Qarshi muhandislik iqtisodiyot



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/168
Sana16.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#557414
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
Bog'liq
27.08.2021-2022 STO\'A Ma\'ruza matni

Reja 
1.
Sath o‘lchash to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
 
2.
Sath o‘lchashning vizual vositalari.
1. Sath o‘lchash to‘g‘risida umumiy tushunchalar. 
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan 
jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi. 
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot 
texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab 
chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. Sathni o‘lchash vositalari sath 
o‘lchagichlari deb ataladi. 
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi 
miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish 
uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. 
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) 
bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda 
ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori 
deyiladi. 
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. 
Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi 
sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera 
bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar 
uchun yaroqsizdir va hokazo. 
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. Shkalasiz 
asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi 
haqida mustaqil signal beradi. 
24.1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan. 
 
O‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar
24.1 – jadval 
Diapazon 
O‘lchash 
chegarasi 
Qo‘llanish sohasi 
Tor 
0 – 450 mm 
Avtomatik tartibga solish tizimlarida 
Keng 
0.5 – 20 m 
Tavarlarni hisobga olish operatsiyalarini o‘tkazish 
uchun 


127 
O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni 
o‘lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ko‘rsatish oynasi; qalqovichli
gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va 
induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli 
va boshqalar. Shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish