Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana01.11.2019
Hajmi1,44 Mb.
#24808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мехнат укитиш методикаси фанидан (2)



 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGI 
 
   SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI 
 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISH HUQUQINI 
BERISH BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH 
KURSLARII UCHUN 
 
 
 
 
MEHNAT VA UNI O‘QITISH 
METODIKASI FANIDAN  
 
O‘QUV – METODIK 
MAJMUA  
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand – 2019 yil 


 
 
 


 
   SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«MAKTABGACHA, BOSHLANGʻICH VA MAXSUS TA‘LIM 
METODIKALARI» KAFEDRASI 
 
MEHNAT VA UNI O‘QITISH METODIKASI 
FANI BO‘YICHA  
 
O‘QUV – METODIK MAJMUA  
 
(
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISH HUQUQINI BERISH 
BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARII UCHUN) 
 
 
 
“Kelishildi” 
 
Oʻquv va ilmiy ishlari 
boʻyicha direktor 
o`rinbosari: 
_____________A.Ibragimov      
 
 
Kafedra mudiri:  
_______M.Raximqulova 
 
 
 
 
Samarqand – 2019 yil 
“TASDIQLAYMAN” 
direktor___________S.Usmonov 
«______»__________2019 yil 
 
 


 
 
 
 
 
Tuzuvchi:  
J. Shodiyeva - SamDU “Boshlang‘ich ta`lim nazariyasi  
                        va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi 
 
 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar:                              
 
F.Shodiyev –  SamDU, Pedagogika  
fakulteti dosenti 
                                                             
M.Raximqulova–  Samarqand  viloyati 
XTXQTMOHM, Maktabgacha,  
boshlangʻich va maxsus 
ta’lim  kafedrasi dotsenti 


 
 


 
 
 


 
KIRISH 
FANNING QISQACHA MAZMUNI 
Mehnat  va  uni  o’qitish  metodikasi  fani  pedagogik  fanlardan  biri  bo’lib, 
fanining  asosiy  ilmiy  izlanishlari  natijalariga  tayangan  holda,  ilg’or 
o’qituvchilarning  ish  tajribasi  bilan  boyitilgan  materiallar  asosida  yoritib  beradi. 
O’quvchilarni  mehnatga  tarbiyalash  va  ularni  bo’lajak  amaliy  faoliyatga 
tayyorlashda  mehnat  malaka  va  ko’nikma  va  malakalarni  egallashlarini 
ta’minlaydi,  o’quvchilarni  mehnat  faoliyatiga,  ijtimoiy  foydali  ishlab  chiqarish 
mehnatini bajarishga tayyorlaydi. 
Maktab  ta’limining  hozirgi  bosqichida  o’quvchilarni  mehnatga  tayyorlash, 
o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biri. 
Mehnat  ta’limining  tarbiyaviy  ahamiyati  juda  katta  bo’lib,  o’quvchilarda 
mehnatsevarlik,  ma’suliyat,  intizomlilik,  burch  hissi,  jamoatchilik  hissini 
tarbiyalashda,  o’quvchilarning  aqlie  o’sishida  eng  muhim  iroda  va  ahloqiy 
sifatlarnirig  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Mehnat  ta’limida  mehnatga  psixologik 
tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har 
bir  ongli  mehnatkash  uchun  zarur  bo’lgan  sifatlari  shakllanashida  yordam  beradi. 
O’quvchilar  o’rtasida  yo’lga  qo’yilgan  o’zaro  yordam  esa,  ularda  do’stlik, 
birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. 
Metodika kursini o’rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish 
va  tarbiyalashga  doir  masalalarni  mustaqil  va  ongli  hal  etishga  tayyorlash, 
shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom 
ettirish  uchun,  yangi  nashr  etilgan  metodik  adabiyotlarni  o’qish  uchun,  yozish 
tajribasini  tarkibiy  baholash  va  umumlashtirish  uchun  zarur  bo’lgan  ko’nikmalar 
bilan qurollantiradi.  
Ta’lim  texnologiyasida  “Mehnat  o’qitish  metodikasi”  fanini  o’qitish 
bo’yicha ta’lim  texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon 
etilgan.  Ushbu tavsiyalar didaktik  tamoyillar,  ma’ruza  va seminar  mashg’ulotlari  


 
texnologiyalarini  ishlab  chiqish  usul  va  vositalari  ularning  muhim    belgilaridan 
iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.  
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, 
insonni  hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini 
hayotga  tarbiyalashda  aniq  o’zgarishlar  qilishi  lozim.  Har  bir  o’quvchida 
zamonovaiy  ishchi  shaxsining  sifatlarini  shakllantirish  uchun  maktabning 
boshlang’ich  sinflarida    va  hatto  ilgariroq  maktabgacha  muassasalarda,  keyinroq 
maktabdan  yuqori  sinflardagi  ta’lim  va  tarbiyani  rivojlantirish,  keyinchalik  kasb-
hunar  kollejlarida  o’z  bilimlarini  davom  ettirishlari  lozim.  Butun  kuch  va 
qobiliyatlarini  siyosiy  bilim  doiralarini  kengaytirish,  zamonaviy  bilim  bilan 
qurollantirish  va  jismoniy  mehnatni    har  tomonlama  uyg’unlashtira  olishga 
o’rgatishdan iboratdir. 
        Mehnat  ta’limi  va  kasbga  tayyorlash  vazifalari  boshlang’ich  maktablarda 
butun ta’lim  va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari  yordamida hal 
etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. 
         Maktabda  muntazam  mehnat  ta’limining  boshlang’ich  bosqichi  boshlang’ich 
sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan 
ijtimoiy foydali ishdir.  
         Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy 
va  ruhiy  tayorlash,  o’quvchilarning  boshlang’ich      politehnik  bilimlar  bilan 
qurollantirish,  mehnatga  amaliy  tayorlashdir.  O’quvchilarni      Mehnatga  ahloqiy 
tayyorlash  deganda,  ularning  bu  mehnat  natijalariga  hurmat  bilan  yondashishlari 
nazarda tutiladi. 
         Mehnatga  ahloqiy  tayyorlash  –  bolalarga  jamoada  ishlashni,  do’stona  o’zaro 
yordamni,  ijodiy  tashabbusni  tashkilotchilik  qobiliyatlarini  namoyish  qilish,  hatti-
harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir. 
        Mehnatga  psixologik  tayyorlash.    Mehnatga  psixologik  tayyorlash  murakkab, 
uzoq  davom  etuvchi  va  ko’p  qirrali  jarayon  bo’lib,  u  butun  ta’lim  va  tarbiyaga 
singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy 
tayyorlashga juda yaqindir. 


 
O’quv fanning maqsad va vazifalari 
 
Fanni o’qitishdan maqsadi - tinglovchilarni boshlang’ich sinflarda мehnat 
va  uni  o’qitish  metodikasi"  fanining  mazmuni  va  vazifalari,  o’qitish  usullari, 
ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha 
bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. 
Fanning  vazifalari  -  Boshlang’ich  maktablarda  "Mehnat  va  uni  o’qitish 
metodikasi" fanining asosiy vazifalari o’quvchilarni  mehnatga  tayyorlash, o’qitish 
va  umumta’lim  maktablarining  boshlang’ich  sinflarida  kasb  tanlash  izchilligini 
takomillashtirish, Daviat ta’lim standartlari talabi bo’yicha amaliy bilim berish. 
 
Fanbo’yichatinglovchilarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga 
qo’yiladigan talablar 
 
-  Mehnat  va  uni  o’qitish  metodikasi  fanidan  tinglovchilar  mehnat 
darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadini, o’quvchilarining bilim, 
ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan baho mezoni texnologiyasini, asosiy o’quv 
vositalari  darslik,  o’quv  qullanmasi  va  boshqa  vositalar  hamda  ularni  qo’llash 
metodikasini,  mehnat  fanini  o’qitishda  qo’llaniladigan  barcha  metod  va  usullarni 
bilishi kerak. 
-  O’quv-bilish  faoliyatini  tashkil  qilishning  asosiy  va  yordamchi  shakllari, 
dars  ishlanmasida  o’quv  jarayonini  (o’quv  materiali  unga  mos  metod,  vosita  va 
o’qitish  shaklini  tanlab)  rivojlantirish,  dastur,  darslik,  metodik  qo’llanma 
tavsiyalarini  tahlil  qilib  qisqacha  taqriz  yoza  olish,  o’zlari  qiziqqan  yo’nalish, 
mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur (kurs va bitiruv 

10 
 
ishi  tarzida),  turli  jarayonlarni  bajaruvchi  turli  xom-ashyolar  bilan  ishlovchi 
ishchilarning ish xususiyatlari haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
-  Turli  xom-ashyoga  ishlov  berishda  asboblardan  unumli  foydalana  olish, 
tayyorlanadigan  (yasaladigan)  buyumlar  chizmasini  shartli  tasvirini  o’qiy  olish, 
yasaladigan  buyumlar  andozasi,  chizmasini  tuza  olish,  texnika  xavsizligi 
qoidalarini  bilish,  mehnat  tozaligi  va  madaniyatiga  amal  qilish  malakalariga  ega 
bo’lishlari kerak. 
 
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi,   
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi 
Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rejasida  rejalashtirilgan  gumanitar  va  ijtimoiy-
iqtisodiy  (falsafa,  etika,  estetika,  mantiq),  umumkasbiy  (pedagogika  nazariyasi, 
pedagogika  fanlarini  o’qitish  metodikasi,  pedagogik  mahorat)  fanlari  bilan  o’zaro 
aloqada olib boriladi. 
 
Fanning  ta`limdagi o`rni 
Maktab  ta’limining  hozirgi  bosqichida  o’quvchilarni  mehnatga  tayyorlash, 
o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biri. 
Mehnat  ta’limining  tarbiyaviy  ahamiyati  juda  katta  bo’lib,  o’quvchilarda 
mehnatsevarlik,  ma’suliyat,  intizomlilik,  burch  hissi,  jamoatchilik  hissini 
tarbiyalashda,  o’quvchilarning  aqlie  o’sishida  eng  muhim  iroda  va  ahloqiy 
sifatlarnirig  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Mehnat  ta’limida  mehnatga  psixologik 
tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har 
bir  ongli  mehnatkash  uchun  zarur  bo’lgan  sifatlari  shakllanashida  yordam  beradi. 
O’quvchilar  o’rtasida  yo’lga  qo’yilgan  o’zaro  yordam  esa,  ularda  do’stlik, 
birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. 

11 
 
Metodika kursini o’rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish 
va  tarbiyalashga  doir  masalalarni  mustaqil  va  ongli  hal  etishga  tayyorlash, 
shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom 
ettirish  uchun,  yangi  nashr  etilgan  metodik  adabiyotlarni  o’qish  uchun,  yozish 
tajribasini  tarkibiy  baholash  va  umumlashtirish  uchun  zarur  bo’lgan  ko’nikmalar 
bilan qurollantiradi.  
Ta’lim  texnologiyasida  “Mehnat  o’qitish  metodikasi”  fanini  o’qitish 
bo’yicha ta’lim  texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon 
etilgan.    Ushbu  tavsiyalar  didaktik  tamoyillar,  ma’ruza  va  seminar  mashg’ulotlari  
texnologiyalarini  ishlab  chiqish  usul  va  vositalari  ularning  muhim    belgilaridan 
iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.  
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, 
insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini 
hayotga  tarbiyalashda  aniq  o’zgarishlar  qilishi  lozim.  Har  bir  o’quvchida 
zamonovaiy  ishchi  shaxsining  sifatlarini  shakllantirish  uchun  maktabning 
boshlang’ich  sinflarida    va  hatto  ilgariroq  maktabgacha  muassasalarda,  keyinroq 
maktabdan  yuqori  sinflardagi  ta’lim  va  tarbiyani  rivojlantirish,  keyinchalik  kasb-
hunar  kollejlarida  o’z  bilimlarini  davom  ettirishlari  lozim.  Butun  kuch  va 
qobiliyatlarini  siyosiy  bilim  doiralarini  kengaytirish,  zamonaviy  bilim  bilan 
qurollantirish  va  jismoniy  mehnatni    har  tomonlama  uyg’unlashtira  olishga 
o’rgatishdan iboratdir. 
        Mehnat  ta’limi  va  kasbga  tayyorlash  vazifalari  boshlang’ich  maktablarda 
butun ta’lim  va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari  yordamida hal 
etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. 
         Maktabda  muntazam  mehnat  ta’limining  boshlang’ich  bosqichi  boshlang’ich 
sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan 
ijtimoiy foydali ishdir.  

12 
 
         Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy 
va  ruhiy  tayorlash,  o’quvchilarning  boshlang’ich      politehnik  bilimlar  bilan 
qurollantirish,  mehnatga  amaliy  tayorlashdir.  O’quvchilarni      Mehnatga  ahloqiy 
tayyorlash  deganda,  ularning  bu  mehnat  natijalariga  hurmat  bilan  yondashishlari 
nazarda tutiladi. 
         Mehnatga  ahloqiy  tayyorlash  –  bolalarga  jamoada  ishlashni,  do’stona  o’zaro 
yordamni,  ijodiy  tashabbusni  tashkilotchilik  qobiliyatlarini  namoyish  qilish,  hatti-
harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir. 
        Mehnatga  psixologik  tayyorlash.    Mehnatga  psixologik  tayyorlash  murakkab, 
uzoq  davom  etuvchi  va  ko’p  qirrali  jarayon  bo’lib,  u  butun  ta’lim  va  tarbiyaga 
singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy 
tayyorlashga juda yaqindir. 
        Mehnatga  psixologik  tayyorlash  –  bolalarni  mehnatga    ruhiy  tayyorlash  va 
unda  mehnatga  nisbatan  uning  yoshiga  mos  keluvchi  ongli  va  ijobiy  musbatlarni 
tarkib  toptirish,  unda  amaliy  malaka  va  ko’nikmalarni  egallashga  qiziqishini 
shakllantirishdan  ibortadir.  O’qituvchining  vazifasi  o’quvchilarni  yoshligidan 
boshlab  mehnatning  yaxshi  tomonlarini  singidirishdir.    Bolalarni  mehnatga 
qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo’lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish 
zarurligini anglashlari juda muhimdir. 
 
Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va  pedagogik 
texnologiyalar 
Mehnat  o’qitish  metodikasida  darsliklar,  o`quv-uslubiy  qo`llanmalar,  ma'ruza 
matnlari,  elektron  materiallardan  foydalanish,  zamonaviy  axborot    va  pedagogik 
texnologiyalarni  qo`llash,  interfaol  usullarni,  ta'limiy  vositalarni  ta'lim  jarayoniga 
tadbiq etish muhim ta'limiy ahamiyatga ega.  
 

13 
 
Mehnat  o’qitish  metodikasi    kursini loyixalashtirishda  qo’yidagi asosiy 
konseptual yondashuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ta’lim 
jarayonining  barcha  ishtirokchilarini  to’laqonli  rivojlanishlarini  ko’zda  tutadi.  Bu 
esa  ta’limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma’lum  bir  ta’lim  oluvchining 
shaxsini    emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog’liq  o’qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi.  
Tizimli  yondashuv.  Ta’lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o’zida 
mujassam  etmog’i  lozim:  jarayonnning  mantiqiyligi  uning  barcha  bo’g’inlarini 
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, 
o’quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
Dialogik  yondashuv.  Bu  yondashuv  o’quv  munosabatlarini  yaratish 
zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’zini-o’zi faollashtirishi va o’zini-
o’zi ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish. Demokratik, tenglik, ta’lim  beruvchi 
va  ta’lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli  ta’lim. Ta’lim mazmunini  muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
obyektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qo’llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash  

14 
 
O’qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma’ruza  (kirish,  mavzuga  oid, 
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari 
va amaliy ishlar. 
O’qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va 
o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 
O’qitish  vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) 
bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikasiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. 
Teskari aloqa  usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. 
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o’quv  mashg’uloti  bosqichlarini  belgilab 
beruvchi  texnologik  karta  ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rejalashtirish, 
qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati , 
nafaqat auditoriya  mashg’ulotlari  balki  auditoriyadan  tashqari  mustaqil  ishlarning 
nazorati.  
Monitoring  va  baholash:  o’quv  mashg’ulotida  ham  butun  kurs  davomida 
ham  o’qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  orqali 
yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 
Ayrim  mavzular  bo’yicha  ttinglovchilar  bilimini  baholash  test  asosida  va 
kompyuter  yordamida  bajariladi.  Tarqatma  materiallar  tayyorlanadi,  test  tizimi 
hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. 
 
 
 

15 
 
 
№ 
Ma`ruza mashg’ulotlari mavzulari 
Ajratilgan 
soat 
1. 
  Boshiang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining 
vazifalari 

2. 
  Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni 
2 
3. 
  Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish 
2 
4. 
  Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim 
tushunchalarini shakllantirish. 
2 
5. 
  Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin 
texnologiyalarining o`rni 
2 
6. 
  Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar 
2 
7. 
  Mehnat ta’limi xonasini ishga tayyorlash 
2 
8. 
  Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari 
2 
9. 
  O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar 
merosidan foydalanish. 
2 
10.    Turli xil materiallar bilan  ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi 
2 
11.    Origami san’atining kelib chiqish tarixi  
2 
12.    Plastilin va gazlama bilan ishlash 
2 
13.    Yumshoq o’yinchoqlar yasash darslarini tashkil etish 
metodikasi 
2 
Jami 
 
26 

 
Amaliy mashg’ulot mavzulari 
Ajratilgan 
soat 
1.    Boshiang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining 
vazifalari 


16 
 
2.    Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni 
2 
3.    Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish. 
2 
4.    Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin 
texnologiyalarining o`rni 
2 
5.    Mehnat ta’limida sinfdan tashqari ishlar 
2 
6.    Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari 
2 
7.    Qog’oz va karton bilan ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi 
2 
8.    Turli xil materiallar bilan  ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi 
2 
9.    Plastilin bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 
2 
10.   Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 
2 
11.   Yumshoq o’yinchoq yasash darslarini tashkil etish 
metodikasi 
2 
12.   Origami usulida o’yinchoq yasash. 
2 
13.   O’simlik barglari va urug’laridan applikatsiya va 
somondan  applikatsiya. 
2 
14.   Zardo’zlik san’ati va uning tarixi 
2 
15.   Mozaika (koshin, naqsh) haqida ma’lumot 
2 
16.   Tuxum po’chog’idan buyumlar yasash. 
2 
17.   Metal va simlar bilan ishlash. 
2 
Jami   
34 
 
1-mavzu: Boshiang’ich sinflarda  mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari 
 
Boshiang’ich  sinfda  mehnat  o’qitish  metodikasining  fan  sifatida  o’z  oldiga 
qo’ygan  vazlfalari.O’qitishning  metodik  sistemasi  (tizimi)  va  uning 
turlari.O’quvchilarni mehnatga axloqly va ruhiy tayyorlash jarayonlari, vazifalari. 
 

17 
 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish