4 Emboliya turlari
18Emboliya - bu tomirlarga qon yoki limfa orqali kelgan turli yot tanalar (embollar) ning tiqilib qolishi. Embollar kelib chiqishiga ko’ra, 2 xil bo’ladi.
Ekzogen - tashqi embollar.
Endogen - ichki embollar.
Ekzogen embollarga quyidagilar kiradi:
Havo emboliyasi. 2. Gazli emboliya. 3. Yot jismlar emboliyasi.
Bakteriya va parazitlar emboliyasi.
Emboliyaning joylashishiga qarab, katta va kichik qon aylanishi doiralari emboliyasi hamda qopqa vena emboliyasi farqlanadi. Katta qon aylanish doirasi emboliyasida emboliya manbai - o’pka venalari, yurak chap bo’limi bo’shliqlari va katta doira arteriyalaridagi patologik jarayondir. Kichik qon aylanishi doirasining emboliyasi esa katta qon aylanish doirasining venalari va yurakning o’ng yarmidagi patologik o’zgarishlarga bog’liqdir. Qopqa venasidagi patologik o’zgarishlar uning emboliyasiga sabab bo’ladi.
Bulardan tashqari, retrograd va paradoksal emboliyalar tafovut etiladi. Agar embol solishtirma og’irligi yuqori bo’lganligi sababli qon oqimiga qarshi harakat qilsa, retrograd emboliya deyiladi. Ko’pincha bunday emboliya yirik venalar o’zanlarida qon aylanishi sekinlashganda hamda ko’krak qafasining so’rish qobiliyati susayganda paydo bo’ladi. Paradoksal (tabiiy) emboliya esa tug’ma yurak nuqsonlarida uchraydi. Bunda yurak bo’lmachalari va qorinchalari o’rtasidagi yo’llarning berkilmaganligi sababli embol katta qon aylanish doirasi venalari yoki yurakning o’ng yarmidan (kichik qon aylanishi doirasini chetlab) bevosita chap yarmiga o’tadi.
Ekzogen emboliyalar.
Havo emboliyasi tananing yuqori qismi va bo’yinning katta venalari shikastlanganda paydo bo’ladi. Bunda ko’proq nafas olish tezlashganda, havoning kuchli so’rilishi tufayli qon aylanishining kichik doirasida emboliya yuzaga keladi. Bundan tashqari, o’pka jarohati, portlash yoki suv to’lqinlarining zarbi hamda dorilarni venaga yuborishdagi xatoliklar ham havo emboliyasiga sabab bo’ladi. Bemor venasiga dori yuborishdan oldin shpritsdagi havo pufakchalari chiqarib yuborilmasa, u qon tomiriga tushib, havo emboliyasiga aylanadi. Qon oqimiga 20 sm3 hajmdagi havo tushishi inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Gazli (asosan azot bilan) emboliya - odam yuqori bosimdan past (normal) bosimga yoki normal bosimdan past bosimga o’tganda rivojlanadi. Bunda gazlarning (azot, karbonat angidrid, kislorod) to’qima va qon da eruvchanligi kamayib, ular (avvalo azotning) qon tomirlarini berkitib qo’yadi.Anaerob (gazli) gangrenada ham gazli emboliya rivojlanadi.
Endogen emboliyalar. 1. Tromboemboliya - trombning uzilib ketishidan rivojlanadi. Trombning uzilib ketishi ko’proq oyog’ venalarida, chanoq vena chigallarida hamda jigar venalarida yuz beradi.
Yog’li emboliya - yog’ tomchilarining qon oqimiga tushishi oqibatida paydo bo’ladi. Bunday holat ko’pincha suyak hamda teri osti yoki chanoq yog’ kletchatkasi shikastlanganda bo’ladi. Yosh kattalashishi bilan qizil ilikning sariqqa aylanishi natijasida yog’ emboliyasi rivojlanish xavfi ortib boradi, Yog’ emboliyasi manbai katta qon aylanish doirasi bo’lganligi uchun yog’ embollari kichik qon aylanish doirasi tomirlarida uchraydi.
Odamda yog’ embollarining hajmi 12-120 sm3 bo’lganda o’limga olib kelishi mumkin.
3..To’qima emboliyasi-shikastlanishnatijasidato’qima, a'zobo’laklarining, hujayralarningqonylanishdoirasigatushibqolishinatijasidarivojlanadi. Arteriya devorlaridan patologik jarayonlar vaqtida (ateroskleroz)bo’tqasimon yog’ massalari-ning qon oqimiga tushishi va katta
qon aylanish doirasi arte-riyalarining emboliyasiga sabab bo’lishi mumkin.
O’sma hujayralari qon tomirlarga tushishi ham to’qima emboliyasi hisoblanadi. Bunday emboliya muhim ahamiyatga ega, chunki metastaz yuz berishining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.Emboliyalarning klinik belgilari va oqibatlari ularning joylashgan sohasiga (kichik yoki katta qon aylanish doirasi), kollateral qon aylanishi qanchalik rivojlanganligiga, neyro-gumoral boshqarish qay darajada ekanligiga, embolning katta-kichikligiga, tarkibiga, qon oqimiga tushish tezligiga va organizm reaktivligiga bog’liq. Shuning uchun ham emboliya belgilarining darajasi, kechishi va oqibatlari turlicha bo’ladi.
5.Staz belgilari
Do'stlaringiz bilan baham: |