Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 2,51 Mb.
bet14/30
Sana08.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#330387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
BMI qo'llanma

Q=0,01∙К∙F

bunda Q – bir varakay sarf bo‘ladigan moy miqdori, kg; K - tuzatma koeffitsiyenti, masalan, agar moylanadigan sath 0,05 m2 dan kam bo‘lsa K=12; F - moylanadigan parallellar sathi, m2.
Grafit smazkaning tishli uzatgichlarni moylashda bir varakayiga sarf bo‘ladigan miqdori tishli g‘ildirak diametrining har bir sm ga 0,5 gr qilib olinadi.

Vint va chervyaklarni moylashdagi sarf bo‘ladigan yog‘ miqdori uning diametriga qarab olinadi.

Diametr, m............60 50 40 30 20

Sarf, g….................6 5 4 3 2

Sharnirning 8 soat ishi davomida sarf bo‘ladigan moy miqdori - 0,5 g.

Zanjirni moylashda qovushqoqligi katta bo‘lgan US-1 markali moy miqdorining sarfi soatiga 0,4 g qilib, suyuq moy miqdori esa 1 m ga 1,0 g qilib olinadi.

Elektrodvigatel podshipnikini moylashdagi moy miqdori 7 - jadvalda keltirilgan.

Tebranish podshipniki uchun eng yaxshi moylash materiali bo‘lib suyuq yog‘ xizmat qiladi. Lekin ko‘pincha u ishlatishga qulay qovushqoqligi katta bo‘lgan yog‘ bilan almashtiriladi. Harorati 650C gacha bo‘lgan sharoitda ishlaydigan kam yuklatilgan tebranish podshipnigi uchun qovushqoqligi katta bo‘lgan yog‘ tariqasida solidol - US-2 ko‘p yuklatilgani uchun US-3 ishlatiladi. Harorati 900C ga­cha ishlaydigan tugunlar uchun yuklanishidan qat’iy nazar konstalin MTV yoki UT1 ishlatiladi.

Tishli va chervyak uzatmalar suyuq yog‘ga qisman botirish yo‘li bilan moylanadi.

Ko‘p bosqichli reduktorlar uchun moylash materiali kichik aylanma tezlik va katta yuklanish bilan ishlaydigan tishli juftliklarga qarab tanlanadi.

Qo‘l yuritmali uzatmalar uchun qovushqoqligi katta bo‘lgan yog‘lar ishlatiladi. Ochiq tishli uzatgichlar uchun grafit maz ishlatiladi.

Zanjirli uzatmalar uchun moy aylanma tezlik, ish harorati va moylash sistemasiga qarab tanlanadi. Ochiq uzatgichlar zanjiri qovushqoqligi katta bo‘lgan yog‘ga qo‘shilgan grafit bilan moylanadi.

Ko‘rgazmalar (prezentatsiya materiallar)ni tasvirlashda bitiruv malakaviy ishning yozuv qismida ilmiy ishlarning natijalari, texnik talablar, texnik-iqtisodiy tavsifnomalar, jadvallar, diagrammalarning kompyuter dasturlaridan foydalanib bajarilgan tasvirlari va KHYaTiga muvofiq ravishda bajarilgan ish chizmalarning tartibli ko‘chirilgan (skaner) nusxalaridan foydalniladi. Ko‘rgazmalar Power Point dasturida bajarilishi tavsiya etiladi.

Iqtidorli talabalar uchun kafedra yig‘ilishi qaroriga ko‘ra ish chizmalarini Avtocad dasturida masshtablarga rioya qilgan holda bajarishga ruxsat etiladi.

Har bir ko‘rgazma varag‘i quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

a) sarlavha;

b) tasviriy qism;

v) tushuntirish matni;

Sarlavha ko‘rgazmaning yuqori qismida bajariladi. Sarlavhaning va tushuntirish matnining yozuvi standart shriftlarda bajariladi.


8. Yozuv - tushuntirish qismining mazmuni va uni ramiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar
Bitiruv malakaviy ishining yozuv-tushuntirish qismi matni o‘rnatilgan talablarga asosan A4 formati (297x210 mmxmm) ga, loyiha hujjatlari matnlarini rasmiylashtirish uchun o‘rnatilgan standartlarga muvofiq chap tomondan 20 mm va qolgan tomonlardan 5 mm qoldirilib chizilgan hoshiyali (ramkali) oq qog‘ozlarning bir tomoniga yoziladi.

Bitiruv malakaviy ishining matni aniq, tushunarli va yuqori savodxonlik darajasida orfografik va stilistik xatolarsiz yoziladi. Malakaviy ishni sodda, aniq va tushunarli qilib yozilishi uning yuqori darajada bajarilishi belgilaridan biri hisoblanadi. 



Bo‘lim va boblar ifoda etiladigan birinchi betlarda hoshiya pastki qismiga shakl 2 (Ilova 5, b) bo‘yicha, qolgan keyingi betlarida esa shakl 2a (Ilova 5, v) bo‘yicha asosiy yozuvlar bilan jihozlangan varaqlarga yoziladi. Birinchi betda mavzulardan keyin bir qator qoldirilib matn abzatsdan boshlanadi. Keyingi betlarda mavzular bo‘lmasa matn hoshiyaning yuqori chizig‘idan kamida 10 mm masofa qoldirilib davom ettiriladi.

Matnni yozishda abzatslar hoshiyaning chapki chekka chizig‘idan 15-17 mm qoldirilib, boshqa hollarda esa kamida 5 mm dan qoldirilib, o‘ng tomondagi chekka chizig‘iga esa kamida 3 mm yetkazmasdan, pastki asosiy yozuv qismi yuqori chizig‘iga esa kamida 10 mm yetkazilmasdan yoziladi. Bitiruv malakaviy ish matni shaxsan talaba tomonidan qo‘lda ko‘k sharikli ro‘chkada yoziladi. Agar kafedra yig‘ilishi tomonidan talabaning matn qismini elektron variantda bajarish tavsiya etilgan bo‘lsa, u holda talaba avval ishning qo‘lyozma nusxasini talablar asosida tayyorlaydi va undan keyin ilmiy rahbar va kafedra mudiri ruxsatidan so‘ng uning elektron variantini talablar asosida badarishi mumkin. Har qanday holda ham talaba malakaviy ishning qo‘lyozma va elektron variantlarini Davlat attestatsiya komissiyasiga himoya paytida taqdim qiladi.

Matnda yo‘l qo‘yilgan va unchalik jiddiy bo‘lmagan xatoliklarni tozalab to‘g‘rilash va oq bo‘yoq (shtrixlab) bilan bo‘yab qo‘lda to‘g‘rilab qo‘yish mumkin. Yirtilgan, har xil chiziqlar chizilgan va bo‘yalgan grafiklar bo‘lgan varaqlarning bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.

Yozuv-tushuntirish qismi matni titul varag‘i, mundarija, asosiy matn, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘ladi. Titul varag‘ining bajarilishi Ilova 2 da keltirilgan va unda asosiy yozuv bajarilmaydi.

Matnning barcha betlari, shuningdek ilova ham raqamlanishi lozim. Bunda titul varaqasi matning birinchi beti bo‘lib hisoblanadi va unga «1» raqami qo‘yilmaydi.

Keyingi betga BMI ning topshiriq varaqasi va kalendar reja 2- va 3- betlarga joylashtiriladi, undan keyingi betga esa mundarija joylashtirilib, u «4» raqami bilan boshlanadi.

Raqamlanish boshidan oxirigacha bir xil davom ettiriladi va asosiy yozuvning “varaq” qismi pastiga yoziladi. Umumiy betlar soniga titul varag‘i, alohida betlarga joylashtirilgan rasmlar va jadvallar, adabiyotlar ro‘yxati yozilgan varaqlar va ilovalar ham kiradi.

Bitiruv malakaviy ishning matn qismi qattiq qog‘ozda muqovalangan holatda himoyaga taqdim qilinadi.

Mundarija. Yozuv qismining mundarijasi bitiruv malakaviy ishiga berilgan topshiriq varaqasidan keyin joylashtiriladi va u boblarga ajratib yoziladi. Mundarijada kirish, boblar nomi, ularning tarkibiy qismlari keltirilib, betlar raqami ko‘rsatiladi. So‘zlarni bir qatordan ikkinchisiga ko‘chirish tavsiya etilmaydi. So‘zlarni qisqartirish mumkin emas (Ilova 4).

Matnning tuzilishida odatda uning mazmuniga ko‘ra boblar, bo‘limlar va bo‘linmalarga bo‘linadi. Matn mazmuni katta hajmda bo‘lgan paytlarda har bir qismni alohida ajratish va qismlar bo‘yicha belgilanishlar arab sonlari bilan tartibli raqamlanadi.

Bob va bo‘limlarni 1. , 2. , 3. kabi raqamlanadi, bo‘limning tarkibiga kiruvchi kichik bo‘limalar esa masalan 1 bo‘limda 1.1., 1.2. va 1.3. kabi, ikkinchi bo‘limda 2.1., 2.2., va 2.3. va h.k. kabi belgilanadi.

Bo‘lim tarkibiga kiruvchi kichik bo‘limlarning bo‘linishi quyidagicha amalga oshiriladi. Masalan, 1. bo‘lim 2. kichik bo‘lim punktlari 1.2.1., 1.2.2. va 1.2.3. kabi belgilanadi.

Matnda kichik bo‘lim punktlari matnlarida raqamlanish a), b), v) kabi belgilanadi va bunda raqamlardan keyin so‘zlar kichik harflarda davom ettiriladi, gap tugagandan keyin nuqtali vergul qo‘yiladi. Oxirgi gapdan keyin esa nuqta qo‘yiladi.

Mavzular sarlavhalari qisqa va mazmunga to‘liq mos bo‘lishi kerak. Mavzuning birinchi harfi katta harfda keyingilari esa yozma harflarda yoziladi. Agar ko‘p qatorli bo‘lsa boshidagi qatorlar to‘liq va iloji boricha oxirgi qatorni kamroq yoziladi. Sarlavhada so‘zlarni bo‘g‘inlarga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi va sarlavhaning oxiriga nuqta qo‘yilmaydi. Agar sarlavha bir nechta gapdan iborat bo‘lsa u holda gaplar nuqta bilan ajratiladi.

Sarlavha va matnning yozuv qismi birinchi qatori orasida doimiy ravishda bir qator yozuv balandligida bo‘sh joy qoldiriladi.

Agar bo‘limlar tarkibidagi mavzular oldingi mavzu matni bilan bir betga tushib qolsa u holda matn yozuvi va sarlavha orasida kamida 15 mm joy qoldiriladi.

Matnni yoritishda uning mazmuni qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Atamalar va aniqlanishlar qabul qilingan standartlarga mos bo‘lishi, o‘rnatilgan standartlarda bo‘lmasa ilmiy–texnikaviy adabiyotlarda qo‘llaniladigan atamalar bo‘lishi va maxsus atamalar qo‘llanilgan bo‘lsa qo‘llanilgan atamalar mos ravishda tushunchalar bilan ifodalanishi alohida keltirilish kerak.

Matnni yozishda birinchi shaxs olmoshlari bilan ifodalanmasligi kerak, masalan, “men aniqlayman…”, “biz topamiz….” va shu kabilar. Bunday hollarda gaplarda olmoshni qo‘llamasdan “…aniqlaymiz” , “….topamiz” kabi so‘zlar bilan ifodalanishi kerak. Matnni izohlashda shaxssiz shakldagi gaplardan foydalnishga ruxsat etiladi. Masalan, “Ruxsat etilgan kuchlanishlarning aniq qiymatlarida va … topiladi…”.

Matnda so‘zlar va so‘z birikmalarining qisqartirilgan shaklida yozilishiga ruxsat etilmaydi. Faqat umumiy qabul qilingan so‘zlar va h.k., va b. kabilar; qisqartma bosh harflar bilan QarMII, TDTU, AK, OAJ kabilar; undosh qisqartmalar mln., mlrd; aralashgan shakldagi qisqartmalar O‘zLITIneftgaz, O‘zgeoburg‘uneftgaz kabilar ruxsat etiladi.

Bitiruv malakaviy ishi yozuv-tushuntirish qismi matnida sonlarni yozishda kattalik qiymatlaribo‘lmagan bir xil ma’noli miqdoriy sonlarni raqamda emas balki so‘zlar bilan yozish kerak, masalan “1-varianda” o‘rniga “birinchi varianda” so‘zi bilan “1-bosqichda” o‘rniga “birinchi bosqichda” kabi yozilishi kerak. Rim raqamlaridan so‘ng, masalan, “XXI asr” va sanalarda “2015 yil” “8 dekabr” kabilarda, son va nomlar keltirilganda ularning oraliqlariga “- tire” qo‘yilmaydi.

Asosiy matematik belgilar va simvollar, masalan =, <, > va boshqa shu kabilar faqat formulalarda qo‘llaniladi. Matnda esa mos ravishda, “teng”, “kichik” , “katta” deyilib so‘zlarda ifodalanadi.

Matnda formulalarni alohida qatorda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnning o‘zida joylashtirish mumkin.

Matnning o‘zida joylashtiriladigan formulalar tuzilishi bo‘yicha uncha murakkab bo‘lmagan va qisqa, hamda oraliq va yordamchi fikrlarni to‘ldirish uchun qo‘llaniladigan formullardir.



Murakkab formulalarni alohida qatorga matndan 8-10 mm masofada yozish kerak. Formulalar raqamlanishi ifodaning o‘ng tomonida bo‘limlar raqamlanishiga mos ravishda aylana qavs ichida yozilishi kerak va formuladagi har bir kattalikga va sonli koeffitsiyentlarga tushunchalar berilishi kerak, masalan:

Cho‘zilishdagi hisobiy kuchlanish σh quyidagi formuladan topiladi:



(3.1)


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish