shok turiga ega bo’ladi va davolash taktikasi xuddi ana shunga qaratiladi. Gemolitik zaharlar o’tkir
kislorod ochligi manzarasini, kapillyar zaharlar kollaps manzarasini beradi.
Fizikaviiy omillar ta'siri
Ekzogen zaharlardan tashqari, endogen moddalar, ortiqcha miqdorda yiq’ilib holgan tabiiy metabolizm mahsulotlari ham zaharlanish hollariga sabab bo’lishi mumkin. Bunda jigarning zararsizlantiruvchi vazifasining buzilishi va metabolizm mahsulotlarining buyraklar tomonidan chiqarilishining buzilishi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ichaklar metabolizm mahsulotlari chiqariladigan va cherish mahsulotlari hosil bo’ladigan joy hisoblanadi, ularda ichak mikroflorasi va faol hazm fermentlari yiqiladi. Ichakning to’siq
funktsiyasi buzilganda,masalan, ileusda organizmning ichak moddasidan og’ir zaharlanishi sodir bo’ladi.
Kimyoviy zaharlardan yuzaga keladigan zaharlanishlarni o’rganish tibbiyotning alohida sohasi
toksikologiyaning vazifasi hisoblanadi.
Fizikaviiy omillar ta'siri
Fizikaviy etiologic omillarga barometrik, lazer nurlari, elektr tokining ta'siri kiradi.
Atmosfera bosimining ta'siri. Inson bosim ta'siriga balandlikka ko’tarilaganda,
toqqa chiqqan odam, samoga uchuvchi apparatlarning germetikligi (zichyopilishi) buzilganida va barokamera va shunga o’xshash sharoitlarda bo’lganida uchraydi. Atmosfera bosimining pasayishi natijasida paydo bo’ladigan baland tog’ sharoitidagi holat «tog’ kasalligi» va germetikligi yo’qolgan uchish apparatlarida paydo bo’ladigan holat «balandlik kasalligi» deb yuritiladi. Ba'zi olimlar balandlik ka aloqador bo’lgan hamma holatlarni «balandlik kasalligi» deb jamlashtirib nomlashni afzal ko’radilar. Ammo aslida balandlik va tog’ kasalliklari bir-biridan farqlanadi. Tog’ kasalligi odatda asta-sekin boshlanadi. Uning alomatlari inson toqqa chiqqan idan bir necha soat (ba'zan esa bir necha kun) o’tgandan so’ng paydo bo’ladi. Balandlik kasalligi esa to’satdan keskin rivojlanadi. Bunda kasallik alomatlari balandlikka ko’tarilish davridayog’ paydo bo’ladi. Ba'zan kasallikning keskin alomatlari (jumladan, hushni yo’qotish) bir necha daqiqa, hattobir necha sekund ichida paydo bo’ladi. Balandlikka ko’tarilganda organizmga xam atmosfera bosimi-ning pasayishi, ham havoda kislorodning partsial bosimi (RO2) kamayishi, qolaversa kosmik va ultrabinafsha nurlar ishkastlovchi ta'sir ko’rsatadi.
Frantsuz olimi P.
Ber aniqlab berishicha, balandlikning organizmga patogen ta'siri asosan havoda kislorodning partsial bosimi pasayishi bilan bog’liq. Havoda kislorod kamayishi, albatta o’pkada qonning oksigenlanish darajasini pasaytiradi va to’qimalarda gipoksiya paydo bo’lishiga olib keladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 5000 m balandlikda arterial qon kislorod bilan 70%, 6000 m balandlikdagi esa 65% ga to’yinadi. Bunda to’qimalarning kislorod bilan ta'minlanishi yomonlashadi. Balandlik emfizemasining oldini olish uchun tana sathida bosimni orttiradigan — kuchaytiradigan maxsus kiyimlardan (masalan, skafandr) foydalaniladi. G ermetik xonali uchish apparatlarida esa balandlik bilan aloqador o’zgarishlar paydo bo’lmaydi, shu sababli kislorod ballonlaridan foydalanishning zaruriyati yo’q.
12Yuqori atmosfera bosimi inson organizmiga kesson (maxsus, suv ostida ishlash apparati) sharoitida va umuman suv ostida ishlayotgan (g’avvoslarda) vaqtda kuchli ta'sir ko’rsatadi. Suv ostining chuqur sathlarida inson badanining yuzasiga tushadigan bosim o’rta hisobda har 10 m da biratmosferaga ortadi. Masalan, 20—25 m chuqurlikda ishlayotgan g’avvoslar tanasining sathiga tushadigan bosim o’rtacha hisobda 3—3,5 atm. ga tengdir.
Odam normal sharoitda atmosfera bosimi normal sharoitdan yuqori bo’lgan muhitga o’tganida birinchi navbatda quloq sohasida uning pardasining siqilishi bilan bog’liq og’riq sezadi. Atmosfera bosimining ortishi natijasida ichaklardagi gazlar zichlashadi, t eri osti tomirlarining siqilishi kuzatiladi va oqibatda aylanayotgan qon ning ko’p qismi ichki organlarda to’planadi. O’zgarishlarning kyechishi va oqibati ko’p jihatdan odamning oddiy sharoitdan yuqori atmosfera bosimli muhitga kanchalik tezlik bilan o’tishiga bog’liq. Atmosfera bosimining tezlik bilan 80—100 mm simob ustuniga qadar ortishi o’pka adveolalarining shikastlanishiga sabab bo’ladi va bunday vaqtda alveolyar havo o’pka tomirlariga o’tib ularning emboliyasiga olib keladi. Ma'lumki, gazlarning erish qobiliyati atmosfera bosimining ortishiga mutanosibdir (proportsional). Bundan chiqadiki, atmosfera bosimi oshgan sharoitda qon da va to’qimaning kolloid moddalarida ko’p mikdorda gazlar (xususan azot va kislorod) eriydi, bunga saturatsiya deyiladi. Yuqori atmosfera bosimi ta'sirida bo’lgan organizm suyuqliklarida erigan gazlar ta'sirida yuzaga keladigan patologik jarayonlarning mexanizmi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu nuqt ai nazardan ayniqsa organizmda azot miqdorining ko’payishi nihoyatda xavflidir. Chunki azot yog’ga boy bo’lgan to’qimalarda osonlik bilan eriydi.
Atmosfera bosimi oshganida inson tanasidagi azotning mikdori bir necha marta
ortadi va bunday sharoitda, ayniqsa miya to’qimasida, azotning miqdori ko’payadi, chunki nerv hujayrasi lipidlarga nisbatan boydir.Atmosfera bosimi yuqori bo’lgan muhitdan normal bosimli muhitga o’tgan shaxslarning to’qimalarida erigan gazlarning ortiq qismi o’z birikmalaridan ajraladi. Bu hodisaga desaturatsiya deyiladi. Desaturatsiya paydo bo’lgan gaz pufakchalarining kattaligi, atmosfera bosimining pasayish darajasi, tezligiga va ajralib chiqqan gazning turiga hamda hajmiga bog’liq. Masalan, bosimi 1,25 atm. bo’lgan muxitdan normal sharoitga o’tilganda hosilbo’lgan gaz pufakchalari emboliyani yuzaga keltiradi. Chunki bu vaqtda gaz pufakchalarining diametri 8 nm dan kichik bo’ladi. Kapillyarlarning diametri 8—12 nm ga teng bo’lganligi uchun bunday pufakchalar osonlikcha o’pkaga keladi va organizmdan ajratiladi (ular teri orqali ham organizmdan ajratiladi).
Atmosfera bosimi tezlik bilan pasayganida nisbatan yirik gaz pufakchalari paydo bo’ladi. Bunday pufakchalar kisloroddan iborat bo’lganligi uchun organizmga nisbatan uncha xavfli emas. Chunki kislorod tezlik bilan gemoglobin bilan birikadi yoki to’qimalar tomonidan iste'mol qilinadi. Karbonat angidriddan iborat bo’lgan embollar kamdan-kam hollarda hosil bo’ladi. Chunki karbonat angidrid qon bufer sistemalari bilan osonlikcha reaktsiyaga kirishadi va tezlik bilan o’pka orqali organizmdan ajratiladi (havodagi SO2 gazining partsial bosimi nisbatan oz bo’lganligidan u o’pka alveolalaridan osongina tashqi muhitga ajratiladi).
Azot gazining pufakchalari organizmdan tashqi muhitga sekinlik bilan ajralib chiqadi. Ma'lumki, azot sut emizuvchi hayvonlarning to’qimalari tomonidan iste'mol qilinmaydi. Demak, sur'atli dekompressiya hollarida qondagi azot birikmalaridan yirik pufakchalar (gaz emboliyasi) shaklida ajralib, tomirlar ichida tiqilib qoladi. Shu vaqtda organizmning ichki suyuqdiklarida (peritonial, sinovial, perikard suyukdiklari va x.k.) va azot yaxshi eriydigan to’qimalarda gaz pufakchalari hosilbo’ladi. Bosimning keskin
kamayishi natijasida meteorizm, quloq va burun bo’shliqida og’riq, quloq pardasining shikastlanishi, o’pka shishi va to’qimalar emfizemasi kabi barotravmaning alomatlari paydo bo’ladi. Ba'zi olimlar yuqori atmosfera bosimli muhitdan oddiy sharoitga o’tgan shaxsning qon tomirlarida emboliyaning paydo bo’lishi va shunday ta'sirotlar bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni «kesson kasalligi» deb ataydilar. Ammo shunday patologik o’zgarishlar atmosfera bosimi normal bo’lgan muhitda kuchli bosimli sharoitdan normal muhitga o’tganida ham paydo bo’ladi. Bulardan xulosa qilib, barcha qayd etilgan ta'sirlar va bosim o’zgarishi tufayli yuzaga keluvchi patologik jarayonlarning majmuini «dekompressiya kasalligi» deb nomlash maqsadga muvofiqdir.
Lazer nurlari to’qimalarga nihoyatda qisqa muddatda (sekundning yuz mingdan birida) berilganda og’riq paydo bo’lmaydi. Bu nurlardan e'tiborsizlik yoki lazer apparatidan beparvolik bilan foydalanilganda ham bemorga, ham tibbiyot xodimlariga jiddiy zarar etishi mumkin. Meditsina adabiyotlarida lazer nurlari ta'siri
natijasida qon oqishi, ko’zning kuyishi, suyaklar, parenximatoz a'zolar va endokrin bezlarining shikastlanishi haqida ma'lumotlar mavjud.
Lazer nurlarining ta'siri natijasida paydo bo’lgan shikastlanishlarning og’irlik darajasi lazer nurlariniig quvvati va to’qimaning turiga bog’liq. Bu nurlar ta'sir ko’rsatgan to’qima va organlarning gistologik tuzilishi va ta'sir etgan joyidagi patomorfologik o’zgarishlarning tabiatiga ko’ra 3 zonasi farq qilinadi:
-yuzaki koagulyatsion nekroz zonasi;
-qon oqish va shish zonasi;
-hujayralar distrofiyasi va nekrobiotik o’zgarishlar zonasi.
Lazer nurlarining ta'sirida paydo bo’lgan umumiy o’zgarishlar nur ta'sirida holgan to’qima yoki organning organizm hayot faoliyatida tutgan o’rni va shikastlanishning
darajasi hamda tabiatiga
Do'stlaringiz bilan baham: