.  Turli  materiallar  bilan  ishlash  qoidalari.  Materiallarning  hayotdagi 
ahamiyati.  Kasb-hunar  o’rgatish  omillari  (barglar,  samon  qalamchalari,  yong’oq 
po’choqlari, yer yong’oqpo’choqlari, patlar o’slmlik uruglar) 
 
11-mavzu: Origami san’atining kelib chiqish tarixi
 
Bolalikda  hammamiz  qog'ozdan,  kemalardan  boshqa  hunarmandlarga  turli  xil 
samolyotlar  tayyorladik.  Hatto  qadimgi  Xitoyda  ham  yuqori  sinflarning  vakillari 
turli  xil  raqamlarni  yig'ish  bilan  shug'ullanishi  mumkin,  deb  o'ylamasdik.  Ushbu 
san'at - origami deb ataladi.  
 

20 
 
12-mavzu: Plastilin  va gazlama bilan ishlash darslari tashkil   etish 
metodikasi. 
 
       Boshlang’ich  sinflarda  loy  va  plastilin  bilan  ishlash  mashg’ulotlarining 
maqsadi  va  vazifasi  bolalarning  haykaltoroshlikning  elementar  asoslari  bilan 
tanishtirish va amaliy ishlashga o’rgatishni nazarda tutadi. Bunday mashg’ulotlarni 
yuksak  saviyada  tashkil  etish  va  o’tkazish  har  bir  o’qituvchidan  mazkur  soha 
bo’yicha  ma’lum  tayyorgarlikka  ega  bo’lishni  talab  etadi.  Buning  uchun  
o’qituvchilar  o’z  ustlarida  ko’proq  ishlashlari,  xaykaltoroshlik  va  sapolduzlik 
asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak bo’ladi 
      Mehnat  darslarida  loy,  plastilin,  mum  kabi  materiallardan  foydalanib,  ulardan 
turli  uyinchoqlar,  jonivorlar,  qushlar,  ertak  qaxromonlari  yasaladi.  Uyinchoq  – 
dekorativ  sa’natning  eng  qadimiy  turlaridan  biri  bo’lib,  qadim  asarlarda  loydan 
yasalgan narsalar bizgacha yetib kelgan. 
 
 

21 
 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGI 
   SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA 
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY 
MARKAZI 
 
 
«MAKTABGACHA, BOSHLANGʻICH VA MAXSUS TA‘LIM 
METODIKALARI» KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
MEHNAT VA UNI O‘QITISH METODIKASI  
FANIDAN  
 
 
 
MA`RUZALAR MATNI 
 
(Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta 
tayyorlash kurslarii uchun
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

22 
 
 
 

23 
 
 
     1-MAVZU                                                          
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MEHNAT TA’LIMI VA 
TARBIYASINING VAZIFALARI 
 
Ma’ruza (2 soat) 
1.1 Mashg’ulotni olib borish texnalogiyasi 
                                                                           
O’quv soati -2 soat 
Talabalar soni 42 ta 
O’quv mashg’ulot shakli 
Axborotli ma’ruza 
 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
Boshlang’ich  sinflarda  mehnat  ta’limi  va 
tarbiyasining maqsad va vazifalari. 
2. 
Boshlang’ich  sinflarda  mehnat  ta’limi  darslarida 
o’quvchilarga  politexnik  ta’lim  haqida  boshlang’ich 
tushunchalarni berish. 
3. 
Politexnik  ta’lim  berish  bilan  ishchi  kasblar 
haqida dastlabki tushunchalar berish. 
4. 
O’quvchilarga  politexnik  bilim  berishda  mehnat 
ta’limi fani o’qituvchisining roli. 
O’quv mashg’ulotining maqsadi 
Boshlang’ich      sinflarda  mehnat  ta’limi  va 
tarbiyasining maqsadi va vazifalarini ko’rsatib berish 
Pedagogik vazifalar: 
O’quv faoliyati natijalari: 
Boshlang’ich  sinflarda  mehnat  ta’limi 
va tarbiyasining maqsad va vazifalari. 
 
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining 
maqsad va vazifalari haqida talabalarda bilim va 
ko’nikmalar shakllanadi. 
Boshlang’ich  sinflarda  mehnat  ta’limi 
darslarida  o’quvchilarga  politexnik 
ta’lim 
haqida 
boshlang’ich 
tushunchalarni berish. 
Politexnik  ta’lim  haqida  bilim  oshiradilar.  (1-
ilova) 
 
Politexnik  ta’lim  berish  bilan  ishchi 
kasblar  haqida  dastlabki  tushunchalar 
berish. 
 
Politexnik  ta’lim  berish  bilan  ishchi  kasblar 
haqida  dastlabki  tushunchalar  berishni  o’rganadilar, 
ularni turlarga ajratadilar. 
 
O’quvchilarga politexnik bilim berishda 
mehnat  ta’limi  fani  o’qituvchisining 
roli. 
O’quvchilarga politexnik bilim berishda mehnat 
ta’limi fani o’qituvchisining roli haqida talabalarda 
bilim va ko’nikmalar shakllanadi. (2-ilova) 
Mashg’ulotni yakunlash. 
Mehnat ta’limiga oid  misollar keltirib izohlaydilar. 
O‘qitish vositalari 
O‘UM ma’ruza matni, doska, bo‘r va latta 
O‘qitish usullari  
Axborotli ma’ruza, blis-so‘rov, “Klaster” o’yin 
texnologiyasi, B/BX/B jadvali, aqliy hujum 
O‘qitish shakllari 
Frontal, kollektiv usulda. 
O‘qitish sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan guruhlarda 
ishlash usulini qo‘llash mumkin bo‘lgan auditoriya 
Monitoring va baholash 
Og‘zaki savollar, blis-so‘rov 
 
                        Mavzuni o’rganish bo‘yicha texnologik xarita  
 
Ish 
bosqichlari 
O‘qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi faoliyatining mazmuni 
1 – bosqich.  
Mavzuga 
kirish  
1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusini, rejani va 
o‘quv faoliyati natijalarini aytadi 
   1.2. Baholash mezonlari (1-ilova) 
Tinglaydilar, Savollarga javob 
beradilar. Zarur ma’lumotlarni 
yozib boradilar.  

24 
 
(20 min) 
   1.3. Aqliy hujum usulida mavzu bo‘yicha 
ma’lum               bo‘lgan tushunchalarni 
faollashtirish 
    1.4. Mavzuni jonlantirish uchun savollar 
beradi (2-ilova) 
2- bosqich.  
Asosiy 
bo‘lim  
(50 min) 
 
 

 
2.1.  Mavzu  yuzasidan  mini  ma’ruza 
qiladi. 

 
2.2.Mashg’ulot  rejasining  ikkinchi 
savoliga tushunchalar aytiladi. 

 2.3.Rejaning 
uchinchi 
savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  

 
2.4.  Rejaning  to’rtinchi  savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  

 2.5.  Rejaning  beshinchi  savoli 
yuzasidan ma’lumotlar beriladi.  
2.6. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor 
takrorlanadi. 
Tinglaydilar, Savollarga javob 
beradilar. Zarur ma’lumotlarni 
yozib boradilar. Mavzu haqida o’z 
fikr-munosabatlarini bildiradilar. 
3-bosqich. 
Yakunlovchi  
(10 min) 
 
 
3.1.  Mashg’ulot  bo’yicha  yakunlovchi 
xulosalar qiladi. 
3.2. Mavzuni chuqurroq o’zlashtirish uchun 
adabiyotlar ro’yxatini beradi. 
3.3.Keyingi  mavzuga  tayyorlanib  kelish 
uchun savollar beradi. 
Tinglaydilar. Savollar 
beradilar.Tushunmagan narsalarini 
so’raydilar. Berilgan topshiriqni 
daftarlariga yozib oladilar. 
 
 
        Bugungi  kunda  jamiyatimiz  uchun  har  tomonlama  rivojlangan  fan  texnika 
taraqqiyotini  hayotga  tadbiq  eta  oladigan  yetuk  malakali  kadrlar  tayyorlash 
masalasi turibdi. 
     Ayniqsa  boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarni  mehnatga  tayyorlash  ularning 
qiziqishlari,  moyilliklar  va  imkoniyatlariga  asoslangan  qo’l  mehnati  hisoblanadi. 
Shu  munosabat  bilan  mehnat  ta’limi  jarayoni  o’quvchilarda  ushbu  yosh  uchun 
bilim,  mehnat,  axloqiy,  estetik  iqtisodiy-ekologik  va  aqliy  imkoniyatlarni  aniq 
mehnat  jarayonlarida  rivojlantirishga  qaratilgan,  natijada  ularni  mehnatga 
tayyorlashni  keyingi  sinflarda  davom  ettirilishi  uchun  zarur  aloqadorlik  hosil 
qiladi. 
      Qo’l  mehnati  jarayonida  bolalar  asosan  ishlab  chiqarish  texnologiyalar 
chiqindilari  (qog’oz,karton,sim,yog’och,gaz  mol  vaboshqalar)  bilan  tabiiy  va 
sun’iy  xom  ashyolar  (maxsus  loy,yog’och  va  plastmassalar,  plastilin,  yelim  va 
boshqalar)  bilan,  keng  istemol  mollari  va  xalq  hunarmandchilik  mahsulotlari, 

25 
 
tayyorlash  uchun  maxalliy  xom-ashyolar  bilan  eletr,  radiotexnika  to’plamlari  va 
hokozolar bilan ishlashga o’rganadilar. 
        Bularning  xammasi  o’quvchilarga  qo’l  asboblari  bilan  ishlashi,  har  xil  xom  
ashyolardan  foydalanishning  ma’lum  tajribasini  to’plashga  imkon  beradi,  bu  esa 
mehnatning  qadrini  va  ma’nosini  tushinishga,  mehnat  kishilarga  hurmatda 
bo’lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarni shakillantirishga 
yordam beradi 
          Jamiyatimiz  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichi,  mehnatning  xarakteri  va 
mazmuniga,  insonni  hayotga  tayyorlashga  yuksak  talablar  qo’yadi.  Shunga  ko’ra 
har  bir  kishini  hayotga  tarbiyalashda  aniq  o’zgarishlar  qilishi  lozim.  Har  bir 
o’quvchida  zamonovaiy  ishchi  shaxsining  sifatlarini  shakllantirish  uchun 
maktabning boshlang’ich sinflarida  va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, 
keyinroq  maktabdan  yuqori  sinflardagi  ta’lim  va  tarbiyani  rivojlantirish, 
keyinchalik  kasb-hunar  kollejlarida  o’z  bilimlarini  davom  ettirishlari  lozim.  Butun 
kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan 
qurollantirish  va  jismoniy  mehnatni    har  tomonlama  uyg’unlashtira  olishga 
o’rgatishdan iboratdir. 
        Mehnat  ta’limi  va  kasbga  tayyorlash  vazifalari  boshlang’ich  maktablarda 
butun ta’lim  va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari  yordamida hal 
etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. 
         Maktabda  muntazam  mehnat  ta’limining  boshlang’ich  bosqichi  boshlang’ich 
sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan 
ijtimoiy foydali ishdir.  
         Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy 
va  ruhiy  tayorlash,  o’quvchilarning  boshlang’ich      politehnik  bilimlar  bilan 
qurollantirish,  mehnatga  amaliy  tayorlashdir.  O’quvchilarni      Mehnatga  ahloqiy 
tayyorlash  deganda,  ularning  bu  mehnat  natijalariga  hurmat  bilan  yondashishlari 
nazarda tutiladi. 

26 
 
         Mehnatga  ahloqiy  tayyorlash  –  bolalarga  jamoada  ishlashni,  do’stona  o’zaro 
yordamni,  ijodiy  tashabbusni  tashkilotchilik  qobiliyatlarini  namoyish  qilish,  hatti-
harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir. 
        Mehnatga  psixologik  tayyorlash.    Mehnatga  psixologik  tayyorlash  murakkab, 
uzoq  davom  etuvchi  va  ko’p  qirrali  jarayon  bo’lib,  u  butun  ta’lim  va  tarbiyaga 
singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy 
tayyorlashga juda yaqindir. 
        Mehnatga  psixologik  tayyorlash  –  bolalarni  mehnatga    ruhiy  tayyorlash  va 
unda  mehnatga  nisbatan  uning  yoshiga  mos  keluvchi  ongli  va  ijobiy  musbatlarni 
tarkib  toptirish,  unda  amaliy  malaka  va  ko’nikmalarni  egallashga  qiziqishini 
shakllantirishdan  ibortadir.  O’qituvchining  vazifasi  o’quvchilarni  yoshligidan 
boshlab  mehnatning  yaxshi  tomonlarini  singidirishdir.    Bolalarni  mehnatga 
qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish 
zarurligini anglashlari juda muhimdir. 
        Mehnat  psixologik  tayyorlash  turli  psixologik  jarayonlarni  rivojlantirishni  va 
takomillashtirishni  nazarda  tutadi.  Bular  sezib-anglash,  psixomotor,  emosional 
idrok, diqqat, xotira, tafakkur mehnatning psixologik komponentlaridir.   
       Mehnatga  o’rgatishda  bolaning  imkoniyatlarini  nazarda  tutib,  hissiy  bilish 
jarayonini  takomillashtirish  zarur.  Bundan  tashqari  bolaning  xotirasini  o’stirish 
ham  alohida  ahamiyatga  ega.  Mehnat  fani  bo’yicha  o’quv  materiallarni  eslab 
qolish  boshqa  predmetlarga  nisbatan  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Brcha  yangi 
asboblar,  materiallarni,  opreasiyalarning  nomini  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari 
so’z  nomini,  predmetini  ko’rib  idrok  etish  bilan  fikran  biriktirib,  tinglab 
fahmlaydilar, tushunib oladilar. 
       O’qituvchi  mehnat  darslarida  faqat  tushuntiribgina  qolmay,  balki  asosan 
materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni metarialga ishlov berish usullarni, 
ish bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shunung uchun mehnat ta’limida eshitish, 
ko’rish  xotirasi  va  harakatlanuvchi  xotira  muhim  rol  o’ynaydi.  O’quvchilarda 
mehnat  darsidan  mehnat  darsigacha  yangidan-yangi  bilim  va  ko’nikmalar 
mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab qolish kerak. 

27 
 
        Mehnat  ta’limini  to’g’ri  tashkil  etish  bolalarni  qiyinchiliklarni  yengishga, 
qo’yilgan  maqsadga  erishish  yo’lida  matonat  va  qat’iyat  bilan  kirishishga, 
boshlangan  ishni  chala  tashlab  ketmay,  balki  oxiriga  yetkazishga  o’rgatish  lozim. 
Bu  o’rinda  ijobiy  natijalar:  mehnatdan  quvonish,  lazzatlanish  va  qoniqish 
hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir. 
         Mehnatda shaxsning qiziqish, qobiliyat, temperament kabi shaxsiy psixologik 
xususiyatlari  shakllanadi.  Mehnatga  psixologik  va  ahloqiy  tayyorlash  jarayoni 
murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. 
          O’quvchilarni  mehnatga  amaliy  tayyorlash.  Boshlang’ich  sinflarda  keng 
ma’nodagi  ilmiy  asoslar  haqida  emas,  poltiyexnik  ta’limning  elementlari 
to’g’risida  gap boradi. Bu o’quvchilarda fan-texnika  yutuqlariga  nisbatan qiziqish 
uyg’onishiga  yordam  beradi.  Biroq,  umumta’lim  predmetlarini  o’qitish  mehnat 
darslarini  ma’lum  darajada  politexnik  asoslarda,  darsdan-darsga  politexnik 
blimlarni  qo’shib  olib  borishga  yordam  beradi.  Politexnik  tayyorgarlikka  ega 
bo’lib  qo’yilgan  mehnat  vazifalarini  bajarishda  asboblardan  to’g’ri  foydalanishda 
yordam  beradi.  Shunungdek  bu  tayyorgarlik  kerakli  ishlab  chiqarish  bosqichlarini 
qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish qanday asboblarni qo’llash va undagi 
sabablarin  anglashga  ko’maklashadi.  Mehnat  bo’yicha  dasturning  istalgan 
bo’limini  o’tishda  o’qituvchi  bolalarga  ma’lum  hajmdagi  politexnik  bilimlarni 
beradi. Boshlang’ich politexnik bilim bilan qurollantirish o’quvchilarga predmetni 
yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o’ziga xosliklari, 
materialga  qo’lda  ishlov  berilganda  qo’llaniladigan  asbob-moslamalarning 
xususiyatlari ulardan foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berishdan iboratdir. 
           Politexnik  bilimlar  asosan  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  fan-texnika 
yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi. 
           O’quvchilarga  berilayotgan  poltiyexnik  bilim,  amaliy  ko’nikma  va 
malakalarga  o’rgatishni  ma’lum  nazariy  darajada  amalga  oshirishga  imkon 
beruvchi zamindir. 
          Mehnat  malaka  va  ko’nikmalari  bilan  qurollantirish.  Mehnatga  amaliy 
tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir 

28 
 
nechta  elementlardan:  oddiy  asbab  va  moslamalardan  foydalana  bilish  u  yoki  bu 
materialga  ma’lum  izchillikda ishlov bera olish,  yo’l qo’yilgan  xatoni o’z vaqtida 
aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi. 
          Mehnatga  amaliy  tayyorlash  faqat  kerakli  bilimlar  bazasida  amalga  oshishi 
mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlag’ich  poltiyexnik bilimlarga asoslanadi. 
Mehnat ta’limining  mazmuniga  muvofiq o’quvchilarda  mazkur  yosh  uchun qulay 
bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni 
ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar 
maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. 
              Amaliy  malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish 
operasiyalarini  o’rgatish  ham  demakdir.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  duch 
keladigan  buyumlar    texnologiyasi  xilma-xildir,  biroq  bu  masalani  batafsil 
o’rganmasdanoq  ish  opreasiyalarining  tipikligin  sezib  olish  qiyin  emas,  ular: 
materiallarni  ulchab  olish  va  belgilash,  ularni  qirqib  ishlov  berish,  qismlarni 
yelimlash,  tikish,  o’rash  va  bog’lash  kabi  yo’llar  bilan  birlashtirish  va 
mo’stahkamlash,  detallarni  yig’ish  va  buyumni  mantaj  qilishdir.  Yakunlovchi 
bosqich  buyumni  bezashdir.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini  mehnatga  amaliy 
tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirish ham ta’luqlidir. 
            O’quvchilardagi  mehnatga  bo’lgan  qiziqishni  o’z  vaqtida  aniqlash  va 
ularga  mehnat  malakalarini  sevgan  mashg’ulotlarida  takomillashtirishlariga 
yordam berish juda muhimdir. 
          Bunda o’quvchilarni e’tiboriga eng oddiy buyum  o’yinchoqlarni, o’yinlarni, 
o’quv  qurollarini  tayyorlash,  naqshlar  chizib  va  qirqib  olish,  applekatsiya  ishlari 
havola  etiladi.  Bundan  tashqari  bolalarda  mehnatga  qiziqishni o’yg’otish,  mehnat 
darslarida  hosil  qilingan  bilimlarni  kengaytirish  va  chuqurlashtirish,  ko’nikma  va 
malakalarin mustahkamlash uchun “Mohir qo’llar” to’garaklarida, kun uzaytirilgan 
guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
        Mehnat ta’limi jarayonning o’sishiga ta’siri.  Mehnat ta’limi vazifalari haqida 
gapirilganda  o’quvchilarda  mehnatsevarlik,  ma’suliyat,  intizomlilik,  burch  hissi, 
jamoatchilik  hissini  tarbiyalashni  tilga  olmaslik  mumkin  emas.  Shu  bilan  

29 
 
birgalikda  mehnat  odamlar  tirikchiligining  moddiy  va  ma’naviy  ta’minotining 
vositasi,    jamiyat  taraqqiyotining  eng  muhim  omilidir.  Bolarni  aqliy  o’stirishda 
ham mehnat ta’limining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga 
intilishlarini  qo’zg’atuvchi  vositagina  emas,  balki  uning  manbai  hamdir.  Mehnat 
ta’limi  jarayonida  o’quvchilarni  aqliy  o’stirishda  jismoniy  va  aqliy  mehnatni 
almashtirib  turish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Biroq  har  qanday  mehnat  ham  aqliy 
o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak. 
         Mehnat  eng  muhim  iroda  va  ahloqiy  sifatlarning  rivojlanishiga  yordam 
beradi.  Mehnat  ta’limida  mehnatga  psixologik  tayyorlik,  mehnat  faoliyatining 
to’g’ri  motivlari  tarbiyalanadi,  shaxsning  har  bir  ongli  mehnatkash  uchun  zarur 
bo’lgan sifatlari shakllanadi. 
         Darslarning  jihozlanganligi  o’z  mehati  uchun  shaxsiy  ma’suliyatni,  mehnat 
madaniyatini  tarbiyalashda  katta  ahamiyatga  egadir.  Agarda  bolalar  yomon 
jihozlangan  sinfda,  qupol,  og’ir  va  yoshlariga  nomunosib  asboblar  bilan 
shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi. 
         Agarda  bola  har  bir  qadamda  tartiblikka,  aniqlikka  rioya  qilish  lozimligiga 
ishlonch  hosil  qilimasa,  bolarni  mehnatga  muhabbat  ruhida  tarbiyalashda 
muvoffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin. 
         Mehnat  malakalari  madaniyati  u  yoki  bu  mehnat  jarayonida  belgilangan 
tartibga  va harakat  izchilligiga rioya qilish kerakligini  muntazam tunutirish borish 
bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. 
        O’quvchilar  o’rtasida  yo’lga  qo’yilgan  o’zaro  yordam  esa,  ularda  do’stlik, 
birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. 
Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish