bunda F–yuzaga ta’sir etuvchi kuch,N; S–sterjen ko‘ndalang kesimi yuzasi,m2;
Ya’na bir misol,
Konus shaklidagi tublikning qalinligi C quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(3.4)
bunda P- bosim, MPa; D - qurilmaning ichki diametri,m; -payvand chokning mustahkamlik koffitsiyenti; - qurilma materialining ruxsat etilgan kuchlanishi, MPa; -konuslik burchagi; C-zanglashga beriladigan qo‘shimcha, m.
Bitiruv malakaviy ishi matn qismida jadvallarni keltirishda avval o‘ng tomonda jadval tartib raqamini, bo‘limlarga mos ravishda keyin o‘rtada jadval nomini va undan keyin jadvalning o‘zini keltirish kerak, masalan uchinchi bo‘limdagi 4-jadvalni quyidagicha bajarish kerak:
3.4 – jadval
Chizmalarni bajarishda qo‘llaniladigan asosiy formatlar
T/r
|
Formatning belgilanishi
|
O‘lchamlari, mmxmm
|
Qo‘llanilish sohasi
|
1
|
А0
|
841х1189
|
Umumiy ko‘rinish va yig‘ish chizmalarini chizish uchun
|
2
|
А1
|
594х841
|
Umumiy ko‘rinishdagi, yig‘ish chizmalari, ramalar va korpus detallar ish chizmalarini chizish uchun
|
3
|
А2
|
420х594
|
Korpus detallarning ish chizmalari, chervyakli g‘ildiraklar va b.
|
4
|
А3
|
297х420
|
Tishli va chervyakli g‘ildiraklar ish chizmalari, chervyaklar, vallar va b.
|
5
|
А4
|
210х297
|
Vtulka, g‘ildirak, qopqoq ish chizmalari
|
Jadval yozuvidagi barcha so‘zlar qisqartirishsiz to‘liq yoziladi. Agar jadval keyingi betlarda ham davom etsa u holda keyingi betda “ ...-jadvalning davomi” deb yozildai va jadval raqamlangan yuqori qator keltirilib davom ettiriladi (Ilova 9).
Matn qismida sxemalar, diagrammalar va rasmlar qo‘lda qalamda yoki kompyuter dasturlaridan foydalangan holda bajariladi (Ilova 8). Bunda skaner qilingan chizmalar yoki tasvirlardan foydalanish mumkin emas.
Rasmlar – standart talablari asosida bajariladi. Rasm biror manbadan olingan bo‘lsa, matnda yoki rasm ostidagi yozuvda manba ko‘rsatiladi.
Sxema shartli belgilar yordamida bajariladi. Sxema qurilma va jarayonning bosh elementlari orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Sxemada barcha o‘lchov asboblari (elektrik, elektron, issiqlik, kinematik) standart asosida o‘rnatilgan shartli belgilar yordamida belgilanadi.
Fotorasm ilmiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Loyihada keltirilgan fotorasmda tasvir yaqqol ko‘rinishidan tashqari ular ishning umumiy maqsadiga mos tushishi lozim.
Diagramma kattaliklar orasidagi bog‘lanishni grafik tasvirlash usulidir. Diagrammani qurish shakliga muvofiq, chiziqli, yassi va fazoviy bo‘lishi mumkin..
Grafik - funksional bog‘lanishning geometrik tasvirlanishidir. Grafik faqat funksional bog‘lanishni ko‘rgazmali tasvirlash uchun xizmat qilmasdan, balki argument qiymati bo‘yicha funksiya qiymatini tez aniqlash imkonini beradi.
Barcha ko‘rgazma materiallar arab raqamlari bilan belgilanadi. Sxemalar, diagrammalar va rasmlar tasvirning pastki qismida bo‘limga mos ravishda raqamlanadi.
Masalan:
Rasm 1.2. Tabiiy gazni kompleks tayyorlash qurilmasi texnologik sxemasi.
Rasm 3.4. Absorberning prinsipial sxemasi.
Kirish. Kirish qismida Davlatimiz tomonidan neft va gaz sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Qarorlari haqida, loyihalashtirilayotgan jihozning neft va gaz sanoatining qaysi tarmog‘iga aloqasi bo‘lsa, o‘sha tarmoqnonig rivojlanish istiqbollari va muammolari haqida, hamda loyihalashtirilayotgan jihozning neft va gaz sanoatining rivojlantirishda tutgan o‘rni va muhimligi asoslab beriladi (6-bo‘limga qarang).
1-bob. Loyihalashtirilayotgan jihoz bajaradigan texnologik jarayon va unga turdosh jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari tahlil qilinadi, hamda ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonni amalga oshirish uchun qo‘llanilayotgan usullar va jihozlar tavsiflari keltirilib nazariy va amaliy jihatlardan tahlillar keltiriladi. Bitiruv oldi amaliyoti materiallaridan, internet va boshqa tegishli manbalardan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Adabiyotlar sharhi ko‘rinishida tavsiflansa ko‘riladigan mashina va qurilmalarda boradigan texnologik jarayonning mazmuni va mohiyati yoritiladi. Turdosh jihozlarni hisoblash va loyihalash bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tekshiruv va tajriba ishlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, referativ jurnallar, patentlarni va Internet ma’lumotlarini tahlil qilish orqali yoritiladi. Vatanimiz va chet ellarda ishlab chiqarilgan o‘xshash jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari tanqidiy o‘rganiladi. Adabiyotlar tahlilidan so‘ng keyingi bobga o‘tish uchun qisqacha xulosa qilinadi.
Bobning mavzusi va paragraflarga taqsimlanishi mavzu mazmuniga bog‘liq ravishda talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Paragraflar soni o‘rtacha 3 (1.1., 1.2., 1.3. ko‘rinishida) ta qilib olinishi tavsiya qilinadi.
2-bob. Loyihalashtirilayotgan texnologik jarayon, uni amalga oshirish uchun mashinalar yoki qurilmalar hamda jihozlar va ular ishlatiladigan texnologik tizim yozuvi. Tavsiya etilayotgan tadbir yoki o‘zgarishning tavsifi va asosi. Loyihalashtirilayotgan jihozni o‘rnatish va ta’mirlash yozuvi.
Talabaning topshiriq varaqasida loyihaning mavzusi va asosiy ilmiy -tadqiqot yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Talabaning ilmiy - tadqiqot ishlari bo‘limida nazariy va amaliy tadqiqotlar bajarish lozimligi asoslanadi va uning vazifalari yoritiladi. Tajriba qurilmasining yozuvi, tadqiqotlarni rejalashtirish va o‘tkazish uslubi, tadqiqotlar natijalari, ularga matematik ishlov berish uslublari keltiriladi.
Loyihalanayotgan mashina yoki qurilma qatnashadigan texnologik tizimning (agar tizim murakkab va katta bo‘lsa uning fragmentining) qanaqa jihozlardan tarkib topgani va ularning fuksional vazifasi tanqidiy tahlil qilinadi, tizimning texnologik (prinsipial) sxemasi chizilib, ishlash prinsipi yoziladi. Tushuntirish yozuvini rasmiylashtirishda texnologik sxemada texnologik jarayonlarning amalga oshirilish tartibi bo‘yicha jihozlar raqamlanib, ishlash prinsipini yozayotganda yoki ma’ruza qilishda chizmada qo‘yilgan raqamlarga havola etish talab etiladi.
Bundan tashqari texnologik tizimdagi loyihalashtirilayotgan jihoz uchun ishchi parametrlarni o‘lchash va nazorat qilish usullari va asboblari haqida ma’lumot beriladi va bu asboblarning shartli belgisi texnologik tizim listidagi loyihalashtirilayotgan jihoz sxemasida chizib ko‘rsatiladi (masalan, jihozdagi mahsulot sathini va isituvchi agent temperaturasini o‘lchash asboblari belgisi va h.k.).
Hisoblash qismlarida: mashinani texnologik hisoblashlar (qurilmalar uchun moddiy balans hisobi). Mashinani energetik va kinematik hisoblash (qurilmalar uchun issiqlik balans hisobi va boshqa hisoblar). Mashina yoki jihozning detal va yig‘ma birliklarini mustahkamlikka hisoblash (qurilmalar uchun ularning elementlarini mustahkamlikka hisoblash) va shu kabilar.
Loyihalashtirilayotgan yoki takomillashtirilayotgan jihozning tuzilishi, ishlash prinsipi, texnologik, konstruktiv, energetik, kinematik, issiqlik, gidravlik, mustahkamlik va boshqa hisob–kitoblar, shuningdek qo‘shimcha materiallar keltiriladi.
Mashinaning texnologik parametrlarini hisoblash uning berilgan ish unumdorligi yoki jarayonga qo‘yilgan texnologik talablar asosida bajariladi. Buning uchun dastlab xom - ashyoning yoki yarim tayyor mahsulotning fizik -kimyoviy, issiqlik xossalari hamda unga ishlov berish jarayoni atroflicha o‘rganiladi. Jarayonni tashkil qilish parametrlari asoslanadi hamda ishchi organning harakat qonunlari va tezligi aniqlanadi, hamda ishchi organning ma’lum aylanishlar soni va iste’mol qiladigan quvvati bo‘yicha mashinaning umumiy foydali ish koeffitsienti aniqlanib, jarayonni bajarish uchun sarflanadigan energiya hisoblanadi. Katalogdan mos eletrodvigatel tanlanib, mashina yuritma mexanizmlari (eletrodvigateldan ishchi organlargacha harakatni uzatish mexanizmlari) belgilanadi. Undan keyin kinematik hisoblash bajariladi. Mashina uritmasi umumiy uzatishlar sonini va mashina oraliq vallarining aylanish sonini va ulardagi aylantiruvchi momentlarni aniqlash maqsadida kinematik hisoblash bajariladi. Mashinaning strukturali va kinematik sxemasi chiziladi.
Murakkab jihozning ayrim qismlari alohida uzatmalarga ega bo‘lsa, kinematik sxemani ham ajratib tuzish tavsiya qilinadi.
Yuqoridagi hisob-kitoblar asosida jihoz va uning ayrim qismlarining konstruktiv (geometrik) o‘lchamlari aniqlanadi.
Modda va issiqlik almashinuv qurilmalarini loyihalashda modda va issiqlik hisobi bajariladi. Ushbu hisob - kitoblar modda va issiqlik balansini tuzish, modda va issiqlik sarfini hamda kerakli issiqlik va modda almashinish yuzasini aniqlashdan iboratdir. Undan keyin qurilmaning geometrik o‘chamlari hisoblanadi. Zarur hollarda issiqlik himoya qatlami ham hisoblanadi.
Jumladan, bug‘latish qurilmalari, isitgichlar, qaynatish qozonini loyihalashda modda va issiqlik hisobi bajariladi. Ushbu hisob - kitoblar modda va issiqlik balansini tuzish, bug‘ sarfini va kerakli issiqlik almashinish yuzasini aniqlashdan iboratdir. Issiqlik himoya qatlami ham hisoblanadi. Suyuqlikning berilgan sarfi va naporning qiymati asosida katologdan nasoslar tanlanadi. Nasosning umumiy naporini hisoblashda ishqalanish kuchlari va mahalliy qarshiliklar hisobga olinishi lozim. Suyuqlikni haydash uchun sarflanadigan iste’mol quvvatini hisoblab elektrodvigatel turi va markasini jadvaldan tanlash mumkin.
Mashina va qurilmaning asosiy qismlarini mustahkamlikka hisoblashda, ishchi organga va mexanizm zvenolariga ta’sir qiluvchi kuchlarning yo‘nalishi va qiymatini aniqlashdan boshlash kerak. Dastlab ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar, so‘ngra ichki kuchlar aniqlanadi.
Yangidan loyihalanayotgan yoki takomillashtirilayotgan detallar mustahkamlikka hisoblanishi shart. Hisob-kitoblarda kuchlanish sxemalari va kuchlar epyurasi keltirilishi maqsadga muvofiqdir.
Malakaviy ishning loyihalashtirilayotgan jihozni o‘rnatish va ta’mirlash yozuvi paragrafida loyihalashtirilayotgan jihozning o‘rnatishda takelash va montaj ishlarini bajarish tartibi va ularga qo‘yiladigan texnik talablar keltiriladi, takelaj ishlarini bajarishda ishlatiladigan trosslar diametri, jihoz tayanadigan tayanchlar (tayanch-oyoq, fundament, maydancha va b.) hisoblanadi. Jihozni o‘rnatish sxemalari ornatish texnik talablarini ko‘rsatgan holda chiziladi.
Jihozni ishlatishda sodir bo‘ladigan nosozliklar, qaysi detal va ishchi orgarlarning yeyilishi va ularni bartaraf etish yo‘llari, jihozni joriy va kapital ta’mirlashda bajariladigan ishlar yoziladi.
Jihozni o‘rnatish va kapital ta’mirlashdan keyin sinovdan o‘tkazish tartibi keltiriladi.
Shuningdek mavjud va taklif etilayotgan texnologik jarayon va qurilmalarning ishlashi davrida atrof muhitga ta’siri masalalari, qurilma yoki jihoz joylashgan joyda, ya’ni ish o‘rnida, sexda, bo‘limda va ishlab chiqarish sharoitida sanitar-gigenik va ekologik masalalari va ularni yaxshilash bo‘yicha yechimlar keltiriladi.
Bobning mavzusi va paragraflarga taqsimlanishi mavzu mazmunining yoritilishiga bog‘liq ravishda talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Paragraflar soni o‘rtacha 5 (2.1.,2.2., 2.3., 2.4 va 2.5. ko‘rinishlarda) ta qilib olinishi tavsiya qilinadi.
3-bob. Hayot faoliyati havfsizligi. Mavzuga bog‘langan holda mehnat kodekslari, hayot faoliyati havfsizligi umumiy qoidalari, korxonada, bo‘linmada va ish o‘rinlarida o‘rnatilgan texnika havfsizligi qoidalari, ish joylarida yorituvchanlik, shovqin va qurilma jihozlarining tebranishlari va ularga o‘rnatilgan muyorlar, ularning hisobi va shu kabilar yoritiladi.
Atrof - muhitni va xodimlarni muhofaza qilish tadbirlari loyihalanayotgan jihozni ishlatishning texnikaviy ko‘rsatmalari ko‘rinishida tuziladi. Bu yerda xodimlarning hayot xavfsizligi va zararsiz ish sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnikaviy ishlarning yozuvi keltiriladi.
Shuningdek, loyihada tebranishni kamaytirish, tez aylanuvchi qismlarni va elektr asboblarini himoya to‘siqlari bilan ta’minlash qoidalari o‘z ifodasini topishi lozim.
Bobdagi paragraflar mavzusi va mazmuni mustaqil ravishda talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Paragraflar soni o‘rtacha 2 (3.1.,3.2. ko‘rinishlarda) ta qilib olinishi tavsiya qilinadi.
Xulosa. Malakaviy ishning xulosa qismida talaba tomonidan bajarilgan barcha ishlar xulosa qilinadi, ya’ni bitiruv-malakaviy ishini bajarishda talaba tomonidan loyihalashtirilgan jihoz asosiy texnik parametrlari, texnik yechimlari, olingan ijobiy natijalar, ishning hajmi (chizma qismi necha listdan, tushuntirish-yozuv qismi necha varaqdan va ishlatilgan adabiyotlar soni) ko‘rsatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Tushuntirish yozuvining oxirida ilovalardan keyin foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.
Adabiyotlar ro‘yxati mualliflar familiyalari bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi. Bunda dastlab muallifning familiyasi yoziladi. Nuqtadan keyin adabiyotning nomi ko‘rsatiladi, so‘ngra nashriyot sharhi va nomi, nashr yili va betlar soni ko‘rsatiladi. Moskva, Leningrad , Toshkent qisqartirilib –M.:, -L.:, -T.: shaklida, qolgan shaharlar esa to‘liq yoziladi.
Masalan: Salimov Z., Tuychiev I. Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari. – T.: O‘qituvchi, 1987. - 408 b.
Mualliflar familiyasi qisqartirilmasdan to‘liq keltiriladi. Mualliflar uchtadan ko‘p bo‘lsa, ularning uchtasini ko‘rsatib, qolganlarini “va boshqalar” so‘zi bilan almashtirish mumkin.
Matnda adabiyot tartib raqami kvadrat qavsda ko‘rsatiladi, masalan:
“... oltingugurtli tabiiy gazni absorbsion usulda tozalashda eng samarali absorbentlardan biri metildeetanolamin hisoblanadi [12].”
Adabiyotlar va manbalar ro`yxatini tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur:
- birinchi me`yoriy hujjatlar yillar bo`yicha ketma-ketlikda beriladi va unda oldin O`zR Qonunlari, keyin O`zR Prezidentining Farmon va qarorlari, undan keyin O`zR Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari, oxirida O`zR Vazirliklari va Qumitalarining Qarorlari va nizomlari keltiriladi;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma`ruzalari keltiriladi;
- mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar keltiriladi;
- mavzuga tegishli dissertatsiyalar va avtoreferatlar keltiriladi;
- horijiy tildagi ilmiy manbalar (rus, ingliz va boshqa tillarda) keltiriladi;
- kitoblar? Ya`ni ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar keltirilganda quyidagi tartibga rioya qilish zarur: muallifning familiyasi (to`liq), ismi-sharifi (bosh harflari), nuqta belgisi, kitobning nomi, nuqta, tire, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot nomi, vergul, nashr qilingan yil, nuqta, kitobning “Ixtibos yoki havola” keltirilgan beti. Masalan, Karimov I.A. Yu`ksak ma`naviyat - yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat, 2008/ -B.30-31.
- jurnal va to`plamlar adabiyotlar manbasi sifatida keltirilganda quyidagi tartibga amal qilish zarur: maqola muallifining familiyasi (to`liq), ismi-shariflari (bosh harflari), nuqta belgisi, maqolaning to`liq nomi, parallel ishorasi, jurnal, to`plam nomi qo`shtirnoqsiz holda, nuqta, chop qilingan shahar, ikki nuqta, tire, nashriyot yori tashkilot nomi, nuqta, nashr qilingan yil, nuqta, tire, jild soni, nuqta, tire, maqola yoki tezis bosilgan betlar;
- foydalanilgan adabiyotlar muallifi uch va undan ortiq bo`lsa, boshdagi ikkita muallif yuqorida keltirilgan talab bo`yicha rasmiylashtirilib, qolganlari uchun “va boshqalar” deb yoziladi;
- foydalanilgan adabiyotlar nomi tarjima qilinmaydi va yozuv imlosi o`zgartirilmaydi, ya`ni kiril imlosidagi manbalar kiril imlosida va lotin imlosidagi manbalar lotin imlosida berilishi zarur/
Ilovalar qismida mavzuni yoritish uchun to`liq foydalanilmayadigan spesifikatsiya, ma`lumotlar, jadvallar va boshqa shu kabilar keltiriladi/
Ilova 1. Yig‘ish chizmasi va yig‘ma birliklar uchun bajarilgan spetsifikatsiyalar.
Spetsifikatsiya buyumning tarkibini aniqlovchi alohida konstruktorlik hujjati bo‘lib, alohida A4 formatga har bir yig‘ish chizmasi va yig‘ma birlik uchun o‘rnatilgan talablar asosida bajariladi (Ilova 6). Spetsifikatsiyaning birinchi varag‘i shakl 1 bo‘yicha va asosiy yozuvi shakl 2 bo‘yicha, keyingi varaqlari esa shakl 1a bo‘yicha asosiy yozuvlari esa shakl 2a bo‘yicha bajariladi (Ilova 5).
Buyumning tarikibiga bog‘liq ravishda spetsifikatsiya bo‘limlardan iborat bo‘lib ular yuqoridan pastga quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
a) hujjat;
b) komplekslar;
v) yig‘ma birliklar;
g) detallar;
d) standart buyumlar;
ye) boshqa buyumlar;
j) materiallar;
z) komplektlar.
Bo‘limlarning nomlanishi “Nomi” grafasida sarlavha ko‘rinishida yoziladi va tagidan chizib qo‘yiladi. Sarlavha yuqorisidan kamida bir qator, tagidan esa bir qator bo‘sh joy qoldiriladi.
Hujjat qismida barcha buyumlarning spetsifikatsiyasi keltiriladi.
“Komplekslar”, “Yig‘ma birliklar” va “Detallar” bo‘limlarida komplekslar, yig‘ma birliklar va detallar tartib raqami bo‘yicha keltiriladi.
“Standart buyumlar” qismida davlat, tarmoq va korxona standartlariga ko‘ra qo‘llaniladigan standart buyumlar keltiriladi.”Boshqa buyumlar” qismida kataloglardan, preyskurantlar va standart buyumlardan tashqari boshqa manbalardan olingan buyumlar kiritiladi. Yozilish tartibi “Standart buyumlari bo‘limidagi kabi bajariladi.
“Materiallar” bo‘limida spetsifikatsiyaga kiruvchi buyumlarning materiallari keltiriladi. Unda quyidagi ketma-ketlikda yoziladi: qora metallar, rangli metallar, kayellar, provodalar va shnurlar, plastmassalar, qog‘ozlar va tekstil materiallari, yog‘och materiallar, rezina materiallari, keramika va shisha materiallar, buyoqlar, neft maxsulotlari va ximikatlar va boshqa shu kabilar.
Agar talaba bitiruv malakaviy ishini ilmiy mavzuda bajargan bo‘lsa, tushuntiruv yozuvida loyihalash hujjatlari va sinov bayonlari ilova qilinishi mumkin.
Loyihalash hujjatlari standart talablariga rioya qilgan holda bajariladi va quyidagi tartibda belgilanadi: Ilova 1, Ilova 2 va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |