№1-LABORATORIYA ISHI
ISSIQLIK TEXNOLOGIYA QURILMALARINING MODDIY VA ENERGETIK BALANSINI TUZISH
Ishning maqsadi: Issiqlik texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan qurilmalar tog’risida olgan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash, qozon qurilmasi va uning issiqlik balansini amaliy jihatdan hisoblab chiqishni o’rganadi.
Tayanch iboralar: Qozon qurilmasi, moddiy balans, energetik balans, issiqlik balans, qozon-utilizator, ikkilamchi energiya manbai, unumdorlik.
Kerakli jihozlar: Tajriba natijalarini aniqlash uchun laboratoriya qurilmasi, haroratni o’lchash uchun termometrlar, gaz analizator kerak.
VAZIFA
Issiqlik texnologiya qurilmalarining ishlash tartibini o’rganish, ularning moddiy va issiqlik balans tenglamasini tuzish va ularning F.I.K. iga ta’sir ko’rsatuvchi sabablarni aniqlash.
Tajriba natijalarini ishlash va ularni umumiy mezonli tenglama ko’rinishiga keltirish.
NAZARIY QISM
Issiq suv va bug‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmui qozon qurilmasi deb aytiladi. Qozon qurilmasi qozon agregati bilan qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topadi. O‘txonada yoqilgan yoqilg‘idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq suv va bug‘ hosil qiladigan uskunalar majmui qozon agregati deyiladi. Qozon agregati tarkibiga quyidagilar kiradi: o‘txona qurilmasi (gorelkalar bilan kamera); qozon agregatining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan bug‘ qozoni, unda bug‘ hosil bo‘ladi; bug‘ berilgan parametrgacha qizdiriladigan bug‘ qizdirgich; bug‘ qozoniga beriladigan suvni isitish uchun mo‘ljallangan suv ekonomayzeri va yoqilg‘ini yoqish uchun o‘txonaga beriladigan havoni isituvchi havo isitkich. Qozon qurilmasining yordamchi qurilmalari jumlasiga mo‘ri, shlak va kul chiqaradigan qurilmalar, kulni tutib qolish qurilmalari, karkas, ichki qoplama va boshqalarni kiritish mumkin.Qozon qurilmasi ishlab chiqargan mahsulot turiga ko‘ra bug‘ qozonlari, suv isitadigan qozonlar va bug‘-suv isitadigan qozonlarga bo‘linadi. Bug‘-suv isitadigan qozonlarda bir vaqtning o‘zida yoki har xil vaqtda bug‘ va issiq suv ishlab chiqariladi, lekin bunday turdagi qozonlar kam qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda sanoatda qozon-utilizatorlar keng qo‘llaniladi. Bunday qozonlarda issiqlik manbai sifatida texnologik jarayonlarning ikkilamchi energiya manbalari (masalan, sanoat pechlarining chiqib ketayotgan gazlari), metallurgiya zavodlaridan va domna pechlaridan chiqqan tutun-gaz aralashmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |