Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 2,51 Mb.
bet16/30
Sana08.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#330387
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
BMI qo'llanma

Ilova 2. Har xil sxema, fotosurat, tegishli hujjatlar va boshqalar.

Bitiruv malakaviy ishini belgilangan talablar darajasida rasmiylashtirilishi ma’lum bir ma’noda to‘plangan materiallarning aniq va haqqoniyligiga xam bog‘liq bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda quyidagilarga e’tiborni qaratmoq va ularga rioya etmoq kerak bo‘ladi:

- ma’lumotlar aniq, haqqoniy bo‘lishi va tartibli bayon etilishi;

- ma’lumotlar bayoni mantiqiy izchil, jumla tuzilishlari tushunarli, qisqa va aniq bo‘lishi;

- xulosalar isbotlangan va takliflar asoslangan holda aks ettirilishi;

- ma’lumotlarni bayon etishda mavxumlik va qaytarilishlarga yo‘l qo‘ymaslik;

- umumiy nutqda qo‘llanilmaydigan so‘zlar, atamalar va iboralarni qo‘llamaslik.

Bitiruv malakaviy ishining muqovasi Ilova 2 da ko‘rsatilgan shaklda rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9 iyun 225-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi talablarga asosan, tushuntirish qismi malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi kerak. Zaruriy xollarda tushuntirish qismiga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxemalar va boshqa zaruriy qo‘shimcha axborotlar ilova etilishi mumkin.

Mundarijada bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismlari, ya’ni kirish, boblar va ularning nomlanishi, paragraflar va ularning nomlanishi, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ular bayon etilgan betlarning raqamlari aks ettirilishi lozim.

“Kirish”, “Xulosa va takliflar” bo‘limlaridan tashqari barcha boblar mavzulari, ularni tashkil etuvchi paragraflar arab raqamlari bilan belgilanadi. Boblarning va paragraflarning tartib raqamidan so‘ng nuqta (.) qo‘yiladi. Boblarga tegishli paragraflar esa, mos ravishdagi bob raqamidan kelib chiqqan holda raqamlanadi. Aniqrok qilib aytganda, paragraf tartib raqami bir-biridan nuqta bilan ajralib turuvchi bobning tartib raqami hamda paragraf tartib raqamidan iborat bo‘ladi, ya’ni “1.3.” - bu birinchi bob uchinchi paragrafning tartib raqamidir (Ilova 4 ga qarang).

Bitiruv malakaviy ishlarining betlari ketma-ketlikka amal qilingan holda raqamlanadi. Raqam betning pastki tomonining o‘rtasiga arab soni bilan qo‘yiladi. Muqova, mundarijaga tartib raqamlari qo‘yilmaydi. “Kirish” bo‘limining birinchi beti “5” soni bilan raqamlanadi va shu ketma-ketlikka amal qilib tartib raqami qo‘yila boshlanadi. Bitiruv malakaviy ishida rasmlar va jadvallar, grafiklardan foydalanilgan bo‘lsa, ular aks ettirilgan betlar ham tartib raqamlari ketma-ketligiga qo‘shiladi. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yozilgan betlar xam umumiy raqamlanishga qo‘shiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati aks ettirilganda, kat’iy ravishda mualliflar ismi-sharifining bosh xarfini alfavit tartibi bo‘yicha joylashtirishiga amal qilinishi lozim. Bunda quyidagilarga ham e’tibor qaratmoq kerak, ya’ni agar bitiruv malakaviy ishida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlaridan, hamda tegishli rasmiy hujjatlardan foydalanilgan bo‘lsa, ularning ro‘yxati mos ravishdagi yuqoridagi ketma-ketlikda aks ettirilishi lozim. So‘ngra, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yuqorida ta’kidlanganidek, alfavit tartibiga amal qilingan tarzda yoziladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda foydalanilgan jurnallar va ro‘znomalar ro‘yxati esa, kalendar ketma-ketlikka amal qilingan holda ko‘rsatiladi.

Ilovalar bitiruv malakaviy ishining oxiriga tikiladi, ular ketma-ket arab raqami bilan raqamlanadi. Ilovaning yuqorisining o‘ng tomoniga “Ilova” so‘zi uning tartib raqami bilan birgalikda yozib qo‘yilishi kerak. Masalan, “Ilova 1”. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda qo‘llanilgan illyustratsiyalar (chizmalar, diagrammalar, eskizlar va boshqalar) rasmlar deb nomlanadi va ular arab raqami bilan ketma-ket raqamlanadi. Keltirilgan illyustratsiyalar bitiruv malakaviy ishida ular bayon ettilgan joyda yoki keyingi betda joylashtirilishi kerak.

Tadqiqotlar natijasida to‘plangan raqamli ma’lumotlarni bitiruv malakaviy ishida joylashtirishda jadvallardan foydalanish mumkin va ular mazmunidan kelib chiqqan holda nomlanadi va jadvalning tepasiga “Jadval” so‘zi unga biriktilgan tartib raqami bilan botiq xarflar orqali saxifaning o‘ng tomoniga yozilishi lozim. Masalan, “1-jadval”. Jadvalning sarlavxasini ajratib yozish shart emas. Bitiruv malakaviy ishi matnida jadval haqida ma’lumot keltirilgandan keyinroq uni o‘zini joylashtirish kerak. Agar jadval aks ettirilayotganda uning keyingi betga ham ko‘chirilishiga to‘g‘ri kelib qolsa, u holda jadvalning ustunlari raqamlanadi hamda bu raqamlanish keyingi betda ham ko‘rsatilib, jadvalning davomi aks ettirilaveriladi.

Aks ettirilgan formulalar, chizma yozuvlar bilan aniq yoziladi, hamda ularning ostida qo‘llanilgan belgilar hamda son darajalari tushuntirish ma’nosiga ko‘ra, ularning formuladagi ketma-ketligiga amal qilingan tarzda ko‘rsatiladi. Formulada qo‘llanilgan xar bir belgi va son darajalarining ma’nosi yangi xat boshidan yozilishi kerak.

Ishning matnida keltirilgan ma’lumotlarning manbalari tartib raqamiga ko‘ra foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida aks ettiriladi.

Bitiruv malakaviy ishi yozib tugatilgach, qayta o‘qib chiqilishi va bunda quyidagilarga ahamiyat qaratmoq lozim, ya’ni:

- uning qismlarini o‘zaro bog‘lanishi hamda bayon etilish usuli (adabiy tili)ga;

- xatoliklar va qaytarilishlarga yo‘l qo‘yilmaganligiga;

- formulalar, raqamlar, ko‘chirmalar, bibliografik yozuvlarni dastlabki manbalardan to‘g‘ri yozilganligiga.

Qayta o‘qib chiqish natijasida qo‘lyozmani to‘ldirish va maromiga yetkazish zaruriyati aniqlansa, darxol bu amalga oshirilishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida talaba tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotda qo‘llanilishi talaba tomonidan e’tiborga olinmog‘i kerak. Mazkur takliflarni korxona amaliyotida qo‘llanilgani yoki kelgusida qo‘llash uchun qabul qilinganligi haqidagi hujjat bo‘lib, ushbu korxona ma’sul shaxsining imzosi va korxona muxri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining yozuv-tushuntirish qismi matni rasmiylashtirilib, grafik materiallar (chizmalar) to‘liq bajarilib, rahbar hamda maslahatchilar tomonidan imzolangach, talaba bitiruv malakaviy ishini rahbar taqrizi (Ilova 10) bilan birga kafedra mudiriga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Takrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va bitiruv malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishni talaba tomonidan Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi.

Kafedra mudiri BMI ko‘rib chiqib, o‘z fikrlarini bildiradi. Agar, kafedra mudiri talabaning bitiruv malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.

Agar kafedra mudiri tomonidan ko‘rsatilgan izoh va kamchiliklar unchalik murakkab va qo‘pol bo‘lmasa va talaba tomonidan qoniqarli tushuntirib berilsa, unda kafedra mudiri chizmalarga imzo chekib, tashqi taqriz olish uchun ruxsat beradi.

Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ish tashqi taqrizga yuboriladi (Ilova 11).

Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarga ish beruvchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi. Takrizchilar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasasining professor va o‘qituvchilar ham jalb etilishi mumkin.

Fakultet dekani malakaviy ishni ijobiy taqriz bilan himoya uchun Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Bitiruv malakaviy ishining himoyasi “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining Davlat Attestatsiya Komissiyasi Nizomiga” asosan o‘tkaziladi.

Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi, mazmun-mohiyati va xususiyatlariga muvofiq ularning himoyasini tashkil etish va o‘tkazishning boshqa shakllarn oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tomonidan o‘rnatilishi mumkin.

Arxiv, axborot-resurs markazi va kafedralarda saqlanayotgan yoki internet resurslaridan foydalanib aynan ko‘chirib olinganligi rasmiy himoyagacha aniqlanib tasdig‘ini topgan bitiruv malakaviy ishlari kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug‘i bilan bekor qilinadi va bitiruvchiga koniqarsiz baho qo‘yilib, ish rahbari keyingi uch yil davomida bitiruv malakaviy ishlarga rahbar etib tayinlanmaydi.

Oliy ta’lim muassasasida axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil etish uchun yetarli darajada maxsus jihozlangan auditoriyalar belgilanadi.

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi - bu talabani bajargan ishlari natijasi va talaba tomonidan butun o‘quv jarayoni davomida olingan bilimlari sinovi bo‘lib, unga bakalavr darajasini berish uchun asos bo‘ladi



Bitiruv malakaviy ishining himoyasi ochiq olib boriladi. DAK majlisiga uning a’zolaridan tashqari kafedra a’zolari, bitiruvchi va yuqori bosqich talabalari taklif qilinadi. Taqrizchi va maslahatchilarning ham qatnashishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bitiruv malakaviy ishini himoya qiluvchi talabalar DAK ishini boshlagunga qadar 30 minut oldinroq kelib komissiya kotibiga ishning yozuv–tushuntiruv qismi hamda taqrizlarni berishi va himoyaga tayyorlanishi zarur. Himoyada talabaga ma’ruza uchun 10 minut vaqt beriladi. Bitiruvchi o‘z ma’ruzasida ishining asosiy qismi, natijalarini va xulosasini aniq va ravshan yoritib berishi kerak. Chizmalar tushuntirish ketma – ketligida joylashtirilishi va taqdimot materiallaridan foydalanishi zarur.

Ma’ruza baland ovozda, ravon, kerakli joylarni ko‘rsatgich yordamida chizmadan ko‘rsatgan holda qilinishi kerak. Chizmalardan yoki taqdimot materiallaridan biror narsani tushuntirish paytida ma’ruzachi DAK a’zolariga qaragan holda muloqot qilishi kerak. Ma’ruza tugagach kotib tomonidan ishga berilgan taqriz DAK a’zolariga havola qilinadi. So‘ngra taqrizda keltirilgan savollarga javob berish uchun so‘z talabaga beriladi. Shundan keyin DAK a’zolari, shuningdek himoyaga ishtirok etayotgan barcha o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan talabaga murojaat qiladilar. Talaba ushbu savollarga qisqa va lo‘nda javob berishi lozim. Beriladigan savollar ayrim detallar yoki mavzuning nazariy qismiga oid bo‘lishi mumkin. Mabodo berilgan savol tushunarsiz bo‘lsa talaba uni yana bir bor so‘rab aniqlashtirishi mumkin.

DAK tomonidan talabaning bitiruv malakaviy ishini baholash o‘rnatilgan mezonlar asosida olib boriladi va 100 balli tizimda baholanadi (Ilova 12).

Himoyadan so‘ng talaba bitiruv malakaviy ishiga tegishli hamma hujatlarni ma’lum ro‘yxat asosida DAK kotibiga, kotib esa institut arxiviga topshiradi.


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish